Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi



Download 6,47 Mb.
bet66/181
Sana30.05.2022
Hajmi6,47 Mb.
#619950
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   181
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib, tadrijiy ravishda izchil o‘zaro bog‘langan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tug‘iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo‘lgan vazifa ko‘pincha ifodalanishi shart bo‘lgan maqsadni ham aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha hislaridan xalos etishga qaratilgan maylidir.
Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi: qo‘yiladigan savollarga javob berish, masalani echishga yordam beradigan yo‘llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar.
Ijodiy fikrlashni ta’minlovchi omillar:

  • Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo‘lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak.

  • Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo‘lgan barcha bilimlarni tadbiq qilish uchun intilish.

  • Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg‘a suriladi, bosqichlar taxmin qilinadi, echim to‘g‘risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda variastiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o‘zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo

  • Muammo oldiga qo‘yilgan farazni tekshirish zarurati tug‘iladi.

  • Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza adekvat emasligi, noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob’ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o‘ylar taxmin qilinadi yoki o‘ylab topiladi.

  • Muammo va masalani hal qilish, echish, olingan natijalarni to‘g‘riligiga qanoat hosil qilish uchun echuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi.

Psixolog V.A.Krutestkiy ijodiy tafakkurni taraqqiy ettirish maqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o‘quvchilar o‘quv faoliyatida sinab ko‘rgan. Tipologiyaga kiritilgan masalalarni V.A.Krutestkiy turlicha nom bilan ataydi:

  1. Savol aniq qilib qo‘yilmagan masalalar.

  2. Berilganlari etishmaydigan masalalar.

  3. Ortiqcha ma’lumotlari bo‘lgan masalalar.

  4. Bir necha yo‘l bilan echiladigan masalalar.

  5. Mazmuni o‘zgarib turadigan masalalar.

  6. Isbotlashga doir masalalar.

  7. Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar.

Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o‘ylab chiqish jarayoni bo‘lib, insonning bilish faoliyatida etakchi rol o‘ynaydi.
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o‘rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo‘lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tafakkur harakatlari o‘sha shaxsning o‘z tilaklarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir.
Masala echimini qabul qilishga va informastion tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operastiyalar, chunonchi obrazlar manipulyastiyasi va transformastiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va “aqliy anglanish”dan namoyon bo‘ladi.
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o‘z tadqiqotlarida tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o‘rgangan edi. Qisqa vaqt birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalarni o‘zlashtirib olishga va “tayyor holda” undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko‘rinishidir.
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananev va uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I.S.YAkimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda rastional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog‘lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan o‘zviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish