Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi



Download 6,47 Mb.
bet49/181
Sana30.05.2022
Hajmi6,47 Mb.
#619950
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   181
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Esda saqlash deganda ilgari tug‘ilgan taassurot, fikr, his-tuyg‘u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. SHuning uchun asab tizimi ilgari bo‘lib o‘tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo‘lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo‘lmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
SHunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo‘lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminisstenstiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, o‘zoq vaqt bir ish bilan mashg‘ul bo‘lganda miya charchashi yuz beradi. CHarchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko‘p qismi unutiladi. Materialni o‘qib o‘rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt o‘tgandan keyin uni to‘la xotirlay olishlikning sababi materialni o‘qib, o‘rganib olishda ro‘y beradigan charchashdir.
Materialni eslash uchun bo‘lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ishga chalg‘ib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab ketadi. SHunda esga tushirish lozim bo‘lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishning bo‘lishi materialni o‘zoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Bu G.Ebbingao‘z tomonidan aniqlangan bo‘lib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro‘y beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingao‘z unutishning vaqtga bog‘liqligini tajriba orqali aniqlagan. To‘plangan natijalarning ko‘rsatishicha, materialni yod olgandan so‘ng unutish sur’ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim bo‘g‘inlarni unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, o‘rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni o‘zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog‘lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo‘lgan narsa va hodisalarning o‘zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo‘qolib boradi. Vaqtning o‘tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bog‘lanishlarni, ya’ni assostiastiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi.
G.Ebbingao‘zning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o‘tkazilgan juda ko‘p tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, unutish sur’ati materialning ma’noli yoki ma’nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bog‘liqdir. Material qanchalik mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo‘lsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur’atda bo‘lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o‘zlashtirish yoki esda olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporstional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga o‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega emasligiga bog‘liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog‘liq. SHuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bog‘liqdir.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish