Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 69,88 Kb.
bet1/9
Sana08.04.2022
Hajmi69,88 Kb.
#537581
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tog\'onova Mohira kurs ishi .docx111


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
«PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISH» FANIDAN
KURS ISHI

Mavzu: O`smirlarning ijtimoiy dezataptatsiyasi.


Bajardi: «Pedagogika va psixologiya »yo’nalishi


Sirtqi 18/2 4-kurs talabasi Tog'onova Mohira
Qabul qildi: S.Rustamovna.
Chirchiq – 2022
MUNDARIJA
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Tarbiyasi og`ir bólgan o`smirlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyatlar.
2.2.O'smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi.
3.3. Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi.
4.4.Reabilitatsion ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar.
III.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Ilovalar

I.Kirish
Bolalar submadaniyati bu bolalarga jamiyatga ko'nikishlariga va o'z me'yorlarini yaratishlariga ko'maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. O'smirlar, o'spirinlar submadaniyatining namoyon bo'lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu hol ijtimoiy pedagog tomonidan to'g`ri qabul qilinishi kerak. O'smirlar kichkina bolalarga nisbatan ancha faol va tavakkalchidirlar, o'z o'rinlarini topishlari uchun ular yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidiradilar.
O'spirinlik davrining inqirozi ham ko'p borada yangi muqobil faoliyat me'yorlarini yaratishga bog'liq. Shuning uchun o'smir va o'spirin submadaniyati nafaqat ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funktsiyani ham bajaradi. O'smirlar yoki o'spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi omillar madaniy va texnologik o'zgarishlar, yolg'izlik, OAVlarning qarama-qarshi ta'siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog'liq. Bu hollarda o'smirlar va o`sprinlar guruhlari turli g'ayri-ijtimoiy xarakatlarga intilishlari ham mumkin.
O'smirlar va o'sprinlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo'nalishi mavjud. Birinchisi, u umumiy jihatlarga ega bo`lib, turli mintaqa va yo'nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo'nalish esa yoshlar submadaniyatining g'ayrimadaniyatlar ta'siriga bog'liqligi. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan. biroq qabul qilingan xulq-atvor me'yorlariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. G'ayri ijtimoiy madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og'ir o'smirlar bilan ish olib borishi. Maktab ijtimoiy pedagogining asosiy muammosi tarbiyasi og'ir o'smirlar, ya'ni 12—16 yoshli o'g'il-qizlardir. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda, katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu davr tarbiyachilar uchun ham qiyin davrdir.
O'smirlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o'zgaradi, ruhiyatining qayta shakllanishi ro'y beradi, tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo`ladi. Jamoada o'smirning ijtimoiy maqomida o'zgarishlar ro'y beradi, ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi.
Bu yoshda o'smirning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo'lib, uning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda, o'smir rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band buladi va oxir oqibatda o'zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo'ladigan guruhni tanlaydi. Bu sport yoki texnika tugaragi bulishi mumkin. Shu bilan birga, bu guruh o'smirlar yig'ilib, ichib-chekib o'tiradigan yerto`la bo`lishi ham mumkin.
Bu yoshda o'smirlarning kattalar, xususan, ota-onalar bilan muammolari paydo bo`ladi. Ota-onalar o`z farzandiga yosh bolaga bo'lganday qaraydilar, bola esa bu g'amxo'rlikdan chiqib ketmoqchi bo'ladi. Shuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko'p nizolar kelib chiqa boshlaydi va kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o'zgaradi: bo'ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o'tmoqchi bo'ladi. Bir vaqtning o'zida tengdoshlar bilan ham o'zaro munosabatlarning tavsifi o'zgaradi.
O'smirda kattalik hissi tug'iladi va bu xissiyot mustaqil bo'lishga intilish hamda kattalarning xohish-istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo'ladi. Kichkina bolaga nisbatan o'smirning qiziqishlari ancha kengayadi. O'smirga ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda, qiziqishlarning beqarorligi ham xos bo'lib boradi.
Shunday qilib, o'smirlik yoshining quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ajratishimiz mumkin: emotsional voyaga yetmaganlik, o'z xulq-atvorini to'liq nazorat qila olmaslik, o'z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to'g'ri baholay olmaslik, katta bo'lishga intilish.

Download 69,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish