Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‗qituvchilarning o‗z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‗nikmasiga ega bo‗lish va ijodkor bo‗lishlarini talab qiladi.
O‗zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo‗yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o‗qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o‗z ishiga ijodiy yondashish, o‗z burchiga nisbatan fidoiy bo‗lishga bog‗liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko‗p jihatdan ta'lim muassasasi rahbari, ularning ta'lim-tarbiyani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog‗liqdir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o‗qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‗quvchilarga ta'lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta'lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o‗qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga ko‗ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag‗batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o‗rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo‗lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo‗linadi: 1.Ta'lim muassasasi doirasida malaka oshirish yo‗llari:
-ta'lim muassasasida fanlar bo‗yicha tuzilgan metod birlashmalar;
-ta'lim muassasasi pedagogik kengashi;
ta'lim muassasasida tahkil etiladigan doimiy harakatdagi seminar o‗qishlar;
maqsadli ochiq darslar;
konferensiya va pedagogik o‗qishlar;
2. Ta'lim muassasasidan tashqari malaka oshirish yo‗llari:
1. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda markaz, viloyat va tumanda o‗tkaziladigan kurslar;
murabbiylik asosidagi kurslar;
eksternat kurinishidagi kurslar;
qisqa muddatli kurslar;
erkin tinglovchilar kurslari;
sirtdan va qatnab ta'lim olinadigan kurslar;
muammoli ( maqsadli ) kurslar;
shaxsiy reja asosida tashkil etiladigan kurslar;
mualliflik kurslari;
doimiy harakatdagi kurslar.
Maktabgacha bolalar muassasalari xodimlarning malakasini oshirish respublika kurslari.
Tuman Metodika kabineti tomonidan pedagoglarning malakasini oshirish ishlari:
ilmiy – metodik, pedagogik yoki amaliy konferensiyalar, seminar, seminar – kengashlar;
bir muammo yoki mavzu asosida tashkil etilgan doimiy harakatdagi seminarlar;
tuman fan o‗qituvchilari metodika uyushmalari;
tayanch va ilg‗or tajriba muassasasi ishlari; - ta'lim muassasasi rahbarlari Metodika uyushmalari;
pedagogik o‗qishlar.
4. Radio va televidenie orqali beriladigan eshittirishlar, matbuot sahifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |