Тоshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti «Jismoniy madaniyat nazariyasi»


Darsda yuklamani me'yorlash uslubiyati



Download 282,28 Kb.
bet9/18
Sana29.08.2021
Hajmi282,28 Kb.
#159000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
1 javob

Darsda yuklamani me'yorlash uslubiyati


O’qituvchi darsga tayyorlanishda jismoniy yuklama bilan bog’liq masalalarni ham hal etadi.



Jismoniy yuklama ma'lum darajada jismoniy mashqlarning me'yori bilan, ya'ni mashqlar miqdori, ularning takrorlanishi, mashqlarni bajarishga ajratiladigan vaqt, shuningdek, ularni bajarish sharoitlari bilan belgilanadi.

Barcha jismoniy mashqlar shug’ullanuvchilar organizmiga ta'sir ko’rsatadi:

ba'zilari ko’proq, ba'zilari ozroq. Ko’p miqdordagi mashqlardan iborat dars ancha og’ir bo’ladi. Shuning uchun darsdagi yuklama har xil bo’ladi, o’qituvchi uni mutanosiblashtirib turishi shart. O’quvchilarga tushadigan yuklama oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu o’quvchilarni toliqtiradi va ularning ish qobiliyatiga yomon ta'sir etadi. Shu bilan birga, mashg’ulot yengil ham bo’lmasligi kerak, chunki unda mashqlarning organizmga ta'siri kamlik qiladi.

O’qituvchi har bir darsda o’quvchilar organizmiga yetarlicha og’irlik berishi kerak. Bu ta'limiy vazifalar bilan birga organizmning zarur funksional faoliyati yaxshilanishini ham ta'minlaydi. Buning uchun jismoniy mashqlardan mohirona foydalanish va ularning shug’ullanuvchilar organizmiga qanday ta'sir etishini bilish kerak.

Jismoniy mashqlarning organizmga ta'sirini aniqlaydigan ko’plab usullar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: qon bosimi, tana harorati va tomir urishini o’lchash, qon tarkibini tekshirish va boshqalar. O’qituvchi ko’rsatilgan usullardan ko’proq tomir urishini o’lchashdan foydalanadi.



Yugurish, yurish bilan yugurish, almashlab to’siqlarni oshib o’tish yoki boshqa mashqlar boshlanguncha, o’quvchining tomir urishi o’lchanadi. So’ng mashqlar o’tkaziladi, shundan keyin tomir urishi qayta o’lchanadi. Mashqlargacha va mashqlardan keyingi ko’rsatkichlar taqqoslanadi. Agar tezlashgan tomir urishi 3 minut davomida mashq boshlanishigacha bo’lgan ko’rsatkichga yaqinlashmasa, bunga noxush signal sifatida qaraladi, ya'ni bu yuklamaning kattaligi yoki o’quvchining yurak-tomir tizimi faoliyatidagi kamchilikdan darak beradi. O’qituvchi har ikkala holga ham jiddiy e'tibor berishi kerak.

O’quvchilar holatini ko’rsatuvchi ko’plab tashqi belgilar mavjud: qo’l va oyoqning qaltirashi, yuzning toliqqan ko’rinishi yoki oqarib ketishi, qad-qomatning bo’shashishi, faollikning susayishi, holsizlik, mashqlarni bajarish sifatining yomonlashuvi, o’quvchilarning toliqishdan shikoyati va hokazo. Yuqoridagi barcha belgilar haddan ziyod jismoniy yuklama berilganining ko’rsatkichi hisoblanadi va o’qituvchidan mashqlar miqdorini va sur'atini kamaytirishini yoki butunlay to’xtatishni talab qiladi.

O’qituvchi jismoniy yuklamani oldinroq, dars rejasini tuzayotganda belgilaydi, dars jarayonida esa kuzatishlarga muvofiq ba'zi bir tuzatishlar kiritadi. Bunda og’irlikni asta-sekin oshirib borishga intilish lozim. Katta yuklama darsdagi asosiy qismning o’rtasida berilishi kerak.

O’quvchilarga tushadigan yuklama haddan oshib ketmasligi uchun qiyin mashqlarni bir oz osoni bilan, tanish mashqlarni esa notanish mashqlar bilan almashtirib turish kerak.

Turli jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan ko’p miqdordagi o’quvchilarning bir vaqtda shug’ullanishi yuklamani mutanosiblashtirishni qiyinlashtiradi. Mashg’ulotni o’rtacha jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallash kerak, jismonan kuchliroq o’quvchilarga esa individual (qo’shimcha) topshiriqlar berish lozim.


Download 282,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish