Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti 20/1 guruh talabasi Abdunazarova Mavludaning “Dinshunoslik” fanidan tayyorlagan Savollar va topshiriqlarga javoblari



Download 20,27 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi20,27 Kb.
#92241
Bog'liq
Abdunazarova Dinshunoslik topshiriq3


TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

20/1 guruh talabasi Abdunazarova Mavludaning “Dinshunoslik” fanidan tayyorlagan

Savollar va topshiriqlarga javoblari

Toshkent vil. 2020

1. Moturidiy, Abu Mansur al-Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-hudo", "Imom al-mutakallimin" ("Hidoyat yoʻli imomi", "Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu'in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi. Moturidiyning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob"), "Taʼvilat ahl as-sunna" ("Sunniylik anʼanalari sharhi")dir. "Kitob at-Tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi taxlil etilgan. Moturidiy "Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir", deb taʼkidlagan edi.

Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Maʼ-xaz ash Shariʼa" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy taʼlimot asoslari kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqidagi kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan "Taʼvilot al-Qurʼon" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin" ("Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma") kitobi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Mamlakatimizda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi (qarang Moturidiy yodgorlik majmui). Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini oʻrgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 2001 yilda Gyottin-gen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub "Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" kitobi oʻzbek tilida nashr etildi.

2002 yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy oʻquv yurtlarining talabalari va oʻrta maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga moʻljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan oʻz ona tilida tanishish imkoniga ega boʻldi.
2. Kalom ilmi — ilohiyotga taalluqli ilm. Unda faylasuflarga xos aqliy-mantiqiy tafakkur va tajriba usuli, shuningdek, shariat asoslanadigan dalil-hujjatiar, ya’ni Q ur’oni karim va hadisi shariflar uyg‘un holda keladi. Har bir mulohaza din asoslari ustiga quriladi. Kalom bahs yuritish vositasida olib boriladi.

Kalom ilmining musulmonlarga mos nazariyasi va tizimini ishlab chiqish bag‘dodlik Abul Hasan Ash’ariy (873-935) va vatandoshimiz Imom Moturidiy kabi ikki buyuk olimga nasib etdi. Ular “kalom” uslubidan foydalanib, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashdilar va shariatni himoya qildilar. Ash’ariy Bag‘dodda faoliyat ko'rsatgan bo‘lsa, Moturidiy Samarqandda yashagan.

Shunisi ahamiyatliki, ularning asosiy masalalardagi xulosa va yechimlarida ziddiyat yo‘q, ayniqsa, Moturidiy ta’limoti Ash’ariynikidan bir muncha mufassalroq va ravshanroq.

Kalom ilmiga bag‘ishlangan asarlar XIII asrdan boshlab deyarli yozilmay qoldi. Islom mashshoiy falsafasi XII asrda borliq haqidagi ta’limot sifatida rivojlanishdan to ‘xtadi. Kalom ilmining bahs mavzulari deyarli shariat foydasiga hal qilindi deb xulosa qilish xato bo'lmaydi. Biroq bu degani falsafa yo‘qoldi, degani emas

edi. U Eronda Suhravardiyning ishroq falsafasi zamirida yashab qoldi. 0‘rta Osiyoda ham XVIII asrgacha yozilgan falsafiy asarlar uchraydi. Biroq ular salaflarning asarlariga sharhlar tarzida yozilgan asarlar bo‘lib, falsafa faniga yangilik qo‘sha olmadilar.

Ibn Xaldun o‘zining “Muqaddima”sida “Kalom ilmi bizning zamonamizda lozim emas. Zero, Allohni inkor etuvchi dahriy va johil odamlar hozir yo‘q. Kalom ilmi esa shularning fikrlarini rad etish uchun vujudga kelgan ilm edi deganda XII asrdan keyingi vaziyatni nazarda tutgan. Biroq, keyingi asrlar tarixini ko‘zdan kechirsak, ulamolar nazarida din susaygan va bid’atlar ko‘payganda yana kalom yordamga kelganini ko‘ramiz. Kalom shariat ilmining tarkibiga singib ketganligi bois, bundan

keyin Xudoning zoti va sifatlari haqida so‘z yuritgan, bid’at firqa va guruhlar^ga qarshi asariar yozgan mutakallimlarga nisbatan faqih tushunchasini qo‘llash odatga aylandi.
3. Imom G’azzoliy qiyomat va oxirat. Bandalari dunyo va oxirat saodatiga erishishlari uchun ularga payg‘ambarlari

vositasida amrlarini va ta’qiqlarini yetkazdi. Bandalari oxiratda azob yoki mukofot olishlarini ularning dunyoda qilgan amallariga bog‘liq qildi. Oxirat yo‘liga kirib, roziligiga qovushishni O‘zi tanlagan va sevgan bandalariga oson qildi.

Alloh taolo suyukli payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga, Ul zotning oila a’zolariga va sahobalariga salotu salom yuborsinki, ularning ismlarini musulmonlar orasida juda mo‘’tabar qildi.

Bilingki, hamma narsani tiriltirgan va o‘ldirgan Alloh taolo Oli Imron surasining 185-oyati Anbiyo surasining 35-oyati va Ankabut curasining 57-oyatining maoli-sharifida:

"Har bir jon o‘lim (achchig‘i)ni totguvchidir", deb marhamat qilgan. Shu tariqa olamlarning uchta ekanini bildirdi. Dunyo olamiga kelganlar albatta o‘ladi. Malakut va jabarut olamiga kelganlar ham, albatta, o‘ladi. Bular dunyo olamida yashovchilar, insonlar bilan birga quruqlikda, suvda va havoda yashaydigan hayvonlardir. Malakutiy bo‘lgan (ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan) olam, ya’ni bu ikkinchi olam farishtalar

Mbilan jin toifalari yashaydigan olamdir.

Jabarutiy bo‘lgan uchinchi olam esa farishtalardan tanlanganlarning olamidir. Bu to‘g‘risida Qur’oni karimda shunday marhamat qilingan:

"Alloh farishtalardan ham, insonlardan ham elchilar tanladi" (Haj surasi, 75-oyat).

Ana shu uchinchi toifa jabarut olamining ahli Karubiy , Ruhoniylar va Hamalai Arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar Arsh farishtalari va Surodiqoti jalol ahli bo‘lganlardir. Anbiyo surasining 19-20-oyatlarida bunday deyiladi:

"Uning (Allohning) huzuridagi zotlar (farishtalar) Uning ibodatidan orlanmaydilar va charchamaydilar ham. Ular tunu kun sustkashlik qilmasdan (Allohga) tasbeh aytadilar". Alloh taolo ularni mana shu oyati karima bilan madh etdi. Ular juda sharafli bo‘lib, jannat bog‘chalarida kezurlar. Bular Qur’oni karimda bildirilgan bo‘lib, sifatlari keltirib o‘tilgan. Ular Haqqa ta’ologa yaqin bo‘lishlari va

makonlari jannat bog‘chalari bo‘lishlariga qaramay baribir o‘ladilar. Ularning Alloh taologa yaqinliklari o‘lishlariga mone’ bo‘la olmaydilar.

Aziz birodarim! Men senga oldin dunyo o‘limini anglatay. so‘zlarimni tinglash uchun yaxshilab quloq sol. Agar Alloh taolo va Uning Rasuliga (s.a.v.), Qiyomat va oxirat kuniga iymoning bo‘lsa, so‘zlarimni anglarsan. Senga insonlarning bir holdan boshqa bir holga qanday o‘tishlarini naql etib, ularning hollarini, vasflarini aytib berurman. Bu so‘zlarimga Alloh taolo va Qur’oni karim shohiddir. Qur’oni karim oyatlari bilan sahih hadislar so‘zimni tasdiqlaydi. Inson o‘lgach, uning dunyo hayoti tugaydi. Oxirat hayoti boshlanadi. Oxirat hayoti uch qismdir: 1. Qayta tirilgunga qadar bo‘lgan qabr hayoti. 2.

Qiyomat kunidagi hayot. 3. Jannat va jahannam hayoti. Bu uchinchi hayot cheksizdir va abadiydir).
4. Barcha dinlar ichida ilk bor ilmning inson hayotidagi o‘rniga ahamiyat bergan va ilmga keng yo‘l ochgan din – Islom dinidir.

Islom – ilm dinidir. Insoniyatga qiyomatgacha dasturul amal bo‘lgan Qur’on Karimning ilk oyatlari ham bunga yaqqol dalil bo‘ladi.

Muqaddas dinimizda ilmning va ulamolarning o‘rni beqiyos. Dunyoning muvozanatda turishligi ham Allohni qalbiga joylagan, taqvodor ulamolarga bog‘liq, chunki olimlar buzilsa olam buziladi.

Ali raziyallohu anhu ta’birlari bilan aytsak, u zot shunday degan edilar: "Olim ro‘zadordan ham, namozlarida qoim namozxon va mujohiddan ham afzalroqdir. Agar olim vafot etsa Islom darz ketadi, u yoriqni faqatgina ilmli o‘rinbosargina yamashi mumkin”. Darhaqiqat Allohdan qo‘rqadigan, ilmga xiyonat qilmaydigan ulamolarimiz bor ekan, bizlar taraqqiyot va farovonlik sari odimlab boraveramiz. Insoniyat tarixiga nazar solsak, olamshumul yangiliklarning aksari Qur’on Karimni yaxshi o‘zlashtirgan musulmon ulamolar tomonidan kashf etilganini ko‘ramiz. Bu ham bejiz emas albatta, chunki Qur’on Karim bizlarni saodatga eltguvchi osmondan yerga tortilgan Allohning arqonidir.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ham o‘z hadis shariflarida ilmning fazli va ajri haqida ko‘p bora ta’kidlaganlar. Jumladan quyidagi hadisi sharifda:

Abu Dardo’ raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagilarni eshitdim dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta, farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi uchun yer – osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi" – dedilar.

Abu Dardo’ raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagilarni eshitdim dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta, farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi uchun yer – osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi" – dedilar.

“Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi”.



“Darhaqiqat ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi”.

Olamda Alloh taologa eng yaqin zotlar payg‘ambarlar. Chunki ularning zimmalarida tog‘lar ham ko‘tarishga bardosh berolmaydigan omonatni yetkazish mas’uliyati bor. Shu sabab ham ular bu yo‘lda yetgan aziyatlarga bardosh ila sabr qilganlar. Butun insoniyatni baxtli hayot kechirishligini ta’minlovchi bu mas’uliyatli omonat — Allohning bandalariga payg‘ambarlari orqali yuborgan dinidir.
Download 20,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish