1. To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya. Bunday izometrik proyeksiya uchun ex=ey=ez=0,82 bo‘lsa, har bir aksonometrik o‘q uchun o‘zgarish koeffitsiyenti 0,82 ga teng ekan. Izometriyada uchala o‘q bo‘yicha o‘zgarish koeffitsiyenti bir xil bo‘lgani uchun koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar ham o‘zaro teng bo‘ladi (2 –chizma), ya`ni 120° dan bo‘ladi.
Yaqqol tasvirlar asosan detalning orthogonal proyeksiyalariga asosan bajariladi. Standart izometriyada qulay bo‘lishi uchun barcha o‘qalr bo‘yicha o‘zgarishsiz, ya`ni 0,82 o‘rniga x=y=z=1 qilib olinadi. Shunda detal o‘ziga nisbatan 1,22 marta kattalashtirib tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |