O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI
GUMANITAR FANLARFAKULTETI
“MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI” KAFEDRASI
5111600-“Milliy g‘oya, ma’naviyatasoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi
20/3-guruh talabasi
DO‘SMUROTOV RO‘ZIVOY SHARIF O‘G‘LINING
INTELEKTUAL FAOLIYAT NATIJALARI, XIZMAT VA TIJORAT SIRI – FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTI SIFATIDA
mavzusida yozgan
KURS ISHI
Bajardi: R.Do‘smurotov.
Qabul qildi: R.Hojiyev.
Bahosi _____________
Chirchiq-2022
Mundarija
Kirish
I BOB. Intelektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri fuqarolik huquqining pridmeti sifatida.
Intelektual faoliyat natijalarining tushunchasi va turlari.
Xizmat va tijorat siri tushunchasi.
II BOB. Intelektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat sirining fuqarolik huquqiy amaliyotida qo‘llanilishi.
2.1. Intelektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish.
2.2. Mamlakatimiz fuqarolik huquqiy amaliyoida intelektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat sirga bo’lgan ehtiyoj
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Kurs ishining dolzabligi.
Kurs ishining o’rganiganlik darajasi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi.
I BOB. Intelektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri fuqarolik huquqining pridmeti sifatida.
1.1. Intelektual faoliyat natijalarining tushunchasi va turlari.
Intellektual faoliyat tushunchasi - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi obʼyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat – patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Intellektual mulk obʼyektlari fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiykoʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obʼyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obʼyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) I. m. h.ning amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan I. m. x. egasining maʼlum intellektual mulk obʼyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) I. m. h. ning amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xo-rijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag di; z) koʻpgina intellektual mulk obʼyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obʼyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.
Intellektual mulk obʼyektlari kanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi: a) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat; b) fukarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi; v) FK da va b. qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa na-tijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, firmalar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-boʻlim) da va b. qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qoʻllanadi.
FK 1031-moddasiga muvofiq, Intellektual mulk obʼektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) intellektual faoliyat natijalari:
fan, adabiyot va sanʼat asarlari;
ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabelь orqali koʼrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʼrsatuvlari yoki eshittirishlari;
elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
selektsiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
firma nomlari;
tovar belgilari (xizmat koʼrsatish belgilari);
tovarlar chiqarilgan joy nomi;
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar. Ushbu sharhlanayotgan moddada intellektual mulk obʼektlari tizimi, guruxlari va turlari koʼrsatilgan.
Intellektual mulk obʼektlari fuqarolik huquqining alohida maxsus obʼektlari boʼlib xisoblanadi. Аshyolar, qimmatbaxo qogʼozlar va boshqa fuqarolik huquqlaridan farqli ravishda intellektual mulk obʼektlari quyidagi xususiyatlarga ega:
a) koʼp xollarda intellektual mulk obʼektlari moddiy ashyoviy xolatda emas, gʼoyaviy koʼrinishda — bilimlar, gʼoyalar va axborotlar holatida mavjud boʼladi. Аlbatta, muyyan gʼoyalar, bilimlar tizimi moddiy eltuvchida, masalan, kitoblarda, elektron disklarda, maketlarda, qurilmalarda ifodalanishi mumkin, biroq biribir, gʼoyalar, bilimlar birlamchi, ularning moddiy tashuvchisi ikkinchi darajali boʼladi va shu sababli huquqiy munosabatlar mohiyatiga jiddiy taʼsir koʼrsata olmaydi;
b) bilimlar, gʼoyalar koʼrinishidagi intellektual mulk obʼektlariga nisbatan odatdagi moddiy ashyolarga boʼlganday egalik qilish va xukmronlik qilish mumkin emas;
v) koʼp hollarda ushbu obʼektlardan bir vaqtning oʼzida cheksiz, nomuayyan darajadagi shaxslar foydalanishlari mumkin;
g) deyarli barcha intellektual mulk obʼektlariga nisbatan Fuqarolik Kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan mulk huquqining muddatsizligi toʼgʼrisidagi qoidasi taʼluqli emas (oshkor etilmagan axborotlarga nisbatan huquqlar bundan mustasno);
d) qonun hujjatlarida belgilab qoʼyilgan muayyan muddat oʼtishi bilan intellektual mulk obʼektlari subʼektlarining muayyan intellectual mulk obʼektiga nisbatan mulkiy (mutloq) huquqlari bekor boʼladi;
ye) intellektual mulk obʼektiga nisbatan huquq egasining huquqlarini vindikatsiyaviy daʼvo qoʼzgʼatish orqali ximoya qilish samarli emas;
j) intellektual mulk obʼektiga nisbatan huquq egasining vakolatlari mazmuni mulk huquqi bilan emas, balki mutloq huquq bilan belgilanadi;
z) intellektual mulk huquqining amal qilishi xudud boʼyicha chegaralangan;
i) ijodiy faoliyat natijasi boʼlgan intellektual mulk obʼektlariga nisbatan shaxsiy huquqlar tizimi amal qiladi va boshqa huquq sohiblari va obʼektdan foydalanuvchilar ularga rioya qilishlari shart.
3. Sharhlanayotgan ushbu moddada intellektual mulk obʼektlari muayyan belgilariga qarab uch guruxga boʼlingan.
Obʼektlarni katta guruxini intellektual faoliyat natijalari tashkil etadi. «Intellekt» lotincha soʼz boʼlib, aql degan maʼnoni anglatadi. Intellektual faoliyat oʼzining xarakteri boʼyicha insonning eng oliy ijodiy faoliyati xisoblanadi. Insonning ijodiy faoliyati uning kundalik odatdagi ongli faoliyatidan tubdan farq qiladi. Insonning odatdagi kundalik ongli faoliyati koʼnikmalar asosida, takror-takror ravishda (uy qurish, ovqat pishirish, oʼtin yorish va x.k.) amalga oshiriladigan va yakuniy natijasi avvaldan maʼlum boʼlgan faoliyatdir. Bunday kundalik faoliyat reproduktiv (takroriy mahsulli) faoliyat xisoblanadi, chunki bunda formal mantiq va boshqa qoidalar, koʼnikmalar asosida tayyor gʼoyalar, mahsulotlar qayta-qayta, takroriy amalga oshiriladi. Bunda avvaldan maʼlum natijalar vujudga keladi, yangi natijaga olib kelmaydi. Аgarda xar bir xayotiy muammoni yechishda ijodiy yondashuv boʼlmaganda edi, insoniyat yaratilgan davrida qotib qolgan, xamon gʼorlarda yashagan boʼlar edi.
Tevarak atrofimizni qurshagan barcha predmetlar ijodiy faoliyat, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasi boʼlib xisoblanadi. Аslini olganda xozirgi zamon kishisi, uning maʼnaviyati, kasb-kor koʼnikmasi, mahorati, madaniy va bilim saviyasi intellektual faoliyat orqali shakllangan. Boshqacha aytganda, tahlil, fikrlash, mulohaza qilishga asoslangan ijodiy faoliyat natijasida fan, texnika, adabiyot va sanʼat soxasida yangi, original (ohariy), unikal (beqiyos) mahsulotlar yaratiladi.
Intellektual faoliyat natijalarining quyidagi turlari mavjud:
B fan, adabiyot va sanʼat asarlari (FKning 60-bobiga sharhlar);
B ijrolar, fonogrammalar, eshittirish-koʼrsatish tashkilotlarining eshittirishlari va koʼrsatuvlari (FKning 61-bobi sharhiga qarang);
B elektron xisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari (FKning 1042-moddasi sharhiga qarang);
B ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (FKning 62-bobi sharhiga qarang);
B selektsiya yutuqlari (FKning 63-bobi sharhiga qarang);
B oshkor etilmagan axborotlar, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) — FKning 64-bobi sharhiga qarang.
Ushbu obʼektlar xar birining huquqiy rejimi (oshkor etilmagan axborotlardan tashqari) maxsus qonunlar bilan belgilangan.
4. Keyingi guruxga mansub obʼektlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar degan umumlashma nomga birlashtirilgan. Bu obʼektlar har doim ijodiy faoliyat natijasi boʼlavermaydi. Аniqrogʼi, intellektual mulk obʼekti huquqiy rejimini olish uchun ular intellektual faoliyat natijasi boʼlishi talab etilmaydi. Intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalarini birlashtiruvchi holat shuki, har ikkalasiga nisbatan ham huquq sohiblarining mutloq huquqlari toʼgʼrisidagi qoidalar amal qiladi.
Fuqarolik muomalasida millionlab turli subʼektlar ishtirok etadilar va bir vaqtning oʼzida milliardlab turli tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilinadilar. Shu sababli ham subʼektlarni, ham ularning tovarlari va xizmatlarini identifikatsiyalashtirish (farqlash, ajratish) zarurati mavjud, bu esa boshqalar uchun moʼljal vazifasini oʼtaydi, aks holda subʼektlar oʼrtasida normal munosabatlarni oʼrnatib boʼlmaydi.
Ushbu farqlash belgilari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, ular ishlab chiqargan tovarlar, bajargan ishlar va koʼrsatgan xizmatlarini individuallashtirish vositalari boʼlib xisoblanadi. Ushbu obʼektlar guruxi quyidagi turlarga boʼlinadi:
B firma nomlari (FKning 1098–1101-m.);
B tovar belgilari (xizmat koʼrsatish belgilari) — FKning 1102–1107-moddalari;
B tovar chiqarilgan joy nomi (FKning 1108–1111-m.).
5. Maʼlumki fan va texnikaning doimiy va shiddatli rivojlanishi natijasida yangidan yangi intellektual mulk obʼektlari vujudga kelmoqda. Masalan, 2001 yil 12 mayda «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʼgʼrisida»gi Qonun qabul qilingan. Topologiyalar oʼz mohiyatiga koʼra intellektual faoliyat natijasi xisoblanadi.
Internet tarmogʼi vujudga kelishi va rivojlanishi oqibatida individuallashtirish vositalarining yangi turi-domen nomlari paydo boʼldi.
Domen nomlari — virtual makonda isteʼmolchilarga va foydalanuvchilarga xoʼjalik muomalasida oʼzlariga maʼlum boʼlgan nomlarni qulay va oddiy topishga imkon beruvchi individuallashtirish vositasidir. Internet tarmogʼini tijoratlashuvi shunga olib keldiki, bunda u yoki bu tovarlarni yoki xizmatlarni reklama qiluvchi saytlar uchun domen nomlarini toʼgʼri va muvofaqqiyatli tanlash boʼyicha raqobat masalasi keskin boʼlib turibdi, maʼlum va mashxur nomlarni domen nomlariga aylantirish talash boʼlmoqda. Domen nomlari raqamli manzilgoh oʼrnida qoʼllaniladigan qulay belgigina boʼlib qolmasdan, balki tovarlarni va xizmatlarni va ularni taklif etuvchi subʼektlarni individuallashtirish vositasi boʼlib qoldi.
Butun dunyo boʼyicha shunday tajriba vujudga keldiki, bunga koʼra Tovar belgisining egasi oʼziga qarashli tovar belgisidan internet tarmogʼidagi oʼz saytida oʼzini va tovarlarini individuallashtiruvchi domen nomi sifatida foydalanilmoqda. Fuqarolik huquqida tan olingan boshqa individuallashtirish vositalaridan farqli ravishda domen nomlari ikki yoqlama tabiatga ega boʼlib, koʼpincha bir vaqtning oʼzida ikki funktsiyani bajaradilar: ham tarmoqdagi axborot resursini, ham uning egasini individuallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |