Bo‘ka tumani 10-maktab direktori vvb: N.Bayatova
Ijrochi: J.Yusupov
Tel.: 93/ 556-20-33
TOSHKENT VILOYATI BO‘KA TUMANI
10-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI
|
|
ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ БЎКА ТУМАНИ
10-УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ
|
Bo‘ka tumani Rovot mahalla fuqarolar yig‘ini ____________________________________________________________
№ _____________ “_____”______________ 2019-yil
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Bo‘ka tumani Kengashi raisi N.Toshmatovga
XABARNOMA
Sizning 2019-yil 1-martdagi 02-06/66 sonli xatingizga javoban maktab ma'muriyati sizga shuni ma’lum qiladi-ki, 10-o‘rta ta’lim maktabining Yoshlar yеtakchisi va maktab hodimlari tomonidan mart oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
1. 2019-yil 4-mart kuni 10-o‘rta ta’lim maktabining Yoshlar yеtakchisi tomonidan maktab sardorlari ishtirokida boshlang‘ich tashkilotning mart oyidagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
2. Maktabda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar bo‘lmaganligi bois, darsga kechikib keluvchi o‘quvchilar bilan maktabning MMIBDO‘, maktab psixologi hamda maktabning Yoshlar yеtakchisi bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borildi.
3. 2019-yil 5-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida maktab direktori, Yoshlar yеtakchisi hamda maktab sardorlari bilan hamkorlikda maktabdagi o‘quvchi yoshlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni imkon darajasida hal qilish maqsadida "Direktor va o‘quvchilar" uchrashuvi o‘tkazildi.
4. 2019-yil 7-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni"ni maktabda munosib nishonlash maqsadida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Yoshlar yеtakchisi hamda 9-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda "Ayolga ta’zim" deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
5. 2019-yil 13-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida Yoshlar yеtakchisi tomonidan maktabdagi o‘quvchi-yoshlarning kasb-hunarlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishlari va ularning kelajakda kasb tanlashda duch kelishlari mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida "Kasblar kuni" paradi o‘tkazildi.
6. 2019-yil 15-16-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanishlarini targ‘ib qilish va kompyuterda matn terish tezliklarini oshirishga ko‘maklashish maqsadida maktabning Yoshlar yеtakchisi hamda maktabning Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi bilan hamkorlikda "Oltin barmoq" musobaqasi o‘tkazildi.
7. 2019-yil 16-18-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida maktabning Yoshlar yеtakchisi tomonidan o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalash, ularga milliy urf-odatlarga hurmat ruxini singdirish, shuningdek, qardosh xisoblangan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatidan xabardor qilish maqsadida “Qadriyat, urf-odat, an’ana va bolalar” deb nomlangan ko‘rgazmali festivali o‘tkazildi.
8. 2019-yil 20-mart kuni Bo‘ka tumani XTBga qarashli 10-o‘rta ta’lim maktabida maktabida Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi tomonidan nishonlanadigan va ming yillik tarixga borib taqaladigan, Sharq xalqlarining taqvimi bo‘yicha yangi yil bayrami xisoblanmish Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida “Assalom Navro‘z” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
9. Maktabdagi o‘quvchi-yoshlarning xuquqiy bilimlarini oshirish vaa mavjud bilimlarni mustahkamlash, Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirish maqsadida “Xuquq bilimdonlari” tanlovi o‘tkazildi.
10. 2019-yil mart oyining Payshanba kunlari Bo‘ka tumani IIBdan “Rovot” MFY hududi uchun biriktirilgan inspektori N.Shodiev va maktabning Yoshlar yеtakchisi bilan birgalikda “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb nomlangan tezkor tadbirlari davomida “Tig‘” nomli tezkor reydi o‘tkazildi.******
****** Mart oyi davomida amalga oshirilgan ishlarning to‘liq bayoni Yoshlar yеtakchisi tomonidan ilova qilinadi.
Maktab direktori vvb: N.Bayatova
Do'stlaringiz bilan baham: |