Toshkent viloyati Bekobod shahar 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi Norbutayeva Zulfinisoning
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab
Xalq ta’lim tizimi pedagog xodimlari o‘rtasida
“30 yillika 30 ta mukofot”tanloviga yozgan maqolasi
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida shaxsiy hayotim va ish faoliyatimda ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsam,yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning oqilona siyosatlari natijasida juda ko‘plab zamondoshlarimiz qatorida bizning oila a’zolarining uzoq yillik orzulari ushaldi. U ham bo‘lsa yaqinda turmush o‘rtog‘im Sayfiddin Esonturdiyev, o‘g‘illarim G‘ayratbek va Ozodbek Murodbekovlar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
To‘ng‘ich farzandim Hayotjon 2018-yilda Prezidentimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib ya’ni yangicha usulda Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’limga kirish imtihonlarini Davlat grantiga yetadigan darajadagi ballni yig‘ib, Chirchiq Davlat pedagogika instituti informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishiga qabul qilindi.Shu yili Hayotjonni uylantirdik. Hozirda jajjigina farzandning otasi.
Kelinim Fotimaxonni ham qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Chirchiq Davlat pedagogika institutiga o‘qishga topshirib, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.
Ikkinch o’g’lim G’ayratbek Jizzax Davlat pedagogika institutida Musiqa ta’lim yo‘nalishida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.
“Hamkorbank” tomonidan rasmiylashtirilgan shartnoma asosida COBALT avtomashinasiga ega bo‘ldik. Bunday imtiyoz albatta oilamizning ijtimoiy ahvoli yaxshilanib borayotganidan dalolat bo‘lib, mehnatimiz samarasi ekanligidan mamnunmiz.
Ish faoliyatim haqida so‘z yuritsam,ta’lim muassasamiz 2019-yilda “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida to‘liq ta’mirlandi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shgan kamtarona xizmatlarim doim maktab ma’muriyati, shahar xalq ta’lim bo‘limi va shahar hokimligi tomonidan e’tirof etib kelinishi meni ruhlantiradi.
Ilg‘or ish tajribam oldin maktab va shahar miqyosida ommalashtirildi. O‘quv seminariga taklif etilgan hamkasblarim ish faoliyatimga namunali baho berdilar. Shahar xalq ta’limi metodika bo‘limi tomonidan ilg‘or ish tajribamni viloyat miqyosida ommalashtirilishga tavsiya etildi va 2020-2021 o‘quv yilida viloyat miqyosida ommalashtirishga erishdim.
2019-2020 o‘quv yilida 10-“A” sinf o‘quvchisi Abidov Muhammadjon, 2020-2021-o‘quv yilida 10-“B” sinf o‘quvchisi Salimboev Shuhrat fizika fanidan fan olimpiadasining viloyat miqiyosida qatnashib yaxshi natijalarga erishdi.
“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovida ham 2019-2020-o‘quv yilida shahar bosqichidan viloyat bosqichida qatnashdim.
Darvoqe, har doim, har qadamimda yaxshi natijalarga erishishga, samarali faoliyat yuritishga harakat qilaman va ulug‘, xayrli maqsadlarimga ozod va obod diyorda umrguzaronlik qilib, albatta, erishishimga ishonaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |