Toshkent vabo isyoni



Download 372,09 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2022
Hajmi372,09 Kb.
#564493
  1   2
Bog'liq
16 mustaqil ish


Toshkent vabo isyoni

Vabo isyoni (1892.24.6) — podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. 1892-yil may oyida Jizzaxda vabo kasali tarqalgan. Iyun oyida Toshkentda ham vabo tarqalgani maʼlum boʻlgan. Yangi shaharda 417, Eski shaharda 1462 bemor aniqlangan. Podsho hukumati maʼmurlari uning fojeali oqibatlarining oldini olish uchun shoshilinch choralar koʻra boshladi: 7 iyunda shahar maʼmuriyati 12 eski qabristonni yopib, yangi 4 qabriston ochilishini, shahardan chiqish cheklanganini eʼlon qilgan. Lekin mustamlaka maʼmuriyati bu toʻgʻrida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib bormagan, musulmonchilik odatlari, marosim qonunqoidalarini hisobga olmagan. Vaʼda qilingan 4 ta yangi qabriston oʻrniga faqat bittasi ochilgan. Vabodan oʻlganlarni vrachning ruxsatisiz koʻrmaslik buyurildi hamda ularni shahar ichidagi mozorlarga dafn etish taqiqlandi. Kasal boʻlib vafot etganlar qaysi kiyimda boʻlsa, oʻsha kiyimi bilan chuqur qazilgan qabrga qoʻyilib, ustidan ohak sepib belgilab qoʻyildi. Buning ustiga oʻlganlarga janoza oʻqish, yaqin qarindoshlarning mozorga borishi ham takiklandi. Marhumlarni urfodatga koʻra, koʻmish gʻoyat mushkul yumushga aylandi. Odamlar oʻlikni eski qabristonlarga olib borib koʻmishga majbur boʻldilar. Politsiya bundaylarni topib hibsga ola boshlagan. Bu sabr kosasi toʻlib turgan xalqni qoʻzgʻolon koʻtarishiga turtki boʻldi. Xaloyiq (mingga yaqin kishi) eshonlardan Azizyor, Abulqosimxoʻja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa tanikdi kishilar boshchiligida 24 iyunda tayoq, ketmon, tosh va h.k. bilan qurollanib shahar boshligʻi mahkamasiga bostirib bordi. Bu yerda Toshkent hokimi S. R. Putinsev va oqsoqol Muhammad Yoqubga qarshi hujum qildilar. Oqsoqol xalqqa dagʻdagʻa qila boshlagach, uning boshiga toshlar yogʻilgan. Mashhur "Toshotar voqeasi" boshlangan. Oqsoqol hokimning idorasiga yashiringan. Xalq Putinsevdan oqsoqolni tutib berishni talab qilgan. Putinsev toʻpponchasini chiqarib dagʻdagʻa qilishga oʻtgan. Sabr kosasi toʻlgan xalq Putinsev va uning mirshablarini doʻpposlagan, mahkamani ostinustun qilgan. Shu onda Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Grodekov boshchiligidagi askarlar kelishi tufayli qoʻzgʻolonchilar chekinishga majbur boʻldilar. Rus askarlar qoʻzgʻolonchilarning orqasidan quva boshlagach, noiloj qolgan olomon Anhor suviga oʻzini tashladi. Ertasiga Anhordan 80 kishining oʻligi topildi.
Qoʻzgʻolonchilarning qolgan qismi Eski shaharga qochib bordi. Jome masjidi oldida tuplangan olomon bu yerga ketma-ket yetib kelgan Grodekov boshchiligidagi askarlarni toshboʻron qildi. Bunga javoban oʻq uzildi va 10 kishi halok boʻldi, koʻpchiligi yaralandi. Shu ravihda qoʻzgʻolon bostiriddi. Qoʻzgʻolonchilarning bir qismi oqsoqol Muhammad Yoqubning shahar hovlisini va bogini yoqib yubordi.
Rus maʼmuriyati qoʻzgʻolon qatnashchilaridan 60 kishini sudga berib, 3 kishini oʻlimga va 20 kishini turli muddatlar bilan qamoq jazosiga hukm qildi. Qoʻzgolon vabo tarqalishi va unga qarshi xukumat choralari amalga oshirilayotgan paytda yuzaga kelganligi uchun tarixiy manbalarda "Vabo isyoni" nomida yuritilgan.
Aslida esa u podsho hukumatining mustamlakachilik va milliy zulmiga qarshi qaratilgan xalq harakati edi. Toshkentdagi bu qoʻzgʻolon tarixda oʻzbek xalqining oʻz mustaqilligi va erkinligi uchun olib borgan yirik qoʻzgʻolonlaridan biri boʻlib qolgan.

1892 yil may oyida hukumat Jizzaxda epidemiya tarqalganligi tan olgach Toshkent va Sirdaryo o‘rtasida Chinoz shifoxona punktini qurishga kirishdi.


1893 yilda S.Ayniyning aytishicha, Buxoro amirligida ham tarqaldi. Yoz oylarida tarqalgan vabo oqibatida kun aro o‘nlab tobutlar shaharning har bir dahasidan o‘liklar chiqarilar edi. O‘liklar ko‘pligidan ularni guruhga bo‘lib, alohida – alohida janoza o‘qilar edi. Imom kim uchun janoza namozini o‘qiyotganligini bilmas edi. Imom xatiblar o‘lganlarga jangda o‘lgan, shahidlar singari fatvo chiqarishar edi.
Shu vaqtda Buxoroda vaboga qaratilgan shifoxona yo‘q edi. Faqatgina oqpodshoning aralashuvi bilan Kogon shahrida maxsus shifoxona qurilib ishga tushirildi. Hamda chegarada, karvon saroylar va yo‘llarda karantin joriy etildi.
Kasallikning birinchi haftasida o‘nlab kasal bo‘lganlardan hech biri davolanib chiqolmadi. Kasallar 2-3 kun oralig‘ida jon berib, ularning jasadi, shu shifoxona yaqinidagi Xoja Ismat qabristoniga yashirincha dafn etildi. Bu esa mahalliy aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqardi. Bozorlar yopildi, hukumat hattoki shifoxonalarni ham berkitib tashladi. Karantin postlari Qarshi va Karmana yo‘llarida ham o‘rnatildi. U yerda bir buxorolik shifokor va bir guruh amir askari xizmatni o‘tayotgan edi. Mazkur tashkil qilingan postlarda askarlar yo‘lovchilarni qozonlarga kiritib, yoki ustidan chelak bilan kimyoviy dorini sepishar edi. Usti boshi ho‘l bo‘lgan yo‘lovchilar yo‘lida yurishni davom etardi. Eng achinarlisi, shifokorlar, mutasaddilar aholining tibbiy bilimi va madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’lumotlarni yetarli darajada berishmas edi.


Download 372,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish