Xalqaro iqtisodiy integratsiya - bu ayrim mamlakatlar guruhlarining ular tomonidan kelishilgan davlatlararo siyosatni o‘tkazishga asoslangan juda chuqur va barqaror o‘zaro aloqalari rivojlanishining obyektiv jarayonidir. Iqtisodiy bloklarning eng asosiylari iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mavjud bo'lgan G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada vujudga keldi. Shuning uchun ham integratsiyalashgan guruhlarning dastlabki ikkitasi –
«Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati» (YEIH) hamda
«Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi» (YEESA) ning
aynan Yevropada barpo qilinganligi bejiz emas.
Lekin ularning taraqqiyot yo‘li har xil bo'ldi.
G'arbiy yarimsharda 1989-yilidan beri AQSH va Kanadada «Erkin savdo» haqidagi Shimoliy Amerika kelishuvi (NAFTA) faoliyat ko'rsatmoqda. NAFTA mamlakatlari yagona valuta barpo qilish, tashqi siyosat hamda xavfsizlik siyosatini o'tkazish bo'yicha maslahatlashmaganlar. Lekin NAFTA YAMD hajmi bo'yicha YI va boshqa tashikilotlardan ustun turadi.
1980-1981-yillarda Janubiy Amerikadagi 10 ta davlat ishtirokida Lotin Amerikasini Integratsiyalashtirish Assotsiatsiyasi tuzilgan. Uning asosiy maqsadi umumiy bozorni tashkil qilishdan iboratdir. Tarkibida ikki subregional: And mamlakatlari va La-Plata mamlakatlari guruhlari rasman barpo etildi. Avstraliyaning tashabbusi bilan 1989-yilda Osiyo-Tinch okeani regionida 12 mamlakatni yagona maqsad yo`lida birlashtirgan "Osiyo-Tinch okeanining iqtisodiy kengashi” integratsiya tashkiloti tuzildi. Uning tarkibiga AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, shuningdek, ASEAN a`zolari hamda Koreya Respublikasi, Meksika va keyinchalik Rossiya kirdi.
Yuqorida qayd etilgan regional tashkilotlar bilan bir qatorda, jahon xo`jaligida juda ko`p tarmoqli iqtisodiy guruhlar mavjud. Shularning ichida 13 mamlakatni o`zida jamlagan "Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti” (OPEK) eng muhim integratsiya guruhi hisoblanadi.
Xulosa:
Keyingi vaqtda fanda iqtisodiyotning uch turi:
1) Agrar;
2) Industrial;
3) Post-industrial turlari mavjudligi haqida ma`lumot berilmoqda.
Dunyoda sanoat taraqqiyoti yuz bergan XVII-XIX asrlargacha bo`lgan davrda iqtisodiyotning agrar turi hukmron edi. Keyinchalik sanoat turning ahamiyati osha bordi va bu jarayon hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida iqtisodiy faol aholining salkam yarmi band ekanligini sedan chiqarmaslik lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat bilan band aholining deyarli 60% i qishloq xo`jaligiga to`g`ri keladi.
A.Qayumov, I.Safarov, M.Tillaboyeva "Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi“, Toshkent - "O`zbekiston"-2014
Manbaa: Jahon xo`jaligining rivojlanishi » GeoOlamga xush kelibsiz! (geografiya.uz) Foydalanilgan adabiyotlar: