Ikkinchi yo‘nalish. Aholining turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan soliq siyosatida turlicha yondoshish zarurligi. Nochor, kam ta’minlangan oilalarga soliq imtiyozlarini keng joriy qilish, ko‘p daromad oluvchi yoki nisbatan yengil daromad oluvchilarga esa progressiv soliq stavkalarini qo‘llash maqsadga muvofiq.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, mamlakat soliq tizimi aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy siyosat bo’lishi bilan birgalikda yalpi milliy mahsulotning bir qismini qayta taqsimlaydi hamda shu tarzda iqtisodiyotning va ijtimoiy hayotning tarkibiy tuzilishini o’zgartirishda, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etadi.
Ya’ni, ushbu kurs ishida ko’rsatib o’tilganidek, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va soliqni undiruvchi o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq anglash uchun iqtisodiy voqe’liklarni har bir kichik guruhlarini muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni xulosa qilib aytganda soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va amal qilish mexanizmini soddalashtirish, ularni undirish va hisoblash tartiblarini maqbullashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ularning aniq chegarasi belgilanmagan. Soliq elementlari: soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari va shu kabi tushunchalarni qamrab oladi.
Bundan tashqari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi lavozimiga saylanganlaridan so’ng soliq tizimini takomillashtirish maqsadida bir qancha islohotlar o’tkaza boshladilar hamda bir qancha topshiriq va ko’rsatmalar berdilar. Masalan:
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llab, yuzma-yuz aloqani iloji boricha qisqartirib, shaxsiy kabinetlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘li bilan soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi va xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish tizimini joriy etish.
– Mijozlarga mo‘ljallangan servis tizimi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish.
– Tavakkalchilikni baholashga asoslangan yondashuv, kameral nazoratning innovasion usullarini joriy etish, jismoniy va yuridik shaxslarning soliq majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot ayirboshlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish.
– Davlat soliq xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish.
– Elektron QQS ma’muriyatchiligi tizimini joriy etish.
– O‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida soliq organlariga
«onlayn» rejimida axborot uzatilishini ta’minlovchi nazorat-kassa mashinalarini, shuningdek, ayrim turdagi tovarlar (mahsulotlar) axborot beruvchi markirovkasi va harakati monitoringini joriy etish.
– Transfert narxlar shakllanishiga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning operatsiyalari ustidan nazorat qilish me-xanizmlarini belgilash va soliqqa tortish tartibini takomillashtirish.
– Soliqqa tortish tashkiliy-huquqiy shaklga bog‘liq bo‘lmaydigan tartibni joriy etish.
– Soliq solinadigan bazasi o‘xshash bo‘lgan ayrim turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni qayta ko‘rib chiqish va qisqartirish.
– Ortiqcha to‘langan soliqlar va majburiy to‘lovlar so‘mmalarini qaytarish va hisobga kiritish mexanizmlarini takomillishtirish va soddalashtirish.
– Soliq huquqbuzarliklari uchun jarima jazolarini qayta ko‘rib chiqish va javobgarlikni kuchaytirish, jarimalar va penya hisoblashning ochiq-oshkor mexanizmlarini belgilash.
– Soliq imtiyozlarini faqat maqsadli berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular qo‘llanishini monitoring qilish va samaradorligini baholash tizimini joriy etish, samarasiz foydalanilgan imtiyozlar summalari byudjetga majburiy qaytarilishi to‘g‘risidagi normalarni belgilash.
– Davlat soliq xizmati organlarida ichki soliq auditini tubdan takomillashtirish, ilg‘or xorijiy amaliyotga muvofiq poraxo‘rlikka qarshi ichki nazorat tizimlarini joriy etish va yana bir qancha innovatsion hamda zamonaviy islohotlar konsepsiyasini tuzish chora tadbirlarini boshlab berdilar.
Hozirgi kunga kelib esa bu topshiriqlarni amalda ham ko’rib turibmiz, ya’ni rostan ham soliq tizimida bugunga kelib juda katta o’zgarishlar, qulayliklar hamda islohotlar o’tkazilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |