Toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 68,5 Kb.
Sana27.01.2017
Hajmi68,5 Kb.
#1241
Toshkent tibbiyot akademiyasi.

I - Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani

Mavzu: 4- Mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari


Mavzu: Mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllari.

  1. Mulkchilik munosabatlarining moxiyati va iqtisodiy mazmni

2. Mulk subektlari va obektlari

  1. Mulkchilikning turli shakllari va iqtisodiy mazmuni

  2. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish,
    maqsadi, yo‘llari va usullari

Adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qonstitutsiyasi. T-1992-y. (18-19 betlar)

  2. O‘zbekiston Respublikasi Qonun va Farmonlar. T-1992-y.
    O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasidagi mulkchilik to‘g‘risida. (1990-y. 31-ok.) Davlat tasarrufidan chiqarish va
    xususiylashtirish to‘g‘risida (1991-y. 19-noyabr).

  3. Karimov I. A. O‘zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo‘lida T-1995-yil.

  4. Karimov I. A. Erishgan yutuqlarimizni mustaxkamlab, isloxatlar yulida izchil borish - asosiy vazifamiz.

7-fevral 2004-yil Vazirlar Maxkamasi maxkamasi yig‘ilishidagi ma'ruza:

“Xalq so‘zi” 10.02.2004 y.

“Xalq so‘zi” 19.02.2005 y.

“Xalq co‘zi” 11.02.2006 y.

5. Iqtisodiyot nazariyasi (Noiqtisodiy oliy o‘kuv yurtlari uchun) Universitet 2003-yil P raxbarligida II bob “Iqtisodiyot nazariyasi” (Oliy o‘quv yurilari uchun) Milliy universitet 2003- yil Xashimov P. raxbarligida V bob.


  1. Sh. Shodmonov, N. A. Alimov, T. T. Jo‘raev “Iktisodiyot nazariyasi” T. Moliya nashri 2002-yil III bob.

  1. N. Beknozov “Iqtisodiyot nazariyasi” (Darslik T. Davlat yuridik ins.) 2005-yil III bob.

  2. Jo‘raev T. T. “Iqtisodiyot nazariyasi” (ma'ruzalar matni) I kism T. 2004-yil Moliya ins. V bob



  3. O‘lmasov Axmad “Iqtisodiyot nazariyasi” Darslik T.2006-yil II bob.



I.Mulkchilik munosabatlarining mazmuni.

Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulkchilik munosabatlari jamiyatning asosiy negizi xisoblanadi. Mexnat orqali avloddan-avlodga o‘tgan boyliklar va tabiat in'om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan.

Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqyei, ularning sotsial maqomi yuzaga keldi.

Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari xam bironta mulk bo‘lib xarakatga keladi. Yaratilgan maxsulotlar xam muayyan mulk doirasida o‘zlashtiriladi. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi.

-(«Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini (asosini) xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi». O‘z. Res. Kons. 53-modda).

Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqarish, xamda jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Mulkchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini (birligini) takozo etadi.

Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari bu- mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Shu uch jixat mulkchilikning ajralmas unsurlaridir.

Egalik qilish bu- mulkdorlik xuquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy mantiqini ifodalaydi.

Ayrim xollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida (qo‘lida) saqlangan xolda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi. Masalan: ijaraga berilgan mol-mulk.

Mulkdan foydalanish bu- mol-mulkning ig‘tisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy xayotda qo‘llanilishidir.

Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy extiyojlarni kondirish uchun ishlatiladi.

Tasarruf etish bu- mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil xal etish, ya'ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab kpaytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-xarakatlarni amalga oshira bilishdir.

-Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni uning ajralmas uch jixati (egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish) belgilab beradi.

Mulkchilik jamiyatdagi xam xuquqiy, xam iqtisodiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Mulkchilikning xuquiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda xam iqtisodiy, xam xuquqiy kategoriya xisoblanadi.

Bu birliqda, yuqorida ko‘rsatilganidek, xal kiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi.

Agar mulk iqtisodiy jixatdan ruyobga chiqarilmasa, ya'ni ishlab chiqqrishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u “xukukiy kategoriya” sifatida qoladi.

Mulkchilikni xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jixatdan ro‘yobga chikariladi.


II. Mulk ob'ektlari va sub'ektlari

Mulkchilik munosabatlari uning obektlari va subektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi.

Mulkchilik obekti- bu mulkka aylangan barcha boylik turlaridir. Unga yer, suv, konlar, o‘simlik va xayvonot dunyosi, mashinalar, mashina uskunalar, imoratlar va inshootlar, moddiy va ma'naviy buyumlar, pullar, qimmatli qog‘ozlar, maxsulotlar-xizmatlar, tarixiy yodgorliklar, ilmiy-texnikaviy g‘oyalar, tovar belgilari, tovarlarning o‘zi, insonning unumli va ijtimoiy mexnat qilish qobiliyati kiradi.

Mana shu moddiy va nomoddiy ne'matlarni o‘zlashtirish yuzasidan mulkiy aloqa shakllanadi.

Ne'matlar mulkka aylangandagina o‘zlashtiriladi.

Mulkchilik subekti - mulk obektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlarning ishtirokchilari.

Bular jumlasiga davlat, respublika fuqarolari, kolllektivlar, ularning uyushmalari, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va boshka birlashmalari, xalqaro tashkilotlar, boshqa xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar kiradi. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar bitta mulkning subektlari bo‘lishi mumkin.

Aytilgan subektlarga qarab o‘zlashtirish individual, oilaviy, ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy va umummilliy tus oldi.

Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o‘zlashtiruvchi yuqorida ko‘rsatilgan subektlar xam turli darajada bo‘ladi.

Masalan, davlat mulkining bevosita subektlari respublika xukumati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari xamda ularning mexnat jamoalari a'zolari bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, mulk subektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu subektlardan birortasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tusda bo‘ladi. O‘zlashtiriladigan mulk ikki xil bo‘ladi:


  1. ishlab chiqarish resurslari yoki vositalarini o‘zlashtirish;

  2. ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish;

a) Ishlab chiqarish resurslarini o‘zlashtirishda moddiy va mexnat resurslari ishlab chiqarish soxibining mulkiga aylangandan so‘ng o‘zlashtiriladi.

b) Ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish yaratilgan maxsulot- xizmatlarini, ularni sotishdan kelgan daromadni kishining mulkiga aylanishini bildiradi. Resurslar kishining mulki bso‘lsa, natija xam uniki bo‘ladi.Lekin bu xolda egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish yaxlit xolda va bir subekt ixtiyorida bo‘lgandagina yuz beradi.


III.Mulkchilikning turli shakllari.

Bozor iktisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo‘lishini talab qiladi. Turli mulk bo‘lgan tovarning egalari bozor munosabatiga kirishadi. Tovar muayyan mulk obekti bo‘lgandagina oldi-sotdi qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xam: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga karatilgan Uzbekiston iktisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi “. -deb ta'kidlaydi (53-modda).

O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida mulkchilik shakllari ko‘payib, fuqarolar mulki, jamoa mulki va davlat mulki uning asosiy ko‘rinishlariga aylanadi.

“O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida» gi qonunida (1990 yil 31-oktyabr) turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: (quyidagi shakldagi mulk mavjud deb ko‘rsatiladi): davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk. (Qonun 4-modda)

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishini va ishlab chiqarishning umumlashuvi dafajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning xolati, ijtimoiy mexnat taqsimoti va tashkiliy iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.

O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subektlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi (yil boshiga, umumiy soniga foiz xisobida).

2001-yil 2002-yil

Nodavlat mulk shakl. 89,6 87,7

Davlat mulk shakl. 10,4 12,3

Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo‘lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan xosil bo‘ladi:



  1. Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish;

  2. Davlat mablag‘lari xisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan.

O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma'muriy-xududiy (munitsipol) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi.

yer, yer osti boyliklari, suv, xavo bo‘shligi, o‘simlik va xayvonot dunyosi xamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulk, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxiralari, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki xisoblanadi.

Ma'muriy-xududiy (munitsipol) tuzilmalar mulkida davlat xokimiyati maxalliy organlari mol-mulki, maxalliy byudjet mablag‘lari, munitsipol uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalaria boshqa mulkiy majmualar, xalq ta'limi, madaniyat, sog‘likni saqlash muassalari kabilar mol-mulki bo‘ladi.

Bozor iktisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda iktisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki monopoliyasini qisqartirishni takozo qiladi. Chunki sog‘lom bozor iqtisodiyoti davlat monopoliyasi bilan chiqishmaydi. Monopoliya raqobatga to‘skinlik qiladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib, u asosan jamoa mulkiga, ayrim xollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi.

Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yalpi milliy maxsulot va milliy daromad yaratishdagi xissasi kamayib (qiskarib), ayni vaqtda boshqa mulkka mansub korxonalar xissasi ortib boradi.

Jamoa mulki - muayyan maksad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni xamjixatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi.

Bu mulk sharoitida o‘zlashtirish jamoadan tashqarida bo‘la olmaydi.O‘zlashtirish sharti jamoaga kirishidir. Jamoa mulki mexnatsiz o‘zlashtirishni inkor etadi va koorporativ- xususiy mulkdan farqliroq nafaqat mulkka, balki mexnatga xam xissa qo‘shishni talab qiladi.

Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ladi.

Jamoa mulkining muxim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mexnat maxsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma'lum gurux, kishilar egalik qiladi.

Jamoa mulkiga - kooperativlarning, ijara va korxonalarning, aksionerlar jamiyatidagi, xo‘jalik jamiyatlar va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunida yuqorida ko‘rib o‘tilgan jamoa mulki turlaridan tashkari oila mulki va maxalla mulki qonun bilan qayd etilgan.

Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muxim o‘rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy extiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a'zolarining mexnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi.

Fuqarolarning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mexnat daromadlari xisobiga vujudga keladi va ko‘payadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, shaxsiy soxibkorlik daromadi kabi yangi mablag‘larga asoslanadi.

Shaxsiy mulk obektlari - bu turar joylar, bog‘-xovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zgor va shaxsiy iste'mol buyumlari, yakka tartibda va boshka xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda xosil qilingan maxsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.

“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat soxasidagi, xalq xo‘jaligi, faoliyatning boshqa tarmoklaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a'zolarining mulki bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy mulk obektlari extiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi xam mumkin.

g) Xususiy mulk- ayrim soxibkorlarga qarashli, yollanma mexnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Uning ikki ko‘rinishi mavjud:

1.Individual- xususiy mulk.

2.Korporativ- guruxiy mulk.

Individual mulk bor joyda boylikni o‘zlashtirish aloxidalashgan xolda, ayrim mulkdor tomonidan amalga oshiriladi.

Korporativ- xususiy mulk deganda, ma'lum bir gurux tomonidan boylikni sherikchilik asosida individual tarzda o‘zlashtirishdan iboratdir.

Mulkning bunday shakli xissadorlikka tayanadi. Gurux a'zosi umumiy ishga o‘z xissasini pay (ulush) sifatida xususiy mulkini qo‘shadi va shu ulushning midoriga yarasha daromad oladi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik to‘g‘risidagi konunida (7-modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xuquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Xususiy bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta'kidlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari xam ko‘rsatiladi.

d) Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi.

Bu mulk aloxida oligan obektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.

U xozirgi ochiq turdagi aralash aksioner kompaniyalarda aniq ifoda etiladi.

Bu yerda xususiy mulk, jamoa mulki va xatto xorijiy mulk xissadorlik asosida birlashadi. Mulk obekti birlashgan xolda ishlatilib, o‘z egalariga daromad keltiradi.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muxit yaratishga qaratilgandir.
IV.O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish.

Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli itisodiyotni va raqobatlashuvchi muxitni shakllantirish uchun shart- sharoit vujudga keltirishdan iborat.

Mulkchilik masalasini xal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimini tashkil topishga xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma'lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga karaganda ancha keng tushuncha.

Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik xuquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish esa xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk xisobidan boshka nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni xam ko‘zda tutadi. U bir qator yullar bilan amalga olshiriladi:



  1. Davlat korxonalarini xissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;

  2. Mulkni kiymatiga karab chiqarilgan cheklar (veksel) buyicha fukarolarga bepul berish;

  3. Mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;

  4. Chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz xisobiga berish;

5) Davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va x.k.
Bu yullardan qaysi birini tanlash kutilgan maksadga bog‘lik.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan kat'y nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta'minlaydi, chunki davlat mulki xisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘skinlik qilayotgan davlatning monopol xukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat.

Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, maxalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni xisobga olgan xolda olib borilishini ko‘zda tutadi. O‘zbekistonda iqtisodiy isloxatlarning birinchi bosqichidagi mulkchilikning xamma shakllari teng xuquqli ekanligi konstitutsion tarzda e'tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish xamda bu mulkni xususiylashtirish xisobiga ko‘p ukladli real shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari karor topishi uchun teng xuquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. (1994-yil 27-yanvar, 1994-yil 16-mart farmonlari).

O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondoshuvning muxim xususiyati- uni dasturlar asosida boskichma- oskich amalga oshirishdan iborat.

I. 1991-1993 yillar- xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish umumiy uy-joy fondini, savdo, maxalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish, korxonalarni xamda qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. yengil, maxalliy sanoatga, transport va qurilishiga, boshka tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish xuquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga, jamoat korxonalariga, yopik turdagi xissadorlik jamiyatlariga aylantirildi.Iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirishning birinchi boskichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi. Davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshka shakllariga aylantirsh uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi tarkib toptirildi.

II. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi boskich 1994-


1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu boskichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar xissadorlik jamiyatlariga aylantirildi xamda ularning ayrimlari respublika kimmatbaxo kog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Bu bosqichda davlat mulki xissadorlikka aylantirilish bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari tashkil qilindi. Bu bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida xamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va kimmatbaxo
qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.

III. Respublika iqtisodiyoti 1996-yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchunchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich yakunlovchi xarakterga ega bo‘lib, bu davrda xususiylashtirilmaydigan obektlar ruyxatiga kirmagan barcha ob'ekt va korxonalar davlat tasarrufidan chiarildi. Respublikada xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu axolining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqrok va natijaliroq qatnashish imkoniyatini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida axolining ko‘proq muxtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab- quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag‘lari xisobiga qoplanishida, qishloq axolisi o‘z yordamchi xo‘jaligi uchun keng yerlar olishi kabilarda ifodalanmoqda.

O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muxim xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy xarakatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni xal qilish imkoniyati yaratildi.

Bularni asosiysi avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning moliyaviy mablag‘lari paydo bo‘ladi, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va axolini ijtimoiy muxofazalash dasturini ruyobga chiqarish uchun mablag‘lar jamg‘ariladi.

Navbatdagi muxim xususiyat respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida axoli uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta'minlandi.

Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mexnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorlarga eskirgan asosli fondlar xamda ijtimoiy infrastruktura obektlarni bepul topshirish va davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, xamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.

Ijtimoiy muxofazalash davlatning barcha mulkdorlar: xissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib olingan texnika va avtotransport vasitalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining xuquqlarini ximoya qilishda o‘z ifodasini topadi. Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jixatlari Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan taklif qilingan iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirilishining asosiy qoidalaridan kelib chiqadi.

Respublikamizda xususiylashtirish jarayonining xozirgi bosqichdagi yo‘nalishlari isloxatlarni chuqurlashtirish talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu avvalo, kichik va o‘rta biznecni, xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilishi zarur.

Xozirgi davrda xususiylashtirishdagi an'anaviy yo‘nalish davlat ro‘yxatiga kirmagan korxona va obektlarni bu jarayonga jalb qilish xam o‘z o‘rniga ega bo‘lib qolaveradi.

Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida xam sezilarli rol o‘ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan soxalar xam mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.









Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish