Toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 1,27 Mb.
bet29/31
Sana18.03.2017
Hajmi1,27 Mb.
#4852
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

2 MA'RUZA MAVZUSI:
Turli xil kasalliklarning tibbiy reabilitatsiyasi hususiyatlari. Bemorni fizioterapevtik usullar va dori darmon bilan kompleks davolash, bu uslublarni bir biriga to‘g‘ri kelishi, ketma-ketligi, bir vaqtda olib borilishini to‘g‘ri tashkil etish.

Ma'ruzachi: dotsent Adilov Sh.Q.

katta o‘qituvchi Badalova G.N.

O‘QITISh TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni -

Vaqt – 90 daqiqa

O‘quv darsining shakli

Ma'ruza


Ma'ruza rejasi

1.Fizioterapevtik muolajalarning mos kelmaslik sharoitlari.

2.Turli kasalliklarning oldini olishda fizik omillardan va davolovchi jismoniy tarbiyadan foydalanish

3.Homiladorlik davrida va quyosh nuri yetish-movchiligida fizioprofilaktik muolajalar.

4.Reabilitatsiyaning turli kasalliklarida qo‘llanilish kompleksi.



Ma'ruza maqsadi: Talabalarni kasalliklarni davolashda, oldini olishda, ularning sog‘ligini qayta tiklashda reabilitatsiyaning, fizioterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya usullarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:

1.Talabalarda bemorlarga bo‘lgan javobgarlikni tar-biyalash.

2.Fizioterapevtik muola-jalarning bir-biriga mos-ligini aniqlash haqida tushuncha berish.

3.Turli kasalliklarning oldini olishda fizik omillardan va davolovchi jismoniy tarbiyadan to‘g‘ri foydalanish haqida tushun-cha berish.

4.Fizioprofilaktika haqida tushuncha berish.

5.Reabilitatsiyaning turli kasalliklarida qo‘llanilish kompleksi bilan tanishtirish.



O‘qish jarayoning natijalari:

Ma'ruzani eshitgach talabalar quyidagilarga javob bera olishadi:

  1. 1.Fizioterapevtik muolajalarning bir-biriga mosligi haqida tushinchani bilish.

  2. 2.Fizioprofilaktika haqida tushunchani bilish.

  3. 3.Reabilitatsiyaning turli kasalliklarida kompleksining qo‘llanilish tartibini bilish.

O‘qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizual, texnika: blits-opros, savollar «ha-yo‘q»

O‘qitish vositalari

Lazerli proektor, ma'ruza materiallari, ma'lumot manbalari bilan ta'minlash

O‘qitish shakllari

Jamoa

O‘qitish sharti

Auditoriya


MA'RUZANING TeXNOLOGIK KARTASI

Bosqichlar, vaqti – 90 daq.

Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish (5 daq.)



1.Mavzu nomi, maqsadi, ma'ruza natijalari va rejasini e'lon qiladi.

1. Eshitadilar

2 bosqich

Bilimni jamlashtirish

(15 daqiqa)


2.1.Talabalar bilimini jamlash maksadida savollar beradi:

1.Fizioterapevtik muolajalarning mosligi deganda nimani tushunasiz?

2.Fizioprofilaktikaning tutgan o‘rni qanday?

3.Reabilitatsiya kompleksining turli kasalliklarda qo‘llanilishi qanday?

Blits so‘rov o‘tkazadi.

2.2.Ma'ruza maqsadi bilan tanish-tiradi.



2.1.Savollarga javob beradilar.
2.2.Ma'ruza maq-sadini o‘rganadi.


3 bosqich

Ma'lumot berish

(60 daqiqa)


3.1. Ma'ruza materiallarini rejadagi savollar asosida ketma-ketlik bilan tushuntiradi va aniq savollar beradi:

Rejadagi 1 savol: Fizioterapevtik muolajalarning mosligi haqida tushincha bering.

Rejadagi 2 savol: Fizioprofilaktika nima ekanligini ayting.

Rejadagi 3 savol: Turli kasalliklarda reabilitatsiya kompleksining qo‘llanilishi nimadan iborat.

Mavzuning asosiy qismlariga e'tiborni qaratadi va yozishni tavsiya qiladi.


3.1.Berilgan ma'-lumotlarni muxo-kama qiladi, aniq-lik kiritadi, sa-vol beradi.
Asosiy ma'lumot-ni yozadi

4 bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

4.1.Savol beradi:

1.Kasalliklarni davolash, oldini olish va organizmning tiklanishida fizioterapevtik muolajalarning bir-biriga mosligi qanday ahamiyat kasb etadi?

2.Fizioprofilaktika nima?

4.2.Mustaqil ish uchun vazifalar beradi: impulsli tokning afzalligi



4.1.Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi

Yangi XXI asr bo‘sag‘asida tabiiy fizikaviy omillarning shakllantirilgan fizikaviy omillarning organizmga faol ta'siri o‘sib bormoqda, bu esa turli kasalliklarni patogenetik davolashda o‘z samarasini bermoqda. Ichki kasalliklar, asab kasalliklari, ginekologik kasalliklar va boshqalarda fizikaviy omillardan keng foydalanmoqda.

Surunkali va o‘tkir bo‘lmagan kasalliklar,ba'zi kasalliklarning boshlang‘ich davrida, kam intoksikatsiyali, aktiv jarayonsiz ba'zi o‘tkir kasalliklarda, shuningdek, organizmni chiniqtirish va qayta tiklashda ham fizioterapiya omillaridan foydalanilmoqda.

Ba'zi dori-darmonlarning organizmga nohush ta'siri va allergiya chaqirishini oldini olishda ham qo‘llanilmoqda.

Qo‘llanilayotgan davolash uslublarining samarasi quyidagilarga bog‘liq :

-bemorning yoshiga

-organizmning umumiy reaksiyasiga

-kasallikning xarakteri, bosqichi va faolliliga

-og‘riq sindromining ko‘pligi

-yo‘ldosh kasalliklar xarakteri

-ta'sir etish sohasining kattaligiga

-intensivligi, ta'sir etish vaqti va boshqalar

Hozirgi davrda bir necha fizikaviy uslublardan kompleks davolash yaxshi samara bermoqda, bunda organizm aktiv reaksiya berishi uchun bir necha usul bir-birini to‘ldiradi.

Fizikaviy usul faqat bir necha xil tur bilan emas, balki dori-darmonlar, shifobaxsh suv muolajalari, davolovchi jismoniy tarbiya, massaj, iqlimiy davolanish, akupunktura va boshqalar bilan ham birga tavsiya etiladi.

Fizikaviy omillarning terapevtik samarasi ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siridan va ular qo‘llanilib bo‘lganidan keyingi ta'siridan namoyon bo‘ladi. Fizioterapevtik, iqlimiy va balneologik muolajalar bir vaqtda qo‘llanilganda bir-birini kuchaytirish yoki aksincha susaytirishi mumkin. Shuning uchun aytilgan davolash vositalarini bir-biriga mos ravishda qo‘llash kasallikni davolashda o‘z samarasini beradi. Shu o‘rinda optimal dozalashni bilish ham muhim o‘rin tutadi. Albatta, davolash komplekslari har bir bemor uchun alohida tavsiya etiladi. Bir xil kasallik bilan og‘rigan ikki bemor uchun bir xilda tanlangan davolash kompleksi turlicha ta'sir ko‘rsatishi mumkin, bir bemor uchun yaxshi, ikkinchi bemor uchun esa maqsadga muvofiq emas. Fizioterapiya ilmiy izlanishlar oliygohi ilmiy mutaxassislari davolash – profilaktika muassasalari amaliyot shifokorlari kuzatuvlari va izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik bemorlarga bir kunda bir necha fizikaviy usul qo‘llab davolashda mos kelmaslik va ba'zi nohush holatlar ham kuzatiladi.

To‘g‘ri belgilanib tanlangan fizioterapevtik usullar kompleksida bir yo‘nalishdagi bir necha fizikaviy omillarning ijobiy samaralari qo‘shiladi, ularning ba'zi alohida komponentlarining nohush ta'siri kuchsizlanadi, organizmning turli sistemalariga va patologik jarayonga kompleks muolajalarining ta'sir etish davri o‘sadi.

Fizioterapevtik muolajalarining mos kelmasligi quyidagi sharoitlarga bog‘liq 1.Ko‘pchilik fizioterapevtik va balneologik muolajalar bemorga kuchli va uzoq ta'sir qo‘rsatadi. Shuning uchun bir kunning o‘zida bir necha intensiv ta'siriga ega muolajalarni qo‘llash mumkin emas. Ikki kuchli qo‘zg‘atuvchi qo‘shilib, ta'sir qo‘rsatganda bemorda tez charchab qolish, xolsizlanish, asabiylashish, asab sistemasi, yurak-qon tomir sistemasi va organizmning boshqa sistemalarida funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Masalan : -elektroforez va vanna qabul qilish

-balchiq bilan applikatsiya (1/3 qism yuzani) va vanna

-Sharko dushi va vanna qabul qilish

-induktotermiya va UVCh termik dozada

-UBN eritema dozada

-balchiq, ozokerit, parafin applekatsiyalari mineral va gazli vannalar bir kunda boshqa muolajalar bilan mos kelmaydi

2.Burun shilliq qavati bo‘yinning orqa qismi kabi refleksogen sohalarga bir necha muolajani baravar qilish mumkin emas.

3.Fizikaviy xarakteristikasi yaxshi bo‘lgan omillar birga qo‘llanilganda yuqori kuchli qo‘zg‘atuvchi hosil bo‘lib, bu nohush holatlarga olib keladi : -UVCh va SVCh

-induktotermiya va UVCh

-gelioterapiya va umumiy UBN

4.Qarama-qarshi ta'sirga ega bo‘lgan muolajalar, masalan, issiq muolajadan so‘ng sovuq muolaja olish mumkin emas.

Faqat, kontrast reaksiya beruvchi muolajalar bundan mustasno. Masalan, teri kasalliklarida kontrast vanna, ya'ni issiq suv, sovuq suv bilan galma-galdan ishlatiladi.

Umumiy muolajalar, masalan balchiqli yoki parafinli applikatsiyadan so‘ng induktotermiya, muzdek dush yoki sovuq suvda cho‘milish mumkin emas, bu shamollash jarayonini chaqirib, kasallikni kuchaytiradi.

5.Markaziy asab sistemasi funksiyalarini qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi, asosiy nerv jarayonlariga ta'sir ko‘rsatmaydigan muolajalar, masalan: bo‘yin orqa qismiga yoqa shaklida bromli elektroforez bilan Sharko dushi, sirkulyar dush, sovuq suvda cho‘milish to‘g‘ri kelmaydi.

6.O‘xshash ta'sirli muolajalar baravar qo‘llanganda qo‘zg‘atuvchilik xususiyati dozadan oshib ketadi va qarama-qarshi effekt chaqiradi, masalan : balchiq yoki ozokerit applikatsiyasi ichakni sifon yordamida yuvish va dori-darmonlar bilan tozalab yuvish, induktotermiya va issiq nurlanish.

7.UBN eritemdozada qo‘llanilganda, shu sohaning o‘ziga infraqizil nurlar qo‘llanilmaydi, bunda UBN ta'siri kamayib ketadi.

8.Nerv oxiri tugunchalarini blokada qiluvchi novakain yoki unga o‘xshash dori-darmonlar bilan elektroforez qilinganidan keyin UBN qo‘llanilmaydi, chunki eritema hosil bo‘lmaydi.

9.Ikkita elektr muolaja bir kunda tafsiya etilishi mumkin emas. Faqat mustasno ravishda : UVCh fonida elektroforez, induktotermiya qo‘llanilishi mumkin, bunda ta'sir etuvchi dori vositasi yanada chuqurroq va samaraliroq ta'sir qo‘rsatadi. Shunday maqsadda, ultratovush, peloidlar, infraqizil nurlanish, parafin va ozokerit ham qo‘llaniladi.

10.Bir kunda bir necha, hatto kichik muolajani ham ketma-ket olish bir-biriga mos kelmaydi. Faqat ular orasida ma'lum vaqt tanaffus qilib, shifokor tafsiyasi asosida olish kerak.

11.Bemorni charchatadigan, qiyin diagnostika tekshiruvlari (rentgenoskopiya, ASTK, oshqozon suvini tekshirish, duodenal zond orqali tekshirish va h.z) o‘tkazilgan kuni fizioterapiya muolajalari o‘tkazilmaydi.

Kompleks davolash rejasini tuzishda, fizioterapevtik muolajalarining mos kelishi va kelmasligi to‘g‘risida amaliy masalalarni yechishda alohida fizikaviy omillarning ta'sir etish xususityalarini hisobga olish kerak.

Shularning ba'zilari bo‘yicha to‘xtalib o‘tamiz :

Elektroforez : kelib chiqishi turlicha bo‘lgan issiqlik muolajalari va massaj teridagi qutbiy qarshilikni kamaytiradi va dori moddalarining so‘rilishini kuchaytiradi.

Elektroforez qilinadigan sohaga UVCh-, SVCh yoki ultratovush muolajasini oldindan qo‘llanilsa, terining o‘tkazuvchanlik xususiyati ortadi, ayniqsa ultratovush bu xususiyatni ko‘proq ortiradi. Ultratovush muolajasining elektroforezni potensiallovchi ta'sir mexanizmida xujayra membranasining va gisto-gematik to‘siqning o‘tkazuvchanligi ortadi, to‘qimalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgaradi.

0,2 – 0,5 Vt/sm2 kuchlanishdagi ultratovush ta'siridan so‘ng 30 daqiqa davomida dori moddalarining teridan o‘tishi maksimal yuqori darajada bo‘ladi va bu holat 3 soatgacha saqlanib qoladi. Past va o‘rtacha dozalarda SVCh qo‘llanilganda 1-3 soatdan so‘ng o‘tkazuvchanlik yuqori bo‘ladi va bu holat 6 – 12 soat saqlanib qoladi.

Elektroforezdan so‘ng ultratovush, SVCh va massaj kam qo‘llaniladi. Agar qo‘llanilsa, undan maqsad qon va limfa suyuqligi aylanishining kuchayishi natijasida dori vositasining teridan tezroq qonga so‘rilishidir.

Elektouyqu bilan boshqa elektr davolash muolajalarini qo‘llash mumkin emas. Vermel bo‘yicha elektroforez, yoqa shaklidagi elektroforezni elektrouyqu bilan ketma-ket qo‘llab bo‘lmaydi.

Igna bilan refleks davolash usuli elektroterapiya, balneoterapiya, massaj va shifobaxsh jismoniy tarbiyasi bilan mos keladi, ularni bir kunda tavsiya etish mumkin. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas magnit maydoni gidroelektr vannalar va umumiy ta'sir etuvchi elektr muolajalari bilan mos kelmaydi.

Franklinizatsiya usuli bilan davolash umumiy ta'sir etuvchi boshqa elektr muolajalari bilan mos kelmaydi. Aeroionizatsiya bilan aerozolterapiya boshqa barcha muolajalar bilan mos keladi. Ma'lum bir joyga darsonvalizatsiya usuli qo‘llanilganda o‘sha yerga boshqa elektr muolajalar qo‘llanilmaydi.

Induktotermiya, UVCh, SVCh boshqa elektr muolajalar bilan, ultratovush, yorug‘lik vannalari, rodonli, oltingugurt - vodorodli, karbrnad angedritli vannalar mos kelmaydi.

Ultratovush, TVCh bilan , rodonli, oltingugurt-vodorodli, karbonad angedritli vannalar mos kelmaydi.

Ultratovushning elektroforez bilan mos kelishi haqida gapirgan edik, hozirgi paytda ultratovush teri o‘tkazuvchanligini oshirganligi uchun balchiq bilan davolashda ham ketma-ket qo‘llanilayapti.

Massaj barcha fizioterapevtik muolajalari bilan mos keladi. Faqat uqalanilayotgan tana qismiga UBN eritema dozasida qo‘llash mumkin emas.

Massajni shifobaxsh jismoniy tarbiyadan oldin o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.Tayanch-harakat apparatining funksional buzilishlarida, parez, nevralgiya, nerv kasalliklarida avval issiq beruvchi muolajalar va 1 soatdan keyin massaj tavsiya etiladi. Ma'lum bir joydagi qon tomirlari ishi buzilsa, limfostaz, to‘qimalar shishida oldin massaj qilish keyin issiq muolajalari qo‘llaniladi.

Yurak-qon sistemasi xastalangan bemorlar uchun muolajalar ketma-ketligi qon tomirlar tonusiga bog‘liq. Spastik holatlar – bosh og‘rig‘i, migrenda vanna, shifobaxsh jismoniy tarbiyasi, bo‘yin orqa qismini uqalash mumkin, tomirlar atoniyasi – bo‘yin orqa qismini uqalash, shifobaxsh jismoniy tarbiya va vanna qabul qilish mumkin.

Turli kasalliklarning oldini olishda fizik omillardan va davolovchi jismoniy tarbiyadan foydalanish

Inson organizmi tashqi muhitning muntazam o‘zgarib turuvchi sharoitida bo‘lib, u shu sharoitga doimo moslashib turadi. Bu moslashishlar organizmning nerv sistemasi orqali amalga oshiriladi. Fizikaviy omillar ta'sirida organizmda har doim moslashuv mexanizmlari paydo bo‘ladi va takomillashadi. Bu takomillashuv organizm faqat chiniqishi orqali amalga oshadi. Fizioprofilaktika faqat organizmni chiniqtirish bilangina chegaralanib qolmaydi. U o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ygan. Bu vazifalar quydagilar:


  • atrof-muhitni sog‘lomlashtirish

  • ekologiya masalalarini hal qilish

  • ishlab chiqarishda va yashash sharoitida salbiy faktorlar-omillar ta'sirini kamaytirish.

Organizmni chiniqtirish va boshqa fizioprofilaktik tadbirlar turli kasalliklarni oldini olishda va organizmni mustahkamlashda samarali vositalar hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki,sog‘lom odamni xar doim kam chiniqqan deb bo‘lmaydi. Hatto, eng sog‘lom odamlar ham o‘z organizmini chiniqtirmasa arzimagan sabablar bilan tezda kasallanib qolishlari mumkin.

Chiniqishning umumiy prinsiplari. Chiniqishning asosiy prinsip ta'sir etuvchi qo‘zg‘atuvchining asta-sekin kuchaytirib borish zarur, bunda vegetativ nerv sistemasi va yurak-qon tomir sistemasi zararlanmaydi. Salbiy ta'sirlardan saqlanish uchun, har bir odamga individual dozalarda fizikaviy omillar tavsiya etish, ushbu muolajalar o‘tkazilishi albatta fizioterapevt-shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi zarur. Har doim, sistematik ravishda o‘z navbati bilan o‘tkaziladigan muolajalar natijasida organizm chiniqib boradi. Oddiy, ayni vaqtda muhum bo‘lgan chiniqish prinsiplaridan biri chiniqtirish tadbirlarini kompleks ravishda qo‘llashdir. Bularga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ochiq havoda sayr qilish, yugurish, suvda cho‘milish va boshqalar kiradi.

Organizmni chiniqtirishda quyosh va havo vannalari, suvda suzish va cho‘milish muhim rol o‘ynaydi. Salqin va sovuq suv muolajalari organizm tonusini oshiradi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi, kayfiyatnt yaxshilaydi, ish qobiliyatini oshiradi. Suv muolajalari 3 xil variantda, sovuq suvda (20 gradus S va undan kam), salqin suvda (21-33 gradus S) va iliq suvda (34-36 gradus S) amalga oshiriladi. Artinish, ustidan suv quyish, dush va cho‘milishni iliq suvda boshlab, asta-sekin 12 gradus Sgacha tushuriladi. Cho‘milishdan so‘ng 15-20 daqiqa dam olish zarur. Past haroratdagi dushlarni yosh, baquvvat va chiniqqan odamlargagina tavsiya etish mumkin.

Organizmni chiniqtirishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish muhum rol o‘ynaydi. Jismoniy mashqlar organizmga umumiy ta'sir ko‘rsatib, uning reaksiyasini o‘zgartiradi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Jismoniy mashqlar biror sport turi bilan shug‘ullansh orqali to‘ldiriladi. Yozda suv sporti va tennis bilan, qishda chang‘i va konkida uchish sporti bilan shug‘ullanish organizmni chiniqtiradi.

Korxonalar va ishlab chiqarish tashkilotlarida, ish paytida fizkult-daqiqalar uyushtirish, jismoniy mashqlarning qisqartirilgan komplekslarini bajarish, ishchilarning ish qobiliyatlarini oshiradi, miozit, mushaklar spazmasi, radikulit va boshqa kasb kasalliklarini oldini oladi.

Chiniqishning sun'iy fizik omillari

Fizioprofilaktika maqsadida yil vaqti va ob-havo qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, ishlab chiqarish korxonalarida, maktab va bog‘chalarda simob kvars lampalari ishlatiladi. Bu lampalarning nuri impuls orqali biologik jarayonlarni tezlashtirib, organizmning himoyalanish kuchlarini oshiradi.

Zavod poliklinikalari va boshqa tibbiy punktlar qoshida ochilgan fizioprofilaktika kabinetlari va maydonchalari odamlarni chiniqtirish va turli kasalliklarni oldini olishda, gripp va boshqa shamollash kasalliklarini oldini olishda, hatto mayda jarroxatlardan so‘ng qoladigan asoratlarni tuzatishda muhim rol o‘ynaydi.

Shifoxona, poliklinika, tibbiy punktlar qoshida ochilgan fizioterapiya maydonchalari “yashil zona”larda tabiat qo‘ynida tashkil etilgan tungi sanatoriyalarda fizioterapiya muolajalarining o‘tkazilishi ishlab chiqarishdan ajralmas holda ishlovchilar uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Ular faqat sog‘liqlarini tiklab qolmasdan, turli kasalliklarni oldini olish uchun muolajalar oladilar, organizmni chiniqtiradilar, bu esa mehnat unumdorligini oshiradi. Yashil tabiat qo‘ynida o‘tkazziladigan jismoniy mashqlar, sayr qilish, terrenkur yurak – qon tomir sistemasi, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari faoliyatini yaxshilaydi, asab sistemasini mustaxkamlaydi.

Gripp hamda yuqori nafas yo‘llari shamollashining

oldini olishda fizik omillarning qo‘llanilishi

Organizmning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish, immuno-biologik mexanizmlarini kuchaytirish, simpatik nerv sistemasining tonusini ko‘tarish, gripp va yuqori nafas yo‘llari shamollashining oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi :

UBN tubus orqali, ikki biodozada, kun ora bir vaqtda xona havosi BUV bakteriotsid lampasi orqali nurlanadi. BUV lampasi bo‘lmasa, o‘rniga simob-kvarsli lampa PRK-3 gorelkali ishlatsa bo‘ladi. Refleksatorni poldan 1,5 metr balandlikda shipga qaratib, 30 minutga qo‘yiladi.

Gripp kasalligiga qarshi fizioprofilaktikada organizm immunitet ishlab chiqarishi uchun maxsus usullar bor.

1.Smorodinsev usuli bo‘yicha polivalentlik grippaga qarshi zardob aerozol yoki ingalyasiya yo‘li bilan yuboriladi (A va V tipdagi grippga qarshi tayyor qarama-qarshi tanachalar yuboriladi (passiv immunlash)) gripp boshlanayotganda jamoa bo‘lib ishlanadigan korxonalarda orasi bir haftalik tanaffus bilan 3 marta 2 mldan zardob ingalyasiya qilinadi.

2.Gripp vaksinasi aerozolni ingalyasiya qilish (faol immunlash). Ampuladagi 3 dozali quruq vaksinani 1,5 ml distillangan suvda eritiladi. Rezina balonini 2 marta qatiq qisib, burunga vaksina yuboriladi, iloji boricha nafas olayotganda yuborish lozim. Quruq vaksinani burunga puflash mumkin.

3.1% ekmolin eritmasini ingalyasiya qilish : har bir burun teshigiga 0,5 mldan har 2-4 kunda gripp ko‘paygan paytda yuboriladi.

4.Asosiy sxema bo‘yicha UBN navbatma-navbat takrorlanadi.

5.118-qo‘llanma bo‘yicha nafas olish yo‘llari va yuzni aeroionizatsiya qilish kun ora 20 daqiqadan o‘tkaziladi.

6.Kun ora salqin suvda yuvinish mumkin.

7.Odam yo‘g‘ida yashash, ishlash xonalarini, maktab, bog‘cha-yasli, tibbiy shifoxonalarning havosini UBN bilan nurlantirish.

Nafas olish organlari kasalliklarining

oldini olishda fizioprofilaktika uslublari

Zotiljam va o‘tkir bronxitning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish va tashqi muhitga chidamliligini oshirish kerak. Shu maqsadda quyidagilar tavsiya etiladi :

1.Dush qabul qilish (yomg‘irsimon, sirkulyar dush 35-25 gradus 3-5 daqiqa, kun ora).

2.Yuqori nafas yo‘llari va yuzni kun ora bir xil vaqtda 20 daqiqa aeroionizatsiya qilish.

3.Kun ora ertalab 30-20 gradus haroratli suv bilan sochiqni xo‘llab, artinish.

Kun ora sxema bo‘yicha ertalab quyosh vannasini qabul qilish.

4.Havo vannalari, gimnastika, sport bilan shug‘ullanish, daryo va ko‘llarda suzish.

Yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarining

oldini olishda fizioprofilaktika usullarining qo‘llanilishi

Yurak-qon tomir sistemasi kompensator mexanizmini mustaxkamlash, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilash, qon tomirlar tonusi o‘zgaruvchanligiga organizmning mustaxkamliligini oshirish (qon bosimi past yoki baland bo‘lishi, koronar yetishmovchilik va boshqalar) maqsadida quyidagi muolajalar tavsiya etiladi :

1.Yomg‘irsimon dush qabul qilish 35 – 25 gradus C, 5 daqiqa, kun ora.

2.35 – 20 gradus C suv bilan xo‘llangan sochiqda oldin qisman, keyinchalik umumiy artinish, 3-5 daqiqa, kun ora.

3.Daryo, dengiz va ko‘llarda havo harorati 20 gradusC dan pastbo‘lmagan vaqtda kuniga 1-2 marta 5 – 15 daqiqa cho‘milish.

4.Kun ora 20 daqiqadan yuz va yuqori nafas yo‘llariga aeroionizatsiya olish.

5.Vermel bo‘yicha umumiy elektroforez brom bilan qabul qilish, kuraklar oralig‘iga kun ora 20 daqiqadan aktiv elektrod qo‘yish.

6.Havo vannalari, gimnastika.


Revmatizmning oldini olishda fizioprofilaktika

usullarining qo‘llanilishi

Infeksion-allergik revmatizmning, ayniqsa revmokarditning oldini olishda fizikaviy muolajalar muhim rol o‘ynaydi.

Revmatizm patogenezida angina yoki surunkali tonzilit katta ta'sirga ega. Organizmdagi birinchi infeksiya o‘choqlarini yo‘qotish – fizioprofilaktika uslubining birinchi vazifasida.

Revmatizm xurujlari orasidagi davrda o‘tkaziladigan muolajalar quyidagilar :

1.Kun ora 32 -20 0C suv bilan xo‘llangan sochiqda artinish.

2.Yomg‘irsimon dush qabul qilish 32 -20 0C, 3-5 daqiqa, kun ora.

3.Umumiy vanna qabul qilish, 36 - 34 0C , 10-15 daqiqa, kun ora.

4.Asosiy sxema bo‘yicha umumiy UBN, kun ora.

5.Yuz va nafas yo‘llarini kun ora 20 daqiqadan aeroionizatsiya qilish, vanna yoki UFR qabul qilish.

6.LKUF lampasi bilan 1-2 biodozada kun ora tomoqni UBN.

7.Kun ora bodom bezlariga UVCh qo‘yish.

8.Umummustaxkamlovchi gimnastika mashqlarini kun ora o‘tkazish.
Homiladorlik davrida fizioprofilaktika muolajalari

Homiladorlik davrida turli patologik holatlar rivojlanishining oldini olish uchun, tug‘ishda va tuqqandan so‘ng bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning asoratini tuzatish uchun quyidagi fizikaviy uslublar qo‘llaniladi. Bu usullar yordamida homilador ayolning moddalar almashinuvi normallashadi, homilaning nogrmal rivojlanishi ta'minlanadi, yurak-qon tomir sistemasi, endokrin va nerv sistemalarining ishi yaxshilanadi, teridagi mexanik himoya xususiyatlari kuchayadi.

1.Sekinlashtirilgan sxemada umumiy UBN qabul qilish (yon bosh holatda). Homila 32-34 haftalik bo‘lgandan keyin boshlanib, kun ora 15-20 seans qabul qilinadi. Kam quvvatlik va anemiyasi bor ayollarga, ayniqsa yilning sovuq oylarida homiladorlikning boshlang‘ich oylarida UBN tavsiya qilinadi.

2.Tuzli – igna bargli vannalar (37-36 0C) yoki oddiy chuchuk suvda (36-35 0C) kun ora, 10-15 daqiqa vanna qabul qilish homiladorlikning boshlanishidan to homila 6 oylik bo‘lgunga qadar tavsiya etiladi. Bu usul ayniqsa umumiy UBN qabul qilish mumkin bo‘lmagan ayollarga tavsiya etiladi.

3.Ertalabki badan tarbiya qilinganidan so‘ng yoki quyosh-havoda vanna olgandan so‘ng yomg‘irsimon dush (35-25 0C), kun ora, 3-5 daqiqa.

4.Umumiy yoki qisman kun ora 30-20 0C da xo‘llangan sochiq bilan artinish.

5.22-20 0Cdan past bo‘lmagan haroratda havo vannalari kun ora, 10 daqiqadan qabul qilish, bu vaqtni asta-sekin 1 soatgacha ko‘paytirib borish va umuman 20-25 ta muolaja qabul qilish lozim.

6.Har kuni yoki kun ora quyosh vannasi qabul qilish va uning ketidan 34-32 0C li dush qabul qilish. Homiladorlikning 2-yarmida ayol o‘tirgan holatda orqa tarafidan quyosh nurlari vannasi qabul qilinadi.

7.Jismoniy mashqlarning maxsus komplekslari asosida davolash gimnastikasini o‘tkazish.

Homilador ayollarda fizioprofilaktika tadbirlarini o‘tkazish bilan bir qatorda ularning to‘yimli ovqatlanishi, A, V1,V2, V6, S va D darmon dorilaridan qabul qilib turishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Quyosh nuri yetishmovchiligida

fizioprofilaktik muolajalarini o‘tkazish

Quyosh nuridan yetarli darajada foydalana olmaganda, UBN yetishmaganda nur yetishmovchiligi vujudga kelib, bu organizmning turli organ va sistemalar ishini buzilishiga, organizmni turli kasalliklarga qarshiligining pasayib ketishiga olib keladi. Bunday hollarda fizioprofilaktika maqsadida maxsus fotariylar tashkil etilib, u yerda odamlar guruh bo‘lib, UBN larini qabul qiladilar. Ishlab chiqarish korxonalarida, ko‘mir shaxtalarida, qora va rangli metall konlarida, metallurgiya va neftni qayta ishlash korxonalarida, kasb-xunar o‘quv yurtlarida, FBO maktablarida, sport zallari va boshqalarda fotariylar tashkil etiladi.

Fotariy nurlangandan so‘ng mehnat yaxshilanadi, qon tarkibi yaxshilanadi, kasallanish kamayadi. Ayollar va erkaklar uchun alohida fotariylar tashkil etiladi. Ish smenasi tugaganidan so‘ng ishchilar dush qabul qilib, toza bo‘lishganidan so‘ng, quruq qilib artinadilar va qora ko‘zoynak taqib fotariyga kiradilar. PRK-7 lampasidan 2,5 – 3 metr uzoqlikdagi masofada aylanadilar. Kun ora asta-sekin ko‘paytiriladigan sxemada nurlanish davom ettirilib, yiliga 2 marta fevral-mart va oktyabr-dekabr oylarida 15-20 seans qabul qilinadi. Fotariyda sil kasalligining aktiv formasi bilan kasallangan, qon aylanishi buzilgan, buyrak kasalligini va shishishlarga taxmin bo‘lgan payt odamlarga nur qabul qilish mumkin emas.

Jarohat – bu tashqi omil : mexanik, jismoniy, kimyoviy va boshqalar ta'sirida to‘qima butunligining buzilishidir (yoki buzilishsiz). Jarohatning quyidagi turlari farqlanadi : ishlab chiqarish, maishiy, ko‘cha, transport, harbiy va sport. Agar omilning bir marotaba ta'siridan so‘ng jarohat hosil bo‘lsa – o‘tkir, agar kichik kuch bilan bir necha marotaba ta'sir etsa surunkali jarohatdir. Jarohatlar orasida ko‘proq mexanik turi uchraydi. U teri yoki shilliq qavatning jarohatlanishiga ko‘ra yopiq jarohat (lat yeyish, cho‘zilish, uzilish, chiqish, suyak sinishi) va ochiq jarohat (yara) ga bo‘linadi. Tayanch-harakat apparatining jarohati faqatgina jarohatlangan segmentning butunligi va funksiyasini buzmay, balki markaziy asab sistemasi, yurak-qon tomir, nafas, ishqozon ichak, ajratish sistemalarining va ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini ham o‘zgartiradi.

Katta bo‘lmagan jarohatlarda asosan mahalliy simptomlar kuzatiladi: qizarish, shishish, og‘riq, jarohatlangan segment funksiyasining buzilishi.Organizmning umumiy holati deyarli o‘zgarmaydi. Katta bo‘lgan jarohatlarda mahalliy o‘zgarish bilan bir qatorda umumiy o‘zgarishlar ham kuzatiladi va ular shunchalik chuqurlashib ketishi mumkinki, buning natijasida xushdan ketish, kollaps yoki travmatik shok, ya'ni to‘satdan xushini yo’qotishning rivojlanishiga olib kelish mumkin. Bemorda ko‘ngil aynash, bosh aylanish, quloqda shovqin, qo‘l va oyoqlarning muzlashi, teri qatlamining yaqqol rangsizlanishi kuzatiladi, bemor yiqiladi, pulsi susayadi, qon bosimi tushadi. Bunday holat kuchli og‘riq va qo‘rqish natijasida paydo bo‘ladi.

Kollaps – yurak-qon omir yetishmovchiligining o‘tkir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bemorning holatida quyidagilar kuzatiladi : tomir tonusining pasayishi hisobiga yurak faolitining susayishi, bu esa yurakka venoz qonning kelishini kamayishiga, qon bosimning pasayishiga va miyaning gipoksiyasiga olib keladi. Bemorda umumiy xolsizlanish, bosh aylanish, sovuq ter chiqishi, xushini saqlashi yoki tumanlashishi kuzatiladi.

Travmatik shok – og‘ir patologik jarayon bo‘lib, mexanik jarohatga javob reaksiyasi va organizmning hayot uchun muhim bo‘lgan sistemalarning funksional buzilishining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Unda ikkita faza farqlanadi. Erektil faza (qo‘zg‘alish fazasi) – jarohat sohasidan kelayotgan og‘riq impulslari natijasida jarohat vaqtida paydo bo‘ladi, ruhiy qo‘zg‘alish, bezovtalanish, ko‘p gapirish bilan namayon bo‘ladi. Bunda puls va qon bosimi ko‘tariladi. 5-10 minutdan so‘ng qo‘zg‘alish ruhan siqilishga aylanadi va travmatik shokning torpidli fazasi boshlanadi. Unga quyidagilar xarakterlidir : rangining oqarishi, sovuq ter, kuchsiz puls, qon bosimining tushishi, yuzaki nafas, xushi saqlangan holda atrofdilarga befarqlik va h.z. Organizm sistemalarining faoliyati susayadi, organlarga qonning kelishi keskin kamayadi, kislorod yetishmovchiligi kuchayadi, bu holat bemor o‘limiga olib kelishi mumkin. Bemorni og‘ir o‘tkir holatdan olib chiqilgandan so‘ng travmatik kasallik rivojlanadi va o‘zining spetsifikasiga va belgilariga ega bo‘ladi. Uzoq vaqt to‘shak harakat tartibotida bo‘lishi va tayanch-harakat apparati jarohatining immobilizatsiyasi bemorning umumiy holatini yaxshilaydi, og‘riqlarni kamaytiradi. Ammo majburiy holatda uzoq yotishi (cho‘zib qo‘yish, gips, osteosintez) bemorning bezovtalanishiga va uyqusining yomonlashishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda harakat faolligining pasayishi organizm sistemalarining faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Natijada ichak peristaltikasi buziladi, yeyilgan ovqat evakuatsiyasi sekinlashadi, parchalanish maxsulotlari qonga so‘rilib, organizmda zaharlanishni yuzaga keltiradi. Ko‘krak qafasining ekskursiyasi kamayadi, o‘pkada dimlanish kuzatiladi va zotiljam rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Kam harakatlik yurak-qon tomir faoliyatini o‘zgartirib, qon aylanish doirasida dimlanishlarga olib keladi, bu esa tromblarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi va u keyinchalik tromboemboliyaga olib kelishi mumkin. Agar bemor narkoz bilan operatsiya qilingan bo‘lsa, ko‘rilayotgan salbiy ta'sirlar bundan ham og‘irroq namayon bo‘lishi mumkin.

Tayanch-harakat apparati jarohatlangan segmentining uzoq vaqt immobilizatsiya qilinishi maxsus mahlliy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Immobilizatsiya qilingan mushaklarda atrofiya rivojlanib, uning kattaligini, kuchini va chidamliligini kamayishaga sabab bo‘ladi.

Oyoqlarning jarohatlanishida yuklamaning kamligi yoki yo‘qligi osteoporozning rivojlanishiga olib keladi, bu esa suyaklarda kalsiyning va suyak moddalari miqdorining kamayiga sabab bo‘ladi. Bunday holat keyinchalik suyak deformatsiyasiga va patologik jarayoning hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga uzoq vaqt harakatsizlik bo‘g‘im to‘qimalarida ham o‘zgarishlarga, ya'ni bo‘g‘imlar harakatining cheklanishiga, kontrakturalarga olib keladi.

Bunday bemorlarga yordam ko‘rsatishda reabilitatsiyaning o‘rni kattadir. Reabilitatsiyada zaruriy vositalar bo‘lib jismoniy mashqlar, massaj va fizioterapiya muolajalari hisoblanadi. Shuningdek immobilizatsiya turlari va ratsional muddatlari, holatlar va cho‘zish bilan davolash, o‘ziga-o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalarini tiklash va mehnat bilan davolash katta ahamiyatga egadir. Jarohatlarda qoidaga binoan reabilitatsiyaning 3 ta bosqichi qo‘llaniladi : statsionar, reabilitatsion markaz va poliklinika. Jismoniy mashqlarning davolovchi va tiklovchi ta'siri quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi : jismoniy mashqlarning bo‘shashtiruvchi ta'siri (ayniqsa bemorning og‘ir holatida va tushak tartibotining uzoq davom etishida), trofik ta'siri, kompensatsiyaning vaqtinchalik va doimiy shakllanish mexanizmi, funksiyaning normallashish mexanizmi. Jismoniy mashqlar, massaj, fizioterapiya muolajalari jarohat sohasida qon aylanishni va oziqlanishini yaxshilash, mushaklarni bo‘shashtirish, og‘riqni kamaytirish va yo‘qotish bilan birga to‘qimalar regeneratsiyasini, jarohatning bitishini, morfologik tuzilmalarning to‘liq tiklanishini stimullaydi.

Jarohatlangan organning og‘ir funksional o‘zgarishida, masalan oyoq amputatsiyasida, kompensatsiyaning shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi, ya'ni qo‘ltiq tayoq yordamida va protezda yurish yoki o‘ng qo‘l jarohatida chap qo‘l bilan ba'zi ko‘nikmalarni bajarish kompensatsiyasi va x.z.

Shunday qilib, tayanch-harakat apparati jarohatlari reabilitatsiyasida buzilgan funksiyani normallashtirish katta ahamiyatga ega. Jismoniy tayyorgarlik,massaj va fizioterapiya (ayniqsa elektrostimulyasiya) hisobiga mushak kuchinitiklashga, bo‘g‘imlarda harakat amplitudasini normallashtirishga, harakat koordinatsiyasini yaxshilashga va bemorning umumiy ish qobiliyatini tiklashga erishiladi.

Jarrohlik kasaliklarida va travmatologiyada qo‘llaniladigan reabilitatsiya kompleksi

Maqsad: Yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, og‘riq qoldirish, so‘rilish jarayonlarini, regeneratsiyani kuchaytirish, oziqlanishini, modda almashinuvini, degitratatsiyani kuchaytirish, chandiqlanishni oldini olish.

UVCh, magnitoterapiya, lazeroterapiya, galvanizatsiya, ultratovush bilan davolash, IRT, IKV, massaj, DJT, UBN, infraqizil nurlar, keramik lampalar.

Revmatologiya, tayanch-harakat sistemasi kasalliklarida qo‘llaniladigan reabilitatsiya kompleksi

Maqsad: Yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, og‘riq qoldirish, so‘rilish jarayonlarini, regeneratsiyani kuchaytirish, oziqlanishini, modda almashinuvini, degitratatsiyani kuchaytirish, bo‘g‘imning funksional holatini yaxshilash, glyukokortikoid faoliyatini oshirish.

UVCh, Magnitoterapiya, lazeroterapiya, galvanizatsiya, DMV, ultratovush bilan davolash, amplipuls, parafin-ozokirit, mineral vannalar, IRT, peloidoterapiya, IKV, massaj, DJT

Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarida qo‘llaniladigan reabilitatsiya kompleksi

Maqsad: spazmalitik, gipotenziv, sedativ, og‘riq qoldirish, qon realogiyasini yaxshilash, organizmda va qonda kislorod miqdorini ko‘paytirish, metabolizmni, kollateral qon aylanishini yaxshilash, mikrotsirkulyasiyani yaxshilash.

Elektrouyqu, darsenvalizatsiya, franklinizatsiya, elektroforez, amplipuls, GAI, magnitoterapiya, lazeroterapiya, massaj, IRT.

DJT mashg‘uloti, statik va dinamik nafas olish mashqlari, terrenkur, sayr qilish.

Nafas olish sistemasi kasalliklarida qo‘llaniladigan reabilitatsiya kompleksi

Maqsad: Spazmolitik, bronxolitik, antigistamin, sedativ, yallig‘lanishga qarshi, bakteriotsid, bakteriostatik, so‘riltiruvchi, o‘pkaning drenaj faoliyatini yaxshilash.

Aerozolterapiya, tubus kvars, UVCh, SVCh, elektroforez, amplipuls, ultratovush bilan davolashsh, massaj, IRT, magnitoterapiya, lazeroterapiya, DJT: Strellnikov va Buteyko bo‘yicha maxsus nafas olish.

Oshqozon ichak sistemasi kasalliklarida qo‘llaniladigan reabilitatsiya kompleksi

Maqsad: Yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, og‘riq qoldirish, so‘rilish jarayonlarini, regeneratsiyani kuchaytirish, oziqlanishi, ichak peristaltikasini yaxshilash, ta'sir ko‘rsatish.

Magnitoterapiya, lazeroterapiya, elektro uyqu, DMV, UVCh, ultratovush bilan davolash, amplipuls, parafin-ozokerit, mineral suvlarni ichish, o’t pufagi va ichaklarni yuvish, mikroklizmalar, IRT.
Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

1.Fizioterapevtik muolajalarning mos kelmaslik sharoitlari nima?

2.Fizioterapevtik muolajalarning mos kelishi va kelmasligi haqida nima bilasiz?

3.Organizmni chiniqtirishda fizik omillardan qanday foydalaniladi?

4. Gripp va yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishini oldini olishda fizik omillarning roli qanday ?

5. Nafas organlari va yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarining oldini olishda fizik omillarning roli qanday ?

6. Revmatizmning oldini olishda fizik omillarning roli qanday ?

7. Homiladorlik davrida fizik omillarning roli qanday ?

8. Quyosh nuri yetishmovchiligining oldini olishda fizik omillarning roli qanday ?

Qo‘llanilgan adabiyotlar


  1. Meditsinskaya reabilitatsiya./Pod red. V.M. Bogolyubova. Kniga 1. –Izd.3-ye, ispr. i dop.- M.: Izdatelstvo BINOM, 2010.-416 s., il.

  2. Bogolyubov V.M., Ponomarenko G.N. «Obshaya fizioterapiya», 1996.

  3. Kuzmishin L.ye., Bankovskaya M.P., Zamyatina O.V. Prinsipiopredeleniya reabilitatsionnogo potensiala i reabilitatsionnogo prognoza u invalidov vsledstvie bolezney vnutrennix organov. /Mediko-sotsialnaya ekspertiza i reabilitatsiya, 2004, №2.

  4. yepifanov V.A. Lechebnaya fizicheskaya kultura. Uchebnoe posobie. M.: GEOTAR-Media, 2006. - 568 s.: il.

  5. Ponomarenko G.N. «Chastnaya fizioterapiya»: Uchebnoe posobie, M.: «Meditsina», 2005 − 744s.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish