Shaхsni ekspеrimеntal tadqiq qilish mеtоdlari. Metod tadqiqot, tekshirish, bilimning nazariy va seminar o`zlashtirish usulllari yig`indisidir. O`quvchi shaxsini o`rganish, metodlari: Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so`rovnomasi” metodikasi yordamida turli nizomi vaziyatlarida shaxs o`zini qanday to`tishligi: hamkorlikka yoki raqobatga moyilligi, murossaga (kompromiss, en bosishga, yul berishga) tayerligi, nizolarda qochish yoki uni keskinlashtirishga intilishi kabi sifatlarning namoyon bo`lish darajasini aniqlash mumkin. Bu metodika jamoaning har bir a’zosini hamkorlikdagi faoliyatga ijtimoiy - psixologik moslashuvchanlik darajasini b baholash imkoniyatlarini ham beradi. Turli guruhlardagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari o`rganiladi. Shuningdek Kettel shaxs savolnomasining bolalar varianti - shaxsni dasturli tekshirishnining bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bola shaxsi taraqqiyotini baholashda chet el tadqiqotlarida savolnomalar (16 RF, N.) Keng qo`llaniladi. Lekin bizning sharoitimizda chet el metodikalaridan foydalanish ularni jiddiy moslashtirishni va puxta tekshirishni talab qildi. Ushbu metodika E.M.Aleksandrovskaya, I.N.Gil’yasheva, 1978, 1985 variantlari keng qo`llaniladi.
Ayzenk testi (bolalar varianti) EPV insonning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsiy xislatlari - ekstrovertlik, introverlik va turg`unlikni o`rganishga mo`ljallangan. Kattalar varianti 45 savoldan iborat 24 savol ekstravertlikni va introverlikni, 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo`ljallangan, 9 ta savol “yolgonchilik” shkalasidan iborat. Shuningdek D.B.El’komin, T.V.Dragunovalar o`smirlik davri xususiyatlarini: I.V.Straxov yuksak insoniy tuyg`ularni shakllanishini: V.A.Krutetskiy va N.S.Lukinning “o`rtoqlik - do`stlik” borasidagi o`smirlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o`rganilishi o`smir yoshidagi bolalarning barcha muammolarini echishda yordam beradi.
Shaхs taraqqiyotini davrlarga bo`lish.
Shaхs taraqqiyotini davlarga bo`lish bo`yicha L.S.Elkоnin, Vigоtskiy,J.Piajе va shu kabi ko`plab оlimlar ish оlib bоrganlar . Odam individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |