Internet saytlari
1. www.minzdrav.uz;
2.www.tma. uz
3.www. Ziyonet;
4. www.acpunctur.ru
5.www.igli.ru
6.www.doktor.ru,
7.www.medinfo. home.ml.org
8.www.medeffect.ru
9.www.acupuncture.com
10.www.acupuncturetoday.com
11.www.acupunctureinmaine.com
12.www.acupuncturecollege.com
13.www.americanacupuncture.com
14.www.kunpendeler.ru
Amaliy mashg‘ulot № 6
MAVZU : Akupressura umumiy tushunchasi va uni zamonaviy tibbiyotda tutgan o‘rni.
Inson tanasidagi biologik aktiv nuqtalarni uqalash orqali davolash turlari va umumiy tushunchalari, zamonaviy tibbiyotdagi tutgan o‘rni xakida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jihozlanishi
-TTA Urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi; TTA Urganch filiali Klinikasi qabul bo‘limi, terapiya, diagnostika bo‘limlari,№-1-son Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi pulmonologiya bo‘limi, palata, o‘quv xonasi;
- mashg‘ulotning jixozlanishi: kushetka, dorivor giyoxlar to‘plamlari, ignalar, tonometr, spirometr, pikfluometr, tarqatma materiallar, slaydlar (kompyuter);
- davolanayotgan bemorlar.
2.Mashg‘ulotning davomiyligi
- 2 soat
3. Mashg‘ulot maqsadlari:
3.1. ta’limiy maqsadi:
- nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash;
- amaliy ko‘nikmalarni egallash;
- o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy faoliyatda qo‘llash;
- deontologik tarbiya darajasini shakllantirish;
- amaliyotdagi kommunikatsiya va ma’naviy javobgarlik
hissini tarbiyalash va h.k.
3.2. tarbiyaviy maqsadi:
- mutaxassislikka qiziqishni, mas’uliyat xissiyotlarini shakllantirish;
- insonparvarlik, mehr-shafqat tuyg‘ularini shakllantirish;
- o‘z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalash;
- amaliy ishni bajarishda ehtiyotkorlik, aniqlik va ma’suliyatni xis etishni shakllantirish va h.k.
3.3. rivojlantiruvchi maqsad:
- talabalarni fikrlash qobiliyatini o‘stirish:
- mavzuni o‘rganish borasida talabalarni ijodiy yondoshishga yo‘llash:
- talabalarda mustaqil fikrlashni va mustaqil muloxaza yuritishni shakllantirish:
- talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish
3.4. Talaba bilishi kerak:
- Akupressura usullarni profilaktika dasturlarida shakllantirish;
- kasalliklar bo‘yicha bemorlarga xalq tabobati usullarini sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga asoslanib tanlay olishni.
- oila va alohida aholi guruhlari o‘rtasida inson salomatligiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-gigienik, ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlashi va xavf omillarini bartaraf qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
4. Mavzuni asoslash
Tibbiyot kasbiga kirish moduli bo‘lajak mutaxassisni tayyorlashning ilk bosqichidan talabalarga xalq tabobati usullarni davolash va profilaktika jarayonidagi roli, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni boshlaydi, talabalar tomonidan bemor bilan bo‘layotgan muammolarni aniq tasavvur qila olish, muloqot qilish, tibbiyot muassasalarida o‘zini tutish, bemorlarni parvarish qilishni o‘rgatadi.
5.Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik
Modulni o‘qitish uchun biologiya, anatomiya, fiziologiya, kimyo fanlari nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Tibbiyot kasbiga kirish moduli keyinchalik xalq tabobati yunalishdagi o‘quv modullarga va boshqa klinik fanlarga nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |