O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Ro‘yxatga olindi:
№ BD____________
2020 yil “___” ____
|
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
_____________________
2020 yil “____” _________
|
TIBBIYOT KASBIGA KIRISH
MODUL DASTURI
Bilim sohasi:
|
500000
|
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
510000
| |
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
5511100
|
|
|
|
|
TOSHKENT – 2020
Tuzuvchilar:
A.A. Usmanxodjaeva
|
-
|
TTA, Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, t.f.n, dotsent
|
Z.F. Mavlyanova
|
-
|
SamDTI, Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent
|
M.T. Butaboev
|
-
|
AndTI, Reabilitologiya, sport tibbiyoti, jismoniy tarbiya va xalq tabobati kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent
|
Taqrizchilar:
Ichki taqrizchi:
O.N. Vыsogorseva
|
-
|
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti.
|
|
|
|
Tashqi taqrizchilar:
M.YU. Sach
|
-
|
DSc, Xalqaro Ibn Sino fondi prezidenti, Xitoy tibbiyoti mutaxassisi
|
YO.I. Song
|
-
|
PhD., COICA global shifokori, Koreys tibbiyoti mutaxassisi
|
E.S. Toirov
|
-
|
SamDTI 1-son Ichki kasalliklar kafedra mudiri, t.f.d. professor
|
|
|
|
Modul dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.
Modul dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2020 yil “29 iyuldagi “18”-sonli bayonnoma).
Modul dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika uzluksiz kasbiy ta’limi muassasalararo Muvofiqlashtirish kengashining 2020 yil “25” avgustdagi 2-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 20__ yil “___”_________ dagi ___ -sonli buyrug‘ining ___ ilovasi bilan modul dasturi ro‘yhati tasdiqlangan.
1.O‘quv modulining dolzarbligi va oliy ta’limdagi o‘rni
Tibbiyot kasbiga kirish moduli o‘quv rejaning klinik modullar blokiga taalluqli bo‘lib, xalq tabobati yo‘nalishining 1- kursda o‘qitiladi va ilk bosqichi xisoblanadi. Tibbiyot kasbiga kirish moduli bo‘lajak mutaxassisni tayyorlashning ilk bosqichidan talabalarga xalq tabobati usullarni davolash va profilaktika jarayonidagi roli, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni boshlaydi, talabalar tomonidan bemor bilan bo‘layotgan muammolarni aniq tasavvur qila olish, muloqot qilish, tibbiyot muassasalarida o‘zini tutish, bemorlarni parvarish qilishni o‘rgatadi.
Modulni o‘qitish uchun biologiya, anatomiya, fiziologiya, kimyo fanlari nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Tibbiyot kasbiga kirish moduli keyinchalik xalq tabobati yunalishdagi o‘quv modullarga va boshqa klinik fanlarga nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi.
2.O‘quv modulining maqsadi va vazifalari
2.1. Modulning maqsadi - talabalarga turli kasalliklarda xalq tabobati usullarni profilaktika va davolash jarayonida qo‘llanilishini, kasb etikasi va deontologik tamoyillarni, bemor xamda kasalxona xodimlarining shaxsiy gigiena qoidalari haqida bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |