Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti


Tafakkurning nerv-fiziologik asosi



Download 3,99 Mb.
bet161/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Tafakkurning nerv-fiziologik asosi

(Tafakkur jarayoni bosh miya yarim sharlarining qaysi qismida kechadi?)



Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo‘ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po‘stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o‘rtasida vujudga keladigan murakkab bog‘lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po‘stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketganligi sababli mazkur bog‘lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o‘tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog‘lanishlari birinchi signal tizimidagi bog‘lanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida sodir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o‘z tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy qurol bo‘lgan oliy tafakkur voqe bo‘ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo‘lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, “avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o‘zini ham bilish uchun oliy qurol bo‘lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir”.

G‘arb psixologlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda miyaning hajmi odamning intellektlilik darajasiga bog‘liqligi, ya’ni “ziyoli” yoki “intelegent” odamlarda bosh miya po‘stidagi analizatorlarning uchlari juda ham zich joylashgan bo‘lib, ularda o‘tkazilgan tafakkur darajasini aniqlash kabi testlarda ma’lumotlarni tez anglab olish va uning mohiyatini tushunish boshqalarga nisbatan tezroq va samaraliroq bo‘lishi aniqlangan.

Amerika psixologlari miya faoliyatining javobgarlik uyg‘otishga va faraz qilingan onglilikka bog‘liq bo‘lgan turli darajalarini farqlashadi. Fikrlash faoliyati, aqliy harakatlarning buzilishi yoki yo‘qolishi quyidagi holatlarda kuzatilishini bir qancha tajriba va kuzatishlar natijasida aniqlangan:

-tafakkurning yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, masalan aqli zaif odamlarda va hayvonlarda uchraydi.

-aqliy o‘lim yoki koma holatida inson dastlabki vaqtlarda tashqi stimullarga javob bermaydi, hattoki u og‘riq stimullari bo‘lsa ham, keyinchalik, bir necha haftadan so‘ng, og‘riqqa yurak urishining tezlashishi bilan javob qaytara boshlaydi. Bundan tashqari yurak urishi uyqu va uyg‘oq holatda o‘zgaradi. Lekin, hattoki, uyg‘oq holatida ham miya faoliyati odatiy holatdan ancha sust ishlaydi.

- minimal ongsizlik holati – bunda odam maqsadli elementar harakatlarni amalga oshira oladi, gaplarni tushunadi. Bu holat oylab yoki yillab davom etishi mumkin.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish