Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o‘z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko‘ngil sovish his-tuyg‘ularini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |