Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet198/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

bosh tortish – nizoga nisbatan shunday reaksiyaki, bunda nizoga guvoh bo‘lganlar aslida uning mavjudligini tan olmaydilar, unga aralashishdan bosh tortadilar. Odatda bunday sharoitda rahbar yo ayni paytda vaqti yo‘qligini, imkoniyat yo‘qligini, nizoning sababi arzimas xolat ekanligini vaj qilib, uni xal qilishga aralashishdan bosh tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi bilan paydo bo‘lgan nizo vaqt o‘tishi bilan o‘z o‘zidan echimini topadi, odamlar insofga kelib qoishiga umid qiladi;

  • tekislash – bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud xolatga “ko‘ndirish”, moslashtirish va shu yo‘l bilan o‘zining ham muayyan manfaatlarini himoya qilishdir. “Mayli men yutqazsam ham, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go‘yoki “o‘zni qurbon qilib” bo‘lsa ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha imkoniyatni yaratadi;

  • kompromiss – bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-atvori va fikrlarini muhokama qilish yo‘li bilan ikkala tomon uchun ham ma’qul bo‘lgan echimni qidirishdir. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ochiq, xolis o‘rtaga tashlaydi va eng ma’quli – o‘ar bir shaxs o‘z burch va mas’uliyatlarini taroziga solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala tomonda xosil bo‘lgan tanglik ma’lum ma’noda yumshaydi va oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati tug‘iladi. Nizokashlar janjal bo‘lgandan ko‘ra yomon bo‘lsa ham bir qarorga kelinganligidan xursand bo‘lib, o‘z fikrlaridan ma’lum ma’noda qaytadilar, vaqt o‘tgach esa vaziyat umuman yumshab, tomonlar yarashib ketishi mumkin. Odatda oilaviy nizolarda kompromiss yo‘lini tutgan oilaning katta a’zosi yoki erkak kishi nizoning oldini olishga erishadi, bunda biror tomonning “bir gapdan qolishi” katta rol o‘ynaydi;

  • raqobat – odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga boshqasining batamomo engilishini nazarda tutadi. Ya’ni, bunda “Men yutishim uchun sen mutloq engilishing shart” degan tamoyil ustivor bo‘ladi. Bunday usul albatta, psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto‘g‘ri bo‘lsa ham, ayrim xolatlarda masalaning aynan shu tarzda echilishi boshqalarning iqtidori yoki irodasining kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masadan, oilaviy majoroda kelin agar nohaq bo‘lib, yoshligi tufayli arazlab, barchaning dilini xira qilishi va ushbu vaziyatda baribir qaynonaning sabr bilan ustun kelishi, baribir aytganini qildirishi yosh kelinchakning kelgusini shu kabi xatti-harakatni boshqa qaytarmasligi uchun saboq bo‘lishi mumkin;

  • hamkorlik – bu nizoni xal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqaran muammodan ustun qo‘yiladi. Bunday xolatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga olinmasligi, ikkinchi toomnning boshqa manqaatini erga urishini tushungani uchun ham murosa yo‘li to‘g‘ri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga teng kirishish lozimligi fikriga kelib to‘xtaydilar.

    Shunday qilib, real hayotda nizoning kelib chiqishi, uning qanday kechishi va echimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko‘ra, ushbu vaziyatda ishtirok etayotgan insonlarning unga nisbatan sub’ektiv munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham har qanday nizoli, ziddiyatli xolatlarda unga aloqador bo‘lib qolgan insonlar quyidagi qoidalarni yodda tutishlari lozim:

    1. Nizoli vaziyatda aql emas, balki hissiyotlar ustun bo‘lishini unutmang, hissiyotlar esa odamning jahli chiqib, aqli ketib qolishiga turtki bo‘ladi va u o‘z xatti-harakatlari va gapirayotgan so‘zlarini nazorat chilish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan shu qilgan ishingiz uchun o‘zingiz qattiq aziyat chekib, xijolat bo‘lib qolishingiz mumkin. Shu bois ham ishdami, oiladami yoki jamoatchilik joylaridami odamlar bilan muloqot qilganda, ularning insoniy nafsoniyatiga tegadigan, sha’ni va oriyatiga tegib ketadigan mulohazalardan o‘zingizni saqlang, o‘zingizni o‘zgalardan ustun qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling, kamtarlik shioringiz bo‘lsin.

    2. O‘zgalar bilan muomalada ularning hurmatini joyiga qo‘yib, so‘zlashishning yumshoq maromini tanlang. Masalan, “Kechirasiz..”, “Sizdan minnatdor bo‘lardim, agar...”, “Sizga malol kelmaydimi?” kabi iboralarni ishlatish odatga Sizga nima sababdandir yomon munosabatda bo‘layotgan insonni ham yumshatadi, undagi salbiy hislarning junbushga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.

    3. Ish faoliyat bilan bog‘liq munozaralarda agar suhbat taranglashib borayotgan bo‘lsa, ikkala tomonning manfaati to‘g‘risida emas, asl masalaning, muammoning mohiyati xususida kechishiga e’tibor berib, xolis faktlarga ko‘proq urg‘u bering. Imkon boricha suhbatdoshni tinglashga intiling, zero, tinglash olish mahorati sizning yaxshi suhbatdosh ekanligingizning muhim ko‘rsatgichidir. Bu o‘rinda Deyl Karegi kabi muloqot ustalarining tajribasini eslang.

    4. Har qanday masala xususida uning echimi yagona bo‘lmasligini unutmang, chunki barcha xolatlarda qiyin vaziyatdan chiqishning bir qator usullari, yo‘llaribo‘lishi tabiiy. Shuning uchun sizning fikringizga zidroq kelayotgan fikrni suhbatdoshdan eshitganingizda, “Balki men xato qilayotgandirman” deb uning fikrlash tarzidagi to‘g‘ri mulohazalarni tahlil qiling, uning fikridagi ijobiy va salbiy jihatlarni ajrating, ularning real oqibatlariga baho berib ko‘ring. Bunday xolatlarda hech bo‘lmaganda “Men Sizning fikringizga to‘liq qo‘shilmasamda, bergan taklifingizni albatta o‘ylab ko‘raman, menga biroz imkon bering” desangiz olam guliston!

    5. Nizoli vaziyatning xal bo‘lishining o‘zingiz uchun manfaatli tomonlarini anglang va o‘zingizga shunday savol bering: “Agar echim topilmasa, nima bo‘ladi?”. Bunday munosabat nizoni shaxslararo munosabatlardan muammoning echimiga ko‘chirilishiga turtki bo‘ladi.

    6. Agar suhbatdosh ikkalangiz ham achchiqlanib turgan bo‘lsangiz va ish urushib qolishgacha borib etayotganligini anglasangiz, o‘zingizdagi ichki tanglikni, “zarda”ni chiqarib yuborishga harakat qiling. Chunki agar achchig‘ingizni tashqariga chiqarsangiz, bu u tomonning ham qaynab ketishiga sabab bo‘lib, vaziyatni nazorat qilib bo‘lmay qoladi. Eng yaxshisi, o‘zingizni tiyib, gapirishdan to‘xtang, mayli suhbatdoshingiz ichidagi to‘kib solaversin, undagi jaxl va salbiy hissiyotlarni betiga aytishdan o‘zingizni tiying, kelgusida uning shunday vajlhatga tushishi mumkinligini unutmang.

    7. Siz bilan urushib qolgan odamning ham qandaydir fazilatlari, yaxshi sifatlari borligini unutmang va diqqatingizni ana shu jihatlarga qarating. Masalan, er va xotin urushib qolgan paytda ayol qanchalik baland ovozda o‘z dardini to‘kib solayotganligiga qaramay, uning farzandlarning onasi, mehribon ekanligini, ularga shunady qiliqlar qilmasligini er yoddan chiqarmasa bas.

    8. Suhbatdoshingizga sizning o‘rningizga turib, masalani xal qilish yo‘lini o‘ylashga chorlang, masalan, unga taxminan shunday murojaat qiling: “Meni o‘rnimda bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lar edingiz?” Bunday murojaat suhbatdoshni hissiyotlardan real vaziyatni xolis baholash maqomiga o‘tishiga asos bo‘ladi va unda tanqidiy ruhni biroz bo‘lsa-da, yumshatadi.

    9. Suhbatdosh oldidagi afzalliklaringiz, xizmatlarinigizni minnat qilib, xaspo‘shlamang. Sodir bo‘lgan nizoli vaziyat va voqeaning sababchisi faqat suhbatdoshingiz ekanligi fikridan qayting.

    10. Paydo bo‘lgan ziddiyat qanday xal bo‘lishidan qat’iy nazar, shu inson bilan batamom munosabatlarni uzil-kesil uzib tashlamang. Masalan, agar bu er va xotin o‘rtasidagi ixtilof bo‘lib, u ajrim bilan tugagan taqdirda ham o‘rtada farzand borligini, baribir hayot so‘qmoqlarida bir kun bo‘lmasa bir kun uchrashib, qandaydir yangi bir muammoni birgalikda xal qilishga to‘g‘ri kelishini sira unutmang.

    Shu kabi vaziyatlar turli faoliyat jabhalarida uchrashi mumkin, yuqoridagi qoidalarni unutmaslik insonning o‘ziga, salomatligiga, odamlar orasidagi obro‘siga bevosita aloqador ekanligini, yashash ba’zan ziddiyat va nizolar bilan yanada yaxshi bo‘lishini hech kim unutmasligi kerak.



    Download 3,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   362




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish