Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Download 85.65 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi85.65 Kb.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

Prorektor Teshayev O.R.

___________________

«____»__________2013



Kafedra: travmatologiya-ortopediya, harbiy dala jarrohligi va neyroxirurgiya
Davolash fakulteti uchun tematik ma’ruzalar bo’yicha o’qitish texnologiyalari

Mavzu № 3. Yelka, bilak va qo’l kafti suyaklarining sinishlari. Travmatik chiqishlari.



Toshkent – 2013

Tuzuvchi: kafedra mudiri, t.f.d. Karimov M.Y. Ma’ruza o’qish texnologiyalari kafedra majlisiga tasdiqlangan.

Protokol № ___ dan "___"__________2013 yil
Xirurgiya bo’yicha MKK majlisida muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Protokol № ____ dan "____"__________ 2013 yil

Tavsiyachi: prof.___________________

Ma’ruza № 3


Mavzu: Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari sinishlari. Travmatik chiqishlari.

Vaqt: 90 daqiqa

Talabalar soni:

Ma’ruza rejasi:

  1. Yelka, bilak va qo’l barmoqlari suyaklari sinishlari klassifikatsiyasi;

  2. Travmatik chiqishlar klassifikatsiyasi;

  3. Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari singan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish usullari ;

  4. Travmatik chiqishlarda birinchi yordam ko’rsatish usullari;

Ma’ruza rejasi:

  1. Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari sinishlari klassifikatsiyasini talabalarga tanishtirish;

  2. Travmatik chiqishlar klassifikatsiyasini talabalarga tanishtirish;

  3. Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari singan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish usullarini talabalarga tanishtirish ;

  4. Travmatik chiqishlarda birinchi yordam ko’rsatish usullarini talabalarga tanishtirish.

Talaba bilishi kerak:


-Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari singan bemorlarni klinik va instrumental tekshiruv usullari;

- Travmatik chiqishlari bo’lgan bemorlarni klinik va instrumental tekshirish usullari;

- Qo’lning anatomik o’qini aniqlash va o’q deformatsiyalarini namoyon bo’lishi.

- Qisqarishni aniqlash parametrlari: haqiqiy, nisbiy.

- Qo’lning nisbiy va absolyut uzunligini o’lchash parametrlari;

-Qo’l va bo’gimlarda nuqsonli holatlarning namoyon bo’lishi.

-Qo’l bo’g’imlari harakat hajmini uglomer yordamida o’lchash.


Pedagog vazifalari:

-Yelka,bilak va qo’l panja suyaklarining sinishi va travmatik chiqishlarida birinchi yordam usullarini talabalarga tanishtirish;

- Yelka, bilak va qo’l panja suyaklarining sinishi va travmatik chiqishlarida tekshiruv metodlari, og’riqsizlantirish turlari, immobilizatsiya usullari bilan tanishtirish;

-Talabalarga rentgen surati interpretatsiyasi, skelet tortmalarini qo’yish, gips bog’lamini tayyorlash, longeta va sirkulyar gips bog’lamlarini qo’yish ko’nikmalarini o’rgatish.



O’qitish natijalari:

- Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari sinishi va travmatik chiqishlarida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish prinsiplarini o’zlashtirish

-Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari sinishi sinishi va travmatik chiqishlarida tekshirish metodlari, og’riqsizlantirish turlari, immobilizatsiya usullarini o’zlashtirish;

- Rentgen surati interpretatsiyasi, skelet tortmalarini qo’yish, gips bog’lamini tayyorlash, longeta va sirkulyar gips bog’lamlarini qo’yish ko’nikmalarini orttirish.


O’qitish metodlari

Mavzu bo’yicha muammolar tug’dirish, miyaga hujum.

O’qitish turlari

Jamoada va guruhda ishlash

O’qitish vositalari

Leksiya testi, kompyuter, multimrdiya, slaydlar, tarqatma material, marker.

O’qitish shartlari

TTadagi ma’ruza o’qiladigan bino.

Bilimlarni baholash va monitoring

O’g’zaki va yozma so’rov.


Leksiyaning texnologik kartasi

Ish bosqichlari va vaqti

90 minut


Faoliyat

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

Kirish


5 minut


1.1. Ma’ruza mavzusini, maqsad va kutilayotgan natijalarni talabalarga tanishtirish. Mavzuning asosiy tushunchasi:ma’ruza rejasi va kalit so’zlarni tushuntirish. Adabiyotlar ro’yxatini oldindan berish.

Eshitish va yozish


2 этап

Активизация занятия

10 минут


2.1.Talabalarga aqliy hujum tarzida yo’naltiruvchi savollar berish:

- Yelka, bilak va qo’l barmoqlari suyaklari sinishlari va travmatik chiqishlar klassifikatsiyasi?

- Diagnostikaning zamonaviy metodlari?

- Sinishlar va chiqishlarni paydo bo’lish mexanizmi?

- Yelka, bilak va qo’l barmoqlari suyaklari sinishlari va travmatik chiqishlarida ogriqsizlantirish turlari?

-Yelka, bilak va qo’l barmoqlari suyaklari sinishlari va travmatik chiqishlarida immobilizatsiya turlari?

2.2. Savollarni eshitish va berilgan savollarga javob berish.





3-bosqich.

Ma’ruzaning asosiy qismi

65 daqiqa

5 минутный перерыв



3.1. Ma’ruza materiali talabalarga multimediya slaydlari ko’rinishida ketma- ket namoyish etiladi, mavzuning muammoli qismlarida to’xtalib o’tiladi.



Leksiyani eshitish. Sxema, jadval va materiallarini ko’rish .

Muhokama qilish. .

Aniqlashtiruvchi savollar berish.

Спрашивают неосвоенные моменты.Tushunmagan jihatlari haqida savollar berishadi. Asosiy va kerakli ma’lumotni yozib olish. .



4-bosqich

Xulosa


10 daqiqa


Materiallarni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun talabalarga savollar berish.
- bilak va qo’l panja suyaklari sinish turlari va klassifikatsiyasi

-bilak va qo’l panja suyaklarining jarohatlanish mexanizmlari.

- bilak suyagi sinishlarini davolashning asosiy prinsiplari.

- qo’l panja suyaklari sinishini davolashning asosiy prinsiplari .

- gips bog’lamlarining asosiy ko’rinishlari.

- skelet tortmalar va gipsli bog’lamlar bilan davolashga ko’rsatmalar

- skelet tortmalar bilan davolashga qarshi ko’rsatmalar

- sinishni davolashning ratsional metodlarini tanlash.

- bilak va qo’l panja suyaklariga gipsli bog’lam qo’yish


Savollarga javob berish.



Mavzuni asoslash

3.1. Nazariy qism.

Yelka, bilak va qo’l panja suyaklari sinishlari. Travmatik chiqishlar.i

Qo’llarni jarohatlanishi va ularning diagnostikasi.
Qo’l suyagi sinishlari barcha sinishlarning 50%ga yaqinini tashkil etadi. Yelka suyagini sinishlari zarba yoki qo’l bilan yiqilish natijasida sodir bo’ldi. . Sinishlar asosan xirurgik yoki anatomik bo’yincha sohasida sodir bo'ladi..

Yelka sinishi


Yelkaning ochiq va yopiq sinishlari farqlanadi. Asosan yelka suyagi proksimal qismi, diafizi va pastki uchining yopiq sinishlar uchraydi.

Yelka suyagining xirurgik bo’yinchasidan sinishi eng ko’p uchraydi. Yelka suyagining xirurgik bo’yinchasidan sinishining davosi ko’pchilik hollarda konservativ.

Yelka suyagi xirurgik bo’yinchasidan va aralash singan yosh va o’rta yoshdagi bemorlarda bir vaqtda suyak bo’laklarini to’g’irlanadi va 4-6 haftaga gips bog’lami qo’yiladi. 2-hafta boshlanishi bilan LFK (yelka va yelka kamari mushaklariga izometrik tortishish, bo’g’imlardagi harakat harakatsizlantirish, nafas mashqlari) va fizioterapiya tayinlanadi. Yopiq repozitsiyaga urinish samara bermaganda ochiq to’g’irlash va osteosintez o’tkaziladi.

Yelka suyagining bo’g’im orqali va bo’gimdan tashqari sinishlari va yelka bo’g’imining tashqi va ichki sinishlari shish, tirsak bo’g’imi sohasiga qon quyilishi, harakatning keskin chegaralanishi va og’riqlilik bilan xarakterlanadi. Bo’g’im palpatsiyasida keskin og’riq, patologik siljish va suyak bo’laklarining krepitatsiyasi aniqlanadi. Diagnoz qo’yish uchun rentgenografiya o’tkaziladi. Aralash bo’lmagan sinishda statsionar sharoitida yelkaning yuqori uchdan bir qismidan barmoqlar asosigacha 3 oy muddatga gips bog’lami qo’yiladi. Bo’g’im bo’shlig’ida erkin suyak bo’laklari bo’lgan aralash sinishlarda bo’laklarni ochiq holda repozitsiyalash va osteosintez operatsiyasi otkaziladi. Immobilizatsiya davomiyligi 2 haftadan 6 haftaga bo’lib, so’ng kompleks tiklash o’tkaziladi .Davolash uzoq cho’zilgada tez-tez tirsak bo’g’imining posttravmatik deformatsiyalanuvchi artrozi rivojlanadi.




Yelka suyagining pastki (distal) qismining sinishi.

Yelka suyagining pastki qismining sinishi quyidagicha bo`lishi mumkin:



  • Bo`g`imdan tashqari.

  • Bo`g`im ichi.

Bog`imdan tashqari sinishlar – bu yelka suyagining bo`g`im xaltasi usti va bo`g`im xaltasi ustidan yuqori qismining sinishidir.

Bo`g`in ichi sinishi - bu bo`g`im ichi sinishi bo`lib bunda yelka suyagi blok hosil bo`ladi va boshchasi bo`rtib chiqib qoladi.

Bo`g`im usti sinishi. Bo`g`im usti sinish mexanizmi bo`yicha bukiluvchi va yoziluvchi bo`ladi.Bemorlar tirsak bo`g`imining yuqorisida og`riq va trvmaning yuqori qismidagi shishdan shikoyat qilishadi. Ba`zi hollarda sinish tirsak bo`g`imining chiqishi bilan qo`shilib kelishi mumkin.Diagnoz rentgenologik tekshiruvlardan keyin qo`yiladi.

Bo`g`im usti sinishida davolash 3-4 haftaga gipsli bog`lam qo`yish bilan amalgam oshiriladi, sinish asoratli bo`lmaganda. So`ng fizoterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya buyriladi.Qo`shilib kelgan sinishlarda yoki repazitsiyasining qiyinlashganda operativ davo qilinadi.

Bo`g`im usti sinishi unga birikkan mushaklarning keskin tortishidan, tekis turgan qo`lda kaftlarga tayanganda yoki bo`g`im ustiga to`g`ridan –to`g`ri urganda yuzaga keladi. Bemor bo`g`im ustida va tirsak bo`g`imidagi og`riqdan shikoyat qiladi.

Bo`g`im usti sinishida davo. Qoshilib kelgan sinishlar bo`lmaganda 3 haftaga gipsli bog`lam qoyamiz. Qoshilib kelgan sinishlar bo`lganda xirurgik choralar ko`riladi.



Yelka bo`g`imlarining sinishi.

Bu sinish turi to`g`ridan to`g`ri travma yoki yozilgan qo`lning kaft bilan tushishida yuzaga keladi. Bu holatda tashqi bo`g`im xaltasi yirtiladi.Yelka ichki bo`g`imi tirsak bilan tushganda sodir bo`ladi.Bemor shish gematoma, tirsak atrofidagi og`riqdan shikoyat qiladi. Bu bo`g`im ichki sinishi bo`lganligi tufayli,ko`p hollarda bo`g`imga qon qo`yiladi.Bu holda og`riq kuchayadi va bo`g`im harakati cheklanadi. Diagnoz rentgenologik tekshiruvlardan keyin qo`yiladi






Birinchi yordam sog’lom yelkadan barmoqqacha zararlangan tomon bilan immobilizatsiya qilinadi. Davolash . Og’riqsizlantirish va bo’laklar repozitsiyasidan so’ng yelka bo’g’imidan kaft-barmoq bo’g’imigacha gipsli longeta qo’yiladi. Bo’laklar mos kelmaganda operativ davo o’tkaziladi.

Bo’laklar vint, spitsa, plastina yordamida fiksatsiyalanadi. Tirsak bo’g’imi sohasidagi bo’g’im ichi sinishlari tez-tez bo’g’im funksiyasi buzilishi bilan asoratlanadi. Shuning uchun bo’g’im sohasiga fizioterapevtik davo buyurilmaydi. .

Лечение не отличается от лечения переломов мыщелков.

Bilak suyaklari sinishi

Bilak suyaklari sinishi barcha sinishlarning 10-25%ni tashkil etadi. Bolalarda uchraydigan bunday lokalizatsiyali sinishlar juda ko’p.Sinishlar ajratiladi:


  • Bilakni yuqori uchdan birining sinishlari bo’g’im ichi sinishlari bilan namoyon bo’ladi.

  • Bilakning o’rta uchligidan sinishlari bilakning bir yoki ikkala suyagining sinishlari bilan namoyon bo’ladi

  • Bilakning pastki uchdan birining sinishlari

Bilak suyaklarining sinishi tez-tez uchraydi. Ular to’g’ri va noto’g’ri travmalar natijasida yuzaga kelib ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Sinishlar tirsak yoki bilak suyaklaridan birida yoki bilak suyaklarining ikkalasida turli darajada uchraydi. Bilak va tirsak suyaklarining izolyatsiyalangan sinishlarida bo’laklarni aralashishi bilan sinib-chiqishlar yuzaga keladi. Bilak suyaklarini diafizar sinishi asosan ko’ndalang, qiyshiq va maydalanib sinishlarga bo’linadi. Bolalarda ko’proq aralash bo’lmagan yoki biroz aralash yashil novda tipidagi suyak pardasiosti sinishlari, katta yoshli bolalarda suyak osti sinishlari burchakli bo’laklar bilan birga keladi.

Bilak suyagining 2 tipdagi izolyatsiyalangan sinishlari farqlanadi: agar sinish chizig’i halqasimon pronator birikkan joydan yuqorida joylashgan bo’lsa, proksimal, agar sinish chizig’i bu mushak birikkan joydan pastda joylashgan bo’lsa, distal. Barmoq suyaklarini izolyatsiyalangan sinishlari diagnostikasi ancha qiyin . Asosiy simptomi: palpatsiyada bilakning aylanma harakatida bilak suyagi boshchasining siljimasligi. Birinchi yordam og’riqsizlantirish va bilakni standart yoki improvizor shina bilan immobilizatsiya qilish hisoblanadi.



Bilak suyagining bo’laklar aralashuvisiz diafizdan sinishida o’rta holatda barmoqlar asosidan yelkaning o’rta uchdan birigacha 8-10 haftaga gips bog’lami qo’yiladi.

Bilakning proksimal tipdagi sinishida to’liq supinatsiya holat, distal sinishda o’rta holat beriladi. Repozitsiyaning to’g’riligiga rentgenologik tekshiruvda baho beriladi. . 10-15 kundan so’ng rentgenografiya qayta o’tkaziladi. Gipsli immobilizatsiyaning muddati 10-12 hafta. Yopiq repozitsiya natija bermaganda suyaklari ochiq repozitsiyasi o’tkaziladi va plastinalardan foydalangan holda osteosintez o’tkaziladi. Immobilizatsiya to’xtatilgandan so’ng LFK, massaj, fizioterapiya buyuriladi.

Bilak suyagining izolyatsiyalangan sinishida albatta bilak kaft-usti bo’g’imini rentgen qildirish kerak. Bilak suyagining sinishi tirsak suyagi boshchasining orqaga yoki kaft tomonga siljishi bilan qo’shilib kelsa bunga Galeatssi sinib-chiqishi deyiladi. Tirsak suyagi bishchasi erkin to’g’irlanadi , shuningdek bilak harakatida osn siljiydi.. Uni to’g’ri holda ushlsh uchun suyakdan tashqari transartikulyar osteosintez o’tkaziladi.

Tirsak suyagining izolyatsiyalangan sinishlarida siljigan bo’laklar tirsak qirrasi palpatsiyasida botiqlik ko’rinishida aniqlanadi. Davosi konservativ, qator holatlarda ochiq repozitsiya va shtif bilan intrmedullyar osteosintez o’tkaziladi. Tirsak suyagining izolyatsiyalangan sinishida tirsak bo’g’imi albatta rentgenografiya qilinadi. Bu sinishda bilak suyagi boshchasining to’la va chala chiqishlari uchraydi(Montedji sinib-chiqishi) Bilak suyagi boshchasi oldinga ba’zan lateral tomonga siljiydi, odatda halqasimon boylam uziladi. Bu jarohatlanishning asosiy simptomi bilak suyagi boshchasining siljishi va tirsak bo’g’imida harakatning chegaralanishi.

Gips bog’lami 8-10 haftaga qo’yiladi. .Bilak suyagi boshchasining mustahkam bo’lmagan holatida 3-4 haftaga transartikulyar suyakdan tashqari fiksatsiyalovchi spitsalar qo’yiladi.

Tirsak o’simtasi sinishi asosan to’g’ri mexanik kuch tasirida yuzaga keladi. O’simta palpatsiyasida og’riq kuchayadi. Sinishda ajralgan bo’laklar o’rtasida ko’ndalang joylashgan yoriq palpatsiya qilinadi. Bilakning rotatsion harakatlari erkin va og’riqsiz. Bilak va qo’l panjasining og’irligi ostida bilakning passiv yozilishi sodir bo’ladi. Tirsak bo’g’imini aktiv bukishda kuchli og’riq yuzaga keladi. Suyak bo’laklari siljimagan sinishlarda tirsak bo’g’imini 90-110° burchak ostida bukilgan holatda orqa tomonga 3-4 haftaga gipsli longeta qo’yiladi. Suyak bo’laklari ajralib sinishlarida davolash – operativ.

Yelkaning ikkala suyaklari sinishi izolyatsiyalangan sinishlarga nisbatan ko’proq. Klinik belgilari izolyatsiyalangan suyak sinishlari bilan o’xshash. Davosi qo’l yordamida repozitsiya qilishda iborat. Immobilizatsiya vaqti odatda 16 hafta. Keyinchalik kompleks qayta tiklash o’tkaziladi. Agarda qo’l yordamida repozitsiya qilish natija bermasa, osteosintez amalga oshiriladi.

Bilakning ochiq sinishida qon ketish kuzatilganda birinchi tibbiy yordam jgut, aseptic bog’lam qo’yish, og’riqsizlantirish va transport immobilizatsiyasi amalga oshiriladi. So’ng yaraga birlamchi ishlov beriladi. Yumshoq to’qimaning kichik qismi zararlanganda birlamchi osteosintez amaliyoti bajariladi. Maydalanib sinishda, yumshoq to’qimaning kata qismi zararlanganda bo’laklar spitsalar yoki sterjenli apparatlar bilan fiksatsiya qilinadi.



Bilk kaft usti bo’g’imi boylamining zararlanishi.


Bilak kaft usti bo’g’imi yon tomonda joylashgan bo’lib, bo’g’imni mustahkamlash vazifasini bajaradi. Ko’proq tirsak suyagi tomondagi yonbosh bog’lam zararlanadi. Bu odam yozilgan qo’lga tayanib yiqilishida sodir bo’ladi. Barmoqlarning yon yuzasidan birida va bilak kaft usti bo’g’imi orqasida shish va og’riq paydo bo’ladi. Rentgenda travmatik jarohatlanish aniqlanmaydi.

Davolashda gipsli bog’lam qo’yiladi yoki maxsus fiksator bilan bir xaftaga qotiriladi. So’ng bog’lam olinadi va fizioterapevtik davo buyuriladi(paraffin applikatsiyasi, vannalar, masaj). Davolash vaqti 3 haftagacha bo’ladi.


Birinchi kaft-barmoq bo’g’imi boylamining jarohatlanishi


Birinchi kaft-barmoq bo’g’imi qo’l kafti suyaklariga bosh barmoq birikkan joyda joylashgan. Bu bo’g’imning jarohatlanishi bosh barmoq o’qiga kuchli tasir berilganda yuzaga keladi. Bemor bosh barmoqni harakatlantirganda og’riq sezadi. Bo’g’im sohasida shish yuzaga keladi.

Davolash. Barmoq bo’g’imda bukiladi va gipsli longeta bilan 10 kunga fiksatsiyalanadi. Gips olingandan so’ng fizioterapevtik davo buyuriladi. Davolash muddati 2-3 hafta.


Barmoqlararo bo’g’imlarning yon boylamlarining zararlanishi


Ular keskin yonga harakat tufayli jarohatlanishi mumkin. Odatda ularning qisman jarohatlanishi – boylam uzilishi sodir bo’ladi. Bemor shu tomondagi barmog’ini harakatlantirganda og’riq sezadi, jarohatlangan soha shishadi.

Bo’g’imni biroz bukib, gipsli longeta qo’yiladi. 10 kundan so’ng longeta yechilib , fizioterapevtik muolaja buyuriladi.

Yelka suyagi yuqorigi uchining sinishlari. Ko’proq xirurgik bo’yinchasidan , katta do’mboqdan, kamroq anatomik bo’yincha sohasidan sinadi. Ko’pchilik yoshi katta odamlarda travma mexanizmi tirsak bilan yiqilishga asoslangan. Yelka bo’g’imi sohasida kuchli og’riq, qo’llar tirsakdan bukilgan va tanaga yaqinlashgan bo’ladi.

Suyak bo’laklari krepitatsiyasini sezish mumkin. Bir sutkadan so’ng tirsak bo’g’imi va bilak sohasida gematomadan teri imbibitsiyasi hosil bo’ladi. Yelka chiqishlaridan, lat yeyish va suyak usti mushaklarining uzilishlaridan differensatsiya qilish kerak. Ba’zida klinik ko’rinishi yelka ikki boshli mushagining uzun boshi uzilishiga o’xshaydi. Og’riq bu holatda pastki do’mboq sohasida joylashadi, tirsak bo’g’imi bukilganda ikki boshli mushak yo’g’onlashadi.

Tezkor yordam. Qo’llar kosinkaga osiladi, kuchli og’riqda Dezo bog’lami tanaga fiksatsiyalanadi. Og’riqsizlantirish uchun 2 ml 50 % analgin eritmasi ishlatiladi. Keksa yoshli bemorlarda kuchli og’riq, travmatik shok natijasida surunkali kasalliklari zo’rayishi mumkin. Yelka bo’g’imi va yelka sohasidagi yumshoq to’qimalari jarohatlanadi. Yelka bo’g’imi lat yeyishida travma to’g’ri zarba natijasida paydo bo’ladi. Yelkaning oldingi tomonga og’ishida gematoma va shilinishlar bo’ladi. Cho’zilish va boylam yirtilishi asosan bilvosita travma natijasida yuzaga keladi. Travmaning tashqi belgilari yo’q. Palpatsiyada og’riqlilik aniqlanadi.

Travmaning birinchi kunida og’riq sezilarsiz yoki o’rtacha bo’ladi. Qo’lni burish anchagina chegaralangan va og’riqli. Ikki boshli mushakning uzun boshi payining yirtilishi katta og’irlikdagi. Qo’lni harakatlantirganda og’riq yuzaga keladi, harakat anchagina chegaralangan. Og’ir yuk ko’targanda yelka ikki boshli mushagining payi uzilishi mumkin. Kasallar yelka bo’g’imi sohasida qisirlashni his qiladi, qo’lni tirsak bo’g’imidan bukish ikki boshli mushakning shakli o’zgarishi hisobiga o’g’iq anchagina kamayadi. 3-4 kundan so’ng yelkaning yuqori uchdan birida tashqi oldingi yuzasida katta bo’lmagan gematoma hosil bo’ladi. Diagnoz yuqorida keltirilgan xarakterli belgilar va travma mexanizmini inobatga olib qo’yiladi.

Shoshilinch tibbiy yordam. Qo’llar kosinkada immobilizatsiya qilinadi. Ikki boshli mushakning payi yirtilganda travmatologiya bo’limiga yuborish shart. Yelkaning diafizdan sinishi noto’g’ri travma (tirsak bilan yiqilish, yelkani keskin orqaga burish ) yoki yelkaga to’g’ridan - to’g’ri berigan zarba natijasida yuzaga kelishi mumkin. O’rta uchlik jarohatlanganda bilak nervi jarohatlanadi.

Simptomlari. Имеются все классические признаки переломаSinishning barcha klassik belgilari: yelkaning kaltalashishi va deformatsiyasi, singan joydagi normal bo’lmagan harakat, bo’laklar krepitatsiyasi. Bilak nervi jarohatlanganda qo’l panjasi osilib qoladi, panja orqaga aktiv ravishda yoziladi, bosh barmoqni haratlantirib bo’lmaydi.

Diagnoz qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi, buni hatto tashqi ko’rikda ham aniqlash mumkin. Bilak arteriyasining pulsatsiyasini va panja faoliyatini tekshirish kerak. Bilak nervi travmasida kaftning sezuvchanligi buzilmaydi, chunki uning tarkibida asosan harakatlantiruvchi tolalar bo’ladi.

Shoshilinch tibbiy yordam. Immobilizatsiya SITO transport shinalari, puflab shishiriladigan va narvonsimon shinalar yordamida bajariladi. Shina sog’lom kurakdan barmoqlar asosigacha qo’yiladi. Qo’l tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida bukiladi. Og’riqsizlantirish uchun 2ml 50% analgin yoki 1ml 2% morfin yuboriladi. Travmotologiya bo’limiga gospitalizatsiya qilinadi.



TRAVMATIK CHIQISHLAR
CHIQISH NIMA O’ZI?

  • Bu – bo’g’im sohasidagi suyak bo’g’im yuzalarini to’liq siljishi hisobiga birikishning yo’qolishi.

  • Chiqish bo’g’im kapsulasi va boylamlarining yirtilishi bilan boradigan trvma natijasida boshlanadi.

  • Bo’g’im yuzalarining to’liq bo’lmagan siljishi chala chiqish deb nomlanadi.

Chiqishlar oyoq-qo’lda distal qismga nisbatan hisoblanadi.

  • Chastotasi: tayanch-harakat sistemasidagi barcha travmalarning 1.5-3% ni tashkil etadi.

  • Qo’l bo’g’imlarining chiqishlari oyq bo’g’imining chiqishlaridan 7-8 marta ko’p uchraydi.



Tasnifi

  1. Paralitik chiqish – patolagik chiqish bo’lib, qo’l yoki oyoqdagi bir guruh mushaklarning paralichi natijasida ularga antagonist mushaklar ta’sirining ortib ketishi tufayli yuzaga keladi.

  2. Patolagik chiqishlar –suyaklarning bo’g’im yuzalarida o’zgarishlarga olib keladigan bo’g’im kasalliklarida uchraydi (sonning tug’ma chiqishida, osteomiyelit natijasida )

  3. Odatiy chiqishlar – bog’im boylam apparati va uning atrofidagi mushaklar kuchsizligi yoki suyaklarning bo’g’im oxiridagi anatomik o’zgarishlar tufayli bitta bo’g’imdagi sistematik chiqishlar.

  4. Ochiq chiqishlar


Vaqtiga ko’ra

  • Yangi bo’lmagan – 3 haftagacha

  • Eskirgan chiqish – 3 hafta va undan ortiq (faqat xxirurgik davo)


Klinikasi

Anamnezida travma



  • Kuchli og’riq

  • Jarohatlangan sohadagi deformatsiya

  • Bemorning majburiy holati

  • Qo’l-oyoqlar uzunligi assimmetriyasi (nisbiy)

  • Aktivlikning bo’lmasligi va passiv harakatning cheklanganligi

  • <
    > simptomi


Eng muhimi …

  • Magistral tomir va nervlar holatiga baho berish uchun jarohatlangan qo’l yoki oyoqdagi periferik puls, sezuvchanlik va harakat aktivligini tekshirish zarur !!!


Diffferensial diagnostika

  • Bo’g’imnni lat yeyishi

  • Paylarni jarohatlanishi

  • Bo’g’imning ichki va tashqi sinishi


Davolash usullari

  • Richaglar usuli

  • Fiziologik (segmentni charchashiga asoslangan)

  • Silkitish usuli

  • Metodik qo’shish



Davolash usullari

Asoratlanmagan chiqishlarda immobilizatsiya vaqti 3-4 haftagacha



  1. Funksional davo

  2. DJT

  3. Mushaklar elektrostimulyatsiyasi

  4. Reabilitatsiya


Asoratlari

  • Reluxatio

  • Bo’g’im nostabilligi

  • Kontraktura

  • Deformatsiyalovchi artroz

  • Mushaklar atrofiyasi

  • Kapsula ossifikatsiyasi

  • Qon-tmir nerv tutamining jarohatlanishi

Ummumiy Amaliyot Shifokori faoliyatida eng ko’p uchraydigan chiqish

YELKA BO’G’IMI CHIQISHI
Umumiy Amaliyot Shifokori faoliyatidagi son chiqishlari klinik diagnostikasi

Davolash


  • Sonni to’g’rilash faqat narkoz ostida o’tkaziladi. Yangi orqaga chiqishni to’g’rilashda Janilidze usulidan foydalaniladi. Jarohatlangan oyoq pastga osilib turishi uchun kasalni stolga qorni bilan yotqiziladi. Yordamchi ikki qo’li bilan bemor chanog’ini stolga bosib uni fiksatsiyalaydi. Oyoq chanoq-son va tizza bo’g’imidan bukiladi va biroz uzoqlashtiriladi. Shifokor son siljib oldinga tushguncha uni pastga traksiya qiladi, so’ng biroz rotatsion burish amalga oshiriladi. Sonni tog’rilashda qisirlagan tovuch eshitiladi va bo’g’imda passiv harakat tiklanadi.

  • Barcha yangi va yangi bo’lmagan qov usti chiqishlarini to’g’irlash uchun Koxer usulidan foydalaniladi: bemor orqasi bilan yotadi, yordamchi chanoqni stolga bosib uni fiksatsiyalaydi. Yangi bo’lmagan orqa chiqishlarni(yonbosh va o’tirg’ich) to’g’rilashda Koxer usuli bo’yicha birinchi bosqichda oyoq tanaga maksimal yaqinlashtiriladi, chanoq-son bo’g’imidan bukiladi va o’q bo’yicha traksiya amalga oshiriladi. Bunda son suyagining boshchasi ko’st botiqligining orqa qirg’og’i hisobiga tashqariga chiqadi. Ikkinchi bosqichida: son asta-sekin tashqariga aylantiriladi, natijada son suyagi boshchasi botiqlikka qarama-qarshi o’rnashadi. Uchinchi bosqichda; son o’qi bo’yicha traksiya vaqtida oyoq tezda yoziladi, uzoqlashtiriladi va ichkariga aylantiriladi. Bu bosqichda chiqish to’g’irlanadi.

  • Son chiqishi to’g’irlangandan so’ng bemor 10 oygacha oyog’ini harakatlantirmasligi kerak. Chiqish to’g’irlangandan so’ng control rentgenogramma qilinadi. Agar chiqishni birinchi urinishda to’g’irlay olmasak, yana bir yoki ikki marta urinib ko’ramiz. Faqat har bir bosqichni o’ta diqqat bilan bajarish kerak.

Yopiq holatda tiklash muvaffaqiyatsiz bo’lganda ochiq holatda to’g’irlash o’tkaziladi. Chiqish tiklangandan so’ng son suyagi boshchasi aseptik nekrozi profilaktikasi uchun 4-6 hafta mobaynida skelet tortma yordamida bo’g’imga yuk osib qo’yiladi. Shu bilan parallel ravishda chanoq-son bo’g’imi uchun fizioterapevtik muolajalar, massaj va davolovchi jismoniy tarbiya buyuriladi. Bundan so’ng bemor 4 oygacha jarohatlangan oyog’iga tayanmasdan qo’ltiqtayoq yordamida yurishi kerak. Son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozi belgilari yo’qligiga ishonch hosil qilingandan so’ng jarohatlangan oyoqqa yuklama berishga ruxsat etiladi.
Adabiyotlar

1. Юмашев Г.С. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1990. – 575с.

2. Мусалатов Х.А. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1995. –с.

3.А.В. Каплан «Повреждения костей и суставов» М.,«Медицина 1979.-568 с.



4. WWW.ejbjs.org




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa