Varaqa№_________ Hona__________ Kasalning familliyasi, ismi-sharifi______________________________________________________________
27
60
50
35
Harorat varaqasining oldi tomoni
vaqti
Kasallangan kuni
Kasalhonaga
yotqizilgan kuni
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
Tomir
urishi
Qon
bosimi
Harorat
e
k e
k e
k e
k e
k e k e
k e
k e
k e
k e
k e
k e k e
k e
k
140
200
41
120
175
40
100
150
39
90
125
38
80
100
37
28
70
75
36
60
50
35
Nafas olishi
Og’rligi
Qabul qilingan
suyuqlik miqdori
Bir kunlik siydik
miqdori
Yozilishi
Harorat varaqasining orqa tomoni
29
KASALLIK TARIXINI GRAFIK TASVIRLASH
Kasallik tarixining grafik tasviri kasallik tarixini sxemasini tushunishida qo’shimcha bo’lgan
usul hisoblandi. Kasallikni rivojlanishini grafik ko’rinishda tasvirlash diagnoz qo’yishda va kasallikni
klinik o’zgarishlarni kuzatib borishini va to’gri baholashga yordam qiladi.
Kasallikda eng ko’p uchraydigan har hil belgilarni simptomlarni barchasini to’plab sindrom
shaklida ko’rib chiqib diagnoz qo’yish kasallikni sindrom sifatida baholashga kiradi.
Masalan: sistemali qizil bo’rica kasalligida asosiy sindromlardan isitma ko’tarilishi,
hansirash, mitro-aortal nuqsonning belgilari, bo’g’im og’riqlari, siydikda oqsil ajralishi, plevrit, yuzda
qizil dog’lar paydo bo’lishi, qonda oq qon tanachalarining ko’payishi, ECHT-yuqori
ko’rsatgichlargacha oshishi, bularning barchasi birgalikda shu diagnozning asosiy sindromi sifatida
baholnadi.1-jadval.
Tashxis qo’yish qiyinchiligi shu vaqtda vujudga keladiki qachonki endokard shikastlanish
belgilari erta paydo bolib, asosiy kasallik diagnozi, yani tizimli qizil bo’richa kasalligini boshqa
belgilari hali aniq paydo bo’lmagan vaqtda. Bunday hollarda odatda kasalda bod, septik endokardit,
revmatoid artrit bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Bazan isitma borligi natijasida limfa bezlari
kasalligi, hamda ba’zan taloq shishishi tufayli limfagranulomatozi tashxisi gumon qilinadi. Bunday
hollarda kasallik tarixining to’g’ri qayd qilingan grafik tasviri qiyosiy diagnoz o’tkazishga va o’ylashga
imkon beradi.
Keyingi tasvirdan ko’rinib turibdiki revmatik endokardit diagnozi uchun quyidagi belgi va
sindromlar ; anamnezida sovuq qotish omili, bodomcha bezlarining tez tez shamollashi, isitmani yuqori
darajaga ko’tarilishi, bir hafta davomida toshmalar paydo bo’lishi, bo’g’imlar yallig’lanishi, jigarning
kattalashishi yurak yetishmovchiligi rivojlanib borishi, tomirlarning o’tkazuvchanligining buzilishi
harakterlidir. 2-jadval
Bemorda zotiljam tashxisini qo’yish uchun asoslaniladigan simptomlarni yuzaga kelishini
grafik tasviri uni boshqa kasalliklar bilan differensiassiyalashda qulaylik tug’diradi. 3- jadval
Grafik tasvirda kasallikning klinik ko’rinishlaridan tashqari, labarotoriya va asboblar bilan
tekshirish usullarining ma’lumotlari bo’lishi mumkin, ular i aniq diagnoz qo’yishga yaqinlashtiradi.
Shunday qilib, kasallik tarixining grafik tasviri o’qish jaroyonida va klinik amaliyotda
shifokorlar hal qilishi uchun murakkab diagnozlarni aniq bo’lmagan hollarda, klinik kafedra
talabalarini klinik fikrlashini mukammalashtiradi va qiyosiy diagnoz o’tkazishni osonlashtiradi.
Bemorning ko’zdan kechirishda anamnez ma’lumotlaridan foydalanish, kasallik rivojlanishini
dinamikada kuzatib borishda, sindromlarni shakillanib borishini va davolash natijalarini, labaratoriya
ko’rsatkichlarini grafik tasvirini qo’llash maqsadga muvofiq.
30
Grafik tasvirni tuzish jarayonining o’zi esa vrachni olingan hamma natijalarini jamlab
bemordan olingan obektiv va subektiv ma’lumotlarni fikran to’g’ri bog’lashga, bir necha marta qayta
o’ylab ko’rishga majbur etadi.
Ayniqsa arxiv ma’lumotlarini ishlab chiqishda tekshirish vaqtini tejaydi u yoki bu kasallik
kechishidagi klinik xususiyatlarni tez aniqlab olishga imkon beradi; ma’lum kasallikda uchraydigan u
yoki bu belgi va sindromlarni tez -tez uchrashini aniqlaydi; davolash natijalarini baholashda katta
xizmat qiladi.
34
Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan talaba mustaqil ishi- kasallik tarixining na’munasi:
Kasallik tarixi muqovasi:
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash fakulteti
Ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va xdt, oily ma’lumotli
hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-shifoxonasi kardiologiya bo’limi
Bemorining kasallik tarixi
Bajardi : ---------------------------------------------
Tekshirdi : --------------------------------------------
2009 o’quv yili