Toshkent tibbiyot akademiyasi sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi kafedrasi



Download 325,5 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2017
Hajmi325,5 Kb.
#11946
1   2   3   4

Soatlar soni


1.

Voqea sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish. Voqea sodir bo'lgan joyda murdani birlamchi ko'zdan kechirish

4,8

2.

Sud tibbiy tanatologiya, o'limning ilk va kechki belgilari,

murda sud-tibbiy ekspertizasi. Nozo'raki o'lim



4,8

3.

Kislorod tanqisligi natijasida sog'liqning buzilishi va o'lim. Mexanik asfikciya

4,8

4.

Kimyoviy omillar ta'sirida jarohatlanish (zaharlanishlar)

4,8

5.

Ayrim fizik omillarning ta'siridan jarohat va o'lim

4,8

6.

Mexanik jarohatlar. O'tkir va o'tmas jismlar, o'q otar qurollardan etkazilgan jarohatlar

4,8

7.

Transport travmasi

4,8

8.

Tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasi. Tan jarohatlarining og'irlik darajasini aniqlash

4,8

9.

Jinsiy holat va jinoyatlar bo'yicha tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasi

4,8

10.

Ashyoviy dalillar sud-tibbiy ekspertizasi

4,8


Mavzu №1: Voqea sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish. Voqea sodir bo'lgan

joyda murdani birlamchi ko'zdan kechirish va bayonnoma tuzish.

1.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni voqea joyini ko'zdan kechirish, voqea sodir bo'lgan joyda murdani ko'zdan kechirish bilan tanishtirish. Voqea joyini ko'zdan kechirish usullari va bosqichlari haqida asosiy tushunchalarni berish. Voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomasini tuzishni ko'rsatish.

1.2 Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. O'qituvchi talabalarga darsning mazmunini tushuntirib beradi, keyin talabalarni tushunmagan yoki qiziqtirgan savollariga javob beradi. Talabalarga o'qituvchi voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomasini tuzishni o'rgatadi. Keyin talabalar o'qituvchi nazorati ostida voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomasini tuzadi, voqea joyida sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar ketma ketligini bajarishni o'rganishadi.

1.3. O'qituvchi chizmalari: Voqea joyi haqida tushuncha, voqea joyini ko'zdan kechirish ketma-ketligi. O'lim faktini aniqlash, o'limning taxminiy va ishonchli belgilari. O'lim muddatini aniqlash. Tan jarohatlarini tavsiflash. Ekstsentrik va tsentrik ko'zdan kechirish uslublari. O'limning taxminiy sababini aniqlash. Ashyoviy dalillarni yig'ish, o'rash va laboratoriyaga jo'natishda tergovchiga yordam berish.

1.4. Amaliy mashgulot uchun jihozlash: Suratlar, mulyajlar, jadvallar.

1.5. Nazorat turlari. Talabalar voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomasini tuzgandan keyin, o'qituvchi ularni tekshirib chiqadi va xatolarini ko'rsatib, ularni tuzatadi.

1.6. Talabalar mustaqil ishi.

1.7. Tavsiya etiladigan adabiyot:

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu №2. Sud tibbiy tanatologiya, o'limning ilk va kech belgilari,

murda sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazish usullari va hujjatlari.

Nozo'raki o'lim.

O'qituvchilar tomonidan talabalar uchun murdaning ko'rgazmali sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazish. Murdaning sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazish tartibi va bu turdagi ekspertizalar bo'yicha amaliy ko'nikmalarni ko'rsatish. Ekspertiza xulosasini tuzish.



2.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarga murdani sud-tibbiy tanatologiya, o'limning ilk va kechki belgilari haqida tushuncha berish. O'limning sud-tibbiy tasnifini tushuntirish. Murdalar sud tibbiy ekspertizasini o'tkazish ketma-ketligi va usullarini ko'rsatish, murda ekspertizasida tergovchi tomonidan qo'yilgan savollarga javob berish.

2.2. Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. Talabalarga o'qituvchi murdaning sud-tibbiy ekspertizasini tushuntiradi, ekspertiza bosqichlari bilan tanishtiradi, o'limning ilk va kechki belgilarini aniqlashni ko'rsatib beradi va ko'rgazmali murda sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazadi. Murdaning tashqi va ichki tekshiruvlarini o'tkazadi, qo'shimcha tekshiruvlar uchun qon, a'zo va to'qimalarni oladi, talabalar bilan birgalikda dastlabki sud-tibbiy tashxisni tuzadi. Talabalarga ekspert xulosasini tuzishni tushuntiradi.

2.3. O'qituvchi chizmalari: O'lish va o'lim. O'lish bosqichlari, terminal holatlar. Daslabki va kech murda o'zgarishlari. Murdadagi tan jarohatlarini tavsiflash. Murdani ochish usullari. Tashqi, ichki va qo'shimcha tekshiruvlar. Sud tibbiy tashxis tuzish. Ekspert xulosasi tuzish.

2.4. Amaliy mashgulot uchun kerakli jihozlar: murdalar, jadvallar, mulyajlar. 2.5. Berilgan dastur buyicha kunikmalarni shakillanganligi nazorat turlari.

2.6. UIRS va talabalar uchun mustakil ish.

2.7. Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.



Mavzu№3. Kislorod tanqisligi. Mexanik asfiksiya.

3.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarga murdani tashqi tekshirishdagi mexanik asfiksiya belgilarini qunt bilan tekshirish ahamiyatini o'rgatish. Murdani tashqi ko'zdan kechirish xususiyatlari. Qanday ashyoviy dalillar mexanik asfiksiya tashxisini tasdiqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Strangulyatsion egat sohasidan teri bo'lakchasini gistologik tekshirish uchun olish. Ko'rsatilgan mavzu va metodlarni realizatsiyalash buyicha kurib chikiladigan savollar ketma ketligi talabalarga sektsion stol oldida tushuntiriladi va talabalar diqqat e'tibori mexanik asfiksiya natijasida kelib chikadigan tashqi va ichki belgilarga qaratiladi.

Tashqi tekshiruv: murda holati, kiyimlari va ularning xususiyatlarini tavsiflash. Buyinda xalqa mavjud bo'lganda uni kanday materialdan qilinganini tavsiflash, tugun xarakteri, uni joylashishi, sirtmoq xususiyati (sirpanuvchi, fiksatsiyalangan ). Murda buynidagi sirtmoqni echish qoidasini ko'rsatish. Murdani echintirish. Murda kiyimidagi ajralma qoldiqlariga e'tibor berish (axlat, siydik, sperma). Echintirilgan murdani tashqi tekshirishda erta murda belgilari borligi, joylashishi murda dog'lari bosqichlari va rangiga e'tibor berish. Ko'z shilliq qavatida mayda qon quyilishlar borligi, strangulyatsion egatni sinchiklab tekshirish, uning osishdagi xususiyati (yo'nalishi, yajadalligi, bo'yin ma'lum qismida joylashganligi).



3.2. Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. YUrak yuzasidagi epikard ostiga va upka yuzasidagiplevra ostidagi (Tardьe) kon kuyilishlarga e'tibor berish.

Barcha ichki a'zolarning to'laqonligi, talokning kamqonligiga (Sabinskiy belgisi). Murdada topilgan ayrim xususiyatlarni (qon quyilishlarni turli lokalizasiyasi, jarohatlar, umumasfiktik belgilar va boshqalar) ekspert xulosasida qaydqilish .

Qo'shimcha tekshiruvlar: murdani yorishni yakunida kimyoviy tekshiruv uchun, alkogol mavjudligi va uni miqdorini aniqlash uchun ichki a'zolardan bo'lakchalar olish. Sud-tibbiy tekshirish uchun strangulyatsion egat sohasidan teri bo'laklarini olish. Ushbu tekshiruv maqsadi,xarakteri (bulakchalar o'lchami, nima bilan fiksatsiya qilish, upakovkasi), sud-tibbiy laborotoriyaga, gistologik tekshiruvga va sud kimyoviy bo'limga yo'llanma yozish.

3.3. O'qituvchi chizmalari: kislorod etishmovchiligi natijasida sog'likning buzilishi va o'lim. Asfiksiya tushunchasi va uning turlari. Asfiksiyaning tiriklikda kechishi. Murdada tashqi va ichki umumasfiktik belgilar. Strangulyatsion, komspression va obturatsion asfiksiya. CHo'kish. Suvdagio'lim. Murdani suvda bo'lganlik davomiyligini aniqlash.

3.4. Amaliy mashgulot uchun kerakli jihozlar: murdalar, jadvallar, osilish va bo'g'ilishda buynida sirtmoqni joylashish sxemasi. Xalqa va tugunlarning xar-xil turlari. Osilishda tananing asosiy holat sxemasi. Strangulyatsin egat va boshning anatomik nuktalari va buyin orasidagi masofan aniqlash sxemasi.

3.5. Berilgan dastur buyicha kunikmalarni shakillanganligi nazorat turlari.

3.6. UIRS va talabalar uchun mustakil ish.

3.7. Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu № 4 Kimyoviy omillar ta'sirida jarohatlanish (zaharlanishlar).

4.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni zaharlanish holatlari yoki bunga shubha bo'lganda murdani tekshirish usuli va ochish texnikasi bilan tanishtirish.

4.2. Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. Talabalar e'tibori quyidagi holatlarga qaratiladi. Ish holatini qunt bilan tanishish, voqea sodir bo'lgan joy kuzatuvi bayonnomasi, qarindoshlar ko'rsatmalarini, tibbiy hujjatlar va boshqalarni. Hayot davomida kuzatilgan simptomlarni tekshirish, shuningdek voqea tafsilotini hisobga olishdagi ahmiyatiga qaratiladi.

Murdani tekshirishda ehtiyotkorlik qoidalari zaharni yuvilib ketmasligi va zaharni suv bilan murdaga tushishni oldini olish uchun suv ishlatilmasligi zarur, asboblar, qo'lqoplar va idishlar tozaligini qat'iy nazorat qilish. Murdani tashqi ko'rigini o'ziga xos tomonlari, teri rangini o'zgarishi, murda dog'lariga e'tibor qaratiladi, chunki bu belgilar ba'zi zaharlar bilan zaharlanish belgilarini ko'rsatish mumkin. Oshqozon usti sohasiga bosilganda murdani burni va og'zidan chiquvchi hid mavjudligini aniqlash.

Murdani ichki tekshiruvida bo'shliqlarni tekshirishdan boshlanadi. Bunda zarur: oshqozon va ichak saqlamasini ligatura (bog'lov) qo'yish bilan saqlanadi. Bu a'zolarni yorish alohida idishda o'tkazilib, bunda saqlanma massasi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlar tavsiflanadi. Oshqozon va ichak ichki yuzasini o'ziga xosligi va xususiyatini qunt bilan tekshiriladi. Keyingi ichki a'zolarni tekshirish texnikasi odatdagidan farq qilmaydi. Talabalar qo'shimcha tekshiruvda murdani tekshirish va a'zolarni olishni mustaqil, assistent nazorati ostida o'tkazishadi.

Zaharlanishda yakuniy xulosa sud kimyoviy tahlil natijalarini olgandan so'ng chiqariladi.

A) Zaharlanishni ko'rsatuvchi dastlabki ma'lumotlardan asosiylarini keltirish.

B) Sud kimyoviy tekshirish natijalarini bayon qilish.

V) SHu ma'lumotlar asosida, shuningdek murdani tekshiruv natijalarida o'lim sababini u yoki bu zahar ta'sirida yuzaga kelganini isbotlash.

4.3. O'qituvchi chizmalari: Zaharlarni sud-tibbiy tasnifi. Zaharlanish va uning kelib chiqish mexanizmi. Zaharlar haqida tushuncha. Zaharlarga o'rganish. Narkomaniya va toksikomaniya. Bakterial va nobakterial kelib chiqishga ega bo'lgan ovqatdan zaharlanishlar. Zaharlarni sud tibbiyotida aniqlash. O'limga olib keluvchi zaharlanishlar tavsifi.

4.4. Amaliy mashg'ulotni jihozlash: jadvallar, rasmlar, zaharga dastlabki sinama o'tkazish uchun reaktivlar.

4.5. Berilgan dastur bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllanganligini nazorat qilish.

4.6. UIRS va talabalar uchun mustaqil ish.

4.7. Tavsiya etiladigan adabiyotlar.

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu№5: Mexanik jarohatlar. O'tkir va o'tmas jismlarlardan etkazilgan jarohatlar. Balandlikdan yiqilish natijasida olingan jarohatlarning

o'ziga xos xususiyatlari.

Talabalar tomonidan mexanik jarohatlardan o'lim hollarida sud-tibbiy ekspertiza o'tkazish yoki o'quv xonalarida makropreparat va mulyajlar bo'yicha mexanik jarohatlarni tavsiflash. Ekspertiza xulosalarini tuzish.



5.1.Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni o'tkir va o'tmas buyumlar ta'sirida jarohatlanish natijasidagi o'lim xususiyatlari bilan tanishtirish. Jarohatlanish mexanizmi haqida asosiy tushunchalarni berish. Murdada jarohat buyicha qurol xarakterini aniqlash printsiplarini ko'rsatish.Ekspert xulosasini tuzishni ko'rsatish.

5.2 Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. 3-4 ta talaba o'kituvchi nazorati ostida murdani yorishadi. Ulardan 2tasi bevosita murda tanasini ochishadi, qolganlari yorayotganlar so'zi asosida murdalarni tekshirish protokolini tuzishadi. O'qituvchi talabalarni berilgan holatidagi taxminiy ma'lumotlar bilan tanishtirgach, ularni diqqatini mumkin bo'lgan jarohat etkazish mexanizmiga karatishadi, tekshiruvchi shu bilan bog'liq o'ziga xos tomonlariga (sxematik rasmlar tuzish, suratga tushirish, tashqi va ichki tekshiruvini rejalaщtirilgan ketma-ketligi va boshqalar) qaratadi. Murdani tashqi tekshiruvi, kiyimlarni tekshirishdan boshlanadi. O'qituvchi talabalarga shu tavsiflashning o'ziga xos tomonlarni tushuntiradi.

5.3. O'qituvchi chizmalari: Jarohatlanish haqida tushuncha, jarohatlovchi faktor buyicha tasnifi, jarohatlarning hayotiyligini aniqlash. Jarohatlanishni morfologik xarakteristikasi. Mexanik jarohatlanish tasnifi. -O'tkir va o'tmas buyumlar bilan etkazilgan jarohatlar - balandlikdan yiqilish.

Murdani tashqi ko'zdan kechirganda jarohatlar qunt bilan tekshiriladi, ularni xarakteri ko'rsatiladi, jarohatlarni tavsiflash ketma-ketligi tushuntiriladi, jarohatlanish mexanizmini aniqlash shart.



5.4. Amaliy mashgulot uchun jihozlash: Murda, mulyajlar, jadvallar.

5.5. Nazorat turlari. Murda tekshiruvi kengqamrovli olib borilganligini aniqlash. Murdani tekshirish tugatilgandan so'ng maxsus xonada o'qituvchi talabalar bilan birga sud-tibbiy tashxis qo'yadi va yoritilish kerak bo'lgan savollarga mumkin bo'lgan javoblar dasturini tuzadi.

5.6. Mustaqil ish vazifasi.

5.7. Tavsiya etiladigan adabiyot:

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu№6: Transport travmalar.

6.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni transport travmasi natijasidagi o'lim xususiyatlari bilan tanishtirish. Jarohatlanish mexanizmi haqida asosiy tushunchalarni berish. Ekspert xulosasini tuzishni ko'rsatish.

6.2. Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. 3-4 ta talaba o'kituvchi nazorati ostida murdani yorishadi. Ulardan 2tasi bevosita murda tanasini ochishadi, qolganlari yorayotganlar so'zi asosida murdalarni tekshirish protokolini tuzishadi. O'qituvchi talabalarni berilgan holatidagi taxminiy ma'lumotlar bilan tanishtirgach, ularni diqqatini mumkin bo'lgan jarohat etkazish mexanizmiga karatishadi, tekshiruvchi shu bilan bog'liq o'ziga xos tomonlariga (sxematik rasmlar tuzish, suratga tushirish, tashqi va ichki tekshiruvini rejalaщtirilgan ketma-ketligi va boshqalar) qaratadi. Murdani tashqi tekshiruvi, kiyimlarni tekshirishdan boshlanadi.

6.3. O'qituvchi chizmalari: Transport travmasi. Avtotravma. Relьs travmasi. Traktor travmasi. Mototsikl travmasi. Aviatravma. Avtotravma turlari, ularning har birida jarohat xususiyatlari. Avtomobil bilan to'qnashish, kuzovdan yiqilish, kabina ichida jarohatlanish, g'ildiraklari ostida bosilish, harakatlanayotgan avtomobil va harakatsiz jism orasida siqilish. Jarohatlanish fazalari. Spetsifik, xos, xarakterli va imitatsiyalovchi jarohatlar. Bamper jarohatlar.

6.4. Amaliy mashgulot uchun jihozlash: Murda, mulyajlar, jadvallar.

6.5. Nazorat turlari. Murda tekshiruvi keng qamrovli olib borilganligini aniqlash. Murdani tekshirish tugatilgandan so'ng maxsus xonada o'qituvchi talabalar bilan birga sud-tibbiy tashxis qo'yadi va yoritilish kerak bo'lgan savollarga mumkin bo'lgan javoblar dasturini tuzadi.

6.6. Mustaqil ish vazifasi.

6.7. Tavsiya etiladigan adabiyot:

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu № 7. O'q otar qurollardan etkazilgan jarohatlar.

7.1. Mashg'ulot maqsadi: O'q otar jarohatlar haqida talabalarga tushuncha berish. Talabalar e'tiborini o'q otar jarohatlarni to'g'ri tavsiflashga qaratish. Talabalarni teridagi, suyaklardagi, ichki a'zolardagi turli xil jarohatlar va ularning o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. Ekspert xulosasini tuzish.

7.2. Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. Talabalar bilan suhbatda otish va u bilan birga kechuvchi holatlar, o'q otar jarohatlarni yuzaga chiqish mexanizmi va ekspertizada hal qiluvchi savollarga qaratish. Bu jarohat o'q otar hisoblanadimi ? Qay biri kirish, qay biri chiqish yarasi hisoblanadi? Qancha masofadan o'q uzilgan? Tana massasiga nisbatan o'q kanali (yo'li) yo'nalishi qanday? Murdani tekshirish holatlarida o'q otar jarohat o'lim sababi bo'lib hisoblanadimi? Tavsifiga va og'irlik darajasiga ko'ra mazkur jarohat tan jarohatlarini qaysi turiga kiritilishi kerak?

Mikropreparatlar, mulyajlar a'zo va to'qimalar jarohatini tavsiflash. Har bir talaba o'quv mashg'ulotda mavjud makropreparatlar va mulyajlar to'plami bilan tanishadi, so'ngra ulardan birini ashyoviy dalil sifatida ko'rib uni ishchi daftarida vazifalar bo'yicha tavsiflaydi.

Unifikatsiya uchun har bir talaba o'q otar jarohat bo'yicha tayyor sxemasini oladi.

Talaba raqamli ob'ektni va xulosani tavsiflovchi qismi ekspertiza o'tkazish to'g'risidagi qaror ma'lumotlari bilan birga ekspert oldiga qo'yilgan savollar va ularni hal qilish uchu zarur xulosalar oladi.

Talaba xulosa va tekshiriluvchi ob'ektni o'ziga xos tomonlari bilan tanishadi. Mustaqil ravishda qo'yilgan savollarni hisobga olib xulosalarni tuzadi. Xulosani tavsiflovchi qismi bilan tasdiqlangan ma'lumotlarga ega holda savollarga javob beradi. Har bir talaba guruh oldida o'z xulosalarini isbotlari bilan o'qib beradi.

7.3. O'qituvchi chizmalari. O'q otar jarohatlar, o'q otish mexanizmi. Turli xil masofadan otishdagi jarohat belgilari. Taqab otish belgilari. YAqin va uzoq masofadan otishdagi jarohatlari. O'qni kirish va chiqish yaralarini aniqlash. Tanadagi jarohat yo'lini yo'nalishini aniqlash. Portlash natijasida olingan jarohat va jarohatlar tasnifi.

7.4. Berilgan dastur bo'yicha bilim va ko'nikmalarni tanlanganligini nazorat turlari.

7.5. UIRS va talabalar uchun mustaqil ish.

7.6. Tavsiya etiladigan adabiyotlar.

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu№8. Tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasi.

Bu turdagi ekspertizalarning tashkiliy va protsessual xususiyatlari. Tan jarohatlarning og'irlik darajasining huquqiy tasnifi va sud-tibbiy aniqlash mezoni. Sud-tibbiy ambulatoriyada tan jarohatlari yuzasidan tirik shaxslarning sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazish va ekspert xulosasini tuzish.



8.1.Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni tirik shaxslar ekspertizasi xususiyatlari bilan tanishtirish. Tan jarohatlari haqida asosiy tushunchalarni berish. Tan jarohatlarining og'irlik darajasini aniqlashni o'rgatish. Ekspert xulosasini tuzishni ko'rsatish.

8.2 Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. O'qituvchi talabalar bilan tan jarohatlari bo'yicha jabrlanuvchining sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazadi. O'qituvchi talabalarni berilgan holatidagi ma'lumotlar bilan tanishtirgach, tirik shaxs ekspertizasini o'tkazadi. Talabalarga tirik shaxs sud-tibbiy ekspertizasi xususiyatlarini tushuntiradi, ekspert xulosasi qanday tuzilishi kerakligini ko'rsatadi.

8.3. O'qituvchi chizmalari: Tan jarohatlari tushunchasi. Tan jarohatlarining og'irlik darajasini aniqlash mezonlari. Og'ir, o'rtacha og'irlikdagi va engil tan jarohatlari. Jarohatning etkazilish mexanizmi, muddatini aniqlash. Ekspert xulosasi tuzish.

8.4. Amaliy mashgulot uchun jihozlash: Tirik shaxs, mulyajlar, jadvallar, O'zR SSV 551-buyrug'i.

8.5. Nazorat turlari. Tirik shaxsni tekshirish tugatilgandan so'ng maxsus xonada o'qituvchi talabalar bilan birga tan jarohatining og'irlik darajasini aniqlaydi va ekspert xulosasi tuzadi. .

8.6. Mustaqil ish vazifasi.

8.7. Tavsiya etiladigan adabiyot:

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu№9. Jinsiy holat va jinoyatlar bo'yicha tirik shaxslar

sud-tibbiy ekspertizasi.

9.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni jinsiy holat va jinsiy jinoyatlar ekspertizasi xususiyatlari bilan tanishtirish. Ekspert xulosasini tuzishni ko'rsatish.

9.2 Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. O'qituvchi talabalar bilan jinsiy holat yoki jinsiy jinoyat bo'yicha tirik shaxs ekspertizasini o'tkazadi. O'qituvchi talabalarni berilgan holatidagi ma'lumotlar bilan tanishtirgach, talabalarga tirik shaxs sud-tibbiy ekspertizasi xususiyatlarini tushuntiradi, ekspert xulosasi qanday tuzilishi kerakligini ko'rsatadi.

9.3. O'qituvchi chizmalari: Bahsli jinsiy holatlar tushunchasi. Bahsli otalik va onalik ekspertizalarini o'tkazish. Homiladorlik, bo'lib o'tgan homiladorlikni aniqlash, balog'atga etganlik belgilarini aniqlash. Jinsiy jinoyatlar. Zo'rlash, besoqolbozlik, fahsh harakatlari, tanosil kasalliklarini yuqtirish, jinoiy abort tushunchalari. Ekspertiza xususiyatlari. Ekspert xulosasi tuzish.

9.4. Amaliy mashgulotni jihozlash: Tirik shaxs, mulyajlar, jadvallar.

9.5. Nazorat turlari. Tirik shaxsni tekshirish tugatilgandan so'ng maxsus xonada o'qituvchi talabalar bilan birga ekspert xulosasi tuzadi. .

9.6. Mustaqil ish vazifasi.

9.7. Tavsiya etiladigan adabiyot:

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu № 10. Ashyoviy dalillar sud-tibbiy ekspertizasi.

10.1. Mashg'ulot maqsadi: talabalarni ashyoviy dalillar sud-tibbiy ekspertizasi bilan tanishtirish. Talabalarga qonni suyuq holda, dog' holida tekshirishga o'rgatish. Dog'da sperma mavjudligi, guruhini aniqlashni o'rgatish. Sochni tekshirish bilan tanishtirish.

10.2. Berilgan mavzu va realizatsiyasi bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ro'yxati. Sud-tibbiy laboratoriyada qonni suyuq va dog' holida tekshirish, antigenlarini aniqlash savol javoblarda hal qilinadi. Talabalarni faol qatnashishi bilan o'qituvchi ashyoviy dalillar ekspertizasini o'tkazadi. Bunda asosiy e'tibor suyuq qonni guruhini aniqlash metodikasiga qaratiladi. O'qituvchi nazoratida talabalar mustaqil izlarda qon mavjudligini aniqlash reaktsiyasini o'tkazadi. Qon mavjudligi aniqlangandan so'ng uning turga mansubligi aniqlanadi. O'qituvchi ishtirokida talabalar CHistovich- Ulengut pretsepitatsiya rektsiyasini o'tkazadi. Qonni odamga tegishliligini aniqlangandan so'ng AVO bo'yicha uning guruhi aniqlanadi. Buning uchun qonda aglyutininlar va aglyutinogenlar aniqlanadi. Aglyutininlar Lyatess usulida aniqlanadi.

Talabalar assistent nazorati ostidaqon dog'i bo'laklarini qalam bilan 2ga ajratilgan buyum oynasiga qo'yishadi. Qoplovchi oyna bilan yopiladi, ostiga Paster pipetkasi yordamida A va V erirotsitlarining 0,25% eritmasini yuborishadi. O'qituvchi bilan analiz natijalarini tahlil qilishadi.

Agglyutininlar qon dog'ida aniqlangandan so'ng tekshirilayotgan dog'da aglyutinogenlarni aniqlashga kirishiladi. Assistent absorbtsiya va absorbtsiya elyutsiya reaktsiyalarini ko'rsatadi. Qonni tekshiruvi tugagandan keyin talabalar mustaqil ravishda dog'da spermani aniqlashga kirishadilar. Assistent nazoratida 2-3 talaba alohida- alohida mikroskop ostida Florants reaktsiyasini o'tkazadilar. So'ng izlar metodi yordamida mikroskop ostida sprmatozoidlar mavjudligini kuzatiladi. Sperma mavjudligini aniqlash bilan assistent ko'rgazmali ravishda sperma antigeni aniqlash sxemasini ko'rsatadi. Mikropreparatlar yordamida talabalar mikroskop ostida odam va hayvon soch tolalarini ko'rishadi. YUlib olingan va tushgan soch tolalarining ildiz qismlari, shuningdek turli mintaqaga mansub odamlarning sochining ko'ndalang kesmasini.

10.3. O'qituvchi chizmalari: ashyoviy dalillar sud-tibbiy ekspertizasi va tushunchasi. Qon dog'larini aniqlash. Sperma izlari va boshqa ajralmalarni va sochni a'zo va to'qimalar qismlarini topish. Qon mavjudligini aniqlash. Sperma, sperma dog'lari, so'lak, soch va boshqa biologik ob'ektlarni ekspertizasi.

10.4. Amaliy mashg'ulot uchun jihozlar: jadvallar, slaydlar, mikroskoplar, laborator idishlar.

10.5. Berilgan dastur bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllanganini nazorat qilish turlari.

10.6. UIRS va talabalar uchun mustaqil ish.

10.7. Tavsiya etiladigan adabiyotlar.

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


6. Talabalar mustaqil ishi

6.1. Talabalar mustaqil ishi tematik rejasi




TMI mavzusi

Download 325,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish