A’zo va to’qimalarni transplantatsiya qilish muommosining etik-huquqiy nuqtai nazari.Butunjahon tibbiyot uyushmasi 1987-yilda inson a’zolarini transplantatsiya qilish haqida deklaratsiyani qabul qilgan.Unda zamonaviy mezonlarga muvofiq inson o’lganligini tasdiqlash shartlari belgilangan va inson a’zolari va to’qimalarini transplantatsiya qilish paytida amal qilinishi kerak bo’lgan etik prinsiplar belgilab qo’yilgan.Har qanday vaziyatda ham shifokor inson sog’ligi haqida qayg’urishi bosh prinsip hisoblanadi.Dunyoning qariyb 40 ta davlatlarida milliy transplantasion dasturlarni tartibga soluvchi kosntitutsiyadagi bo’limlar yoki maxsus qonunlar qabul qilingan.