Laboratoriya ishi 2.Katalaza va oksidaza testlarini qo’yish.
Maqsad: bakteriyalarning sof kulturasini ajratib olishda metabolitik xususiyatlarini o’rganish yordamida ularni identifikastiya qilishni o’rganish.
Zarur anjomlar: O’rganilayotgan mikrob GPA dagi kulturasi (E.coli, P.aeruginosa)- 2 tadan probirkada, bakteriologik qovuzlok, spirtovka, pipetka, buyum oynasi (6 tadan), 1—3% li vodorod peroksidi (1 taprobirkada 3-4 ml), fenilen diamin shimdirilgan qog’ozli disk (1 flakonda), rezina qo’lqop. 700etil spirti. Namoyish uchun bakteriyalarni biokimyoviy xususiyati ko’rsatilgan rangli rasmlar, sxemalar, biokimyoviy xususiyatini o’rganishda qo’llaniladigan oziqli muhitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |