4- Laboratoriya ishi. “BAKTERIYALARNI STRUKTURASI VA MORFOLOGIYASI. ULARNI MURAKKAB USULDA BO’YAB O’RGANISH: NEYSSER, ROMANOVSKIY-GIMZA, BURRI USULLARI”
Mashg’ulot o’tkazish joyi– mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi. Mashg’ulotning davomiyligi-45 min.
1. Mashg’ulotning maqsadi.
Mikroorganizmlar, spiroxeta, mikoplazma, rikketsiya, xlamidiya va ularni alohida strukturalarini o’rganish, xususiyatlarini bilish va ularni aniqlash usullari bilan tanishish.
2. Pedagogik vazifalar:
mikroorganizmlar spiroxeta, mikoplazma, rikketsiya, xlamidiyalarning strukturasidagi o’ziga xos xususiyatlarni tushuntirib berish;
mikroorganizmlarni Romanovskiy-Gimza, Neysser, Burri usullarida bo’yashni ko’rsatib berish;
3. O’quv mashg’uloti natijalari
Talaba bilishi kerak:
spiroxeta, mikoplazma, rikketsiya, xlamidiyalarni strukturasini;
bakteriyalarni alohida strukturalarini (kiritmalar);
Bakteriyalarni alohida strukturalarini aniqlash usullarini;
Do'stlaringiz bilan baham: |