Chanoq a’zolari va chanoq yopiq shikastlarida va yaralanishlarida tibbiy yordam ko‘rsatish
1. Jang maydonida birinchi tibbiy yordam. Chanoq yopiq jarohatlarida shpris-tyubikdan analgetik yuboriladi va jarohatlanganni orqasi bilan yotgan holatda zambilda, shitda joylashtiriladi, oyoq bukilgan holatga keltirib, tagiga kiyimli xalta yoki yostiqcha shaklda qilingan shinel qo‘yib olib chiqiladi. Oyoqning tizza bo‘g‘imiga ro‘molcha yoki bint o'raladi. O 'q bilan jarohatlanganda jarohat sohasiga aseptik bog'lam qo'yiladi, tabletkali antibiotik ichiriladi va analgetiklar yuboriladi