P= (k +U1)r(U1) (k+U2)r(U2)...(k+Up)r(Up)
Bu yerda: p – firma foydasi;
k – firmani boshlang‘ich kapitali; Up – firmani imkoniyatli foydasi.
(U=1,2,3,.......p):p – proektni bajarishdagi hodisalar soni; R (Up) – har bir tugallanish ehtimolligi
roektlarni investrlash davomiyligi va razmerlarini o‘sishi murakkablik va xilma-xillik, ularni tadbiq etishda muhitni yuqori dinamikligi, raqobatlilik, inflyatsiya va boshqa salbiy faktorlar- proektni ro‘yobga chiqarishda risk darajasini o‘sishiga olib keladi. Riskni sifatli taqsimlanishida – proekt ishtirokchilari qator qarorlar qabul qiladiki, ular investorlar diapazonini yo kengaytiradilar yoki qisqartiradilar. Risk darajasini investorlarga yuklamoqchi bo‘lsa, proekt ishtirokchilari proektni moliyalashtirish uchun tajribali investorlarni jalb qilishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun proekt ishtirokchilariga fikr almashish vaqtida riskning qaysi qismini o‘ziga olishni xohlashi masalasida maksimal egiluvchanlik tavsiya etiladi.
Proekt ishtirokchilari tomonidan riskni quyi qismini olish xohishi bildirilsa tajribali investorlarni o‘z talablarini pasaytirishga undashi mumkin. Ko‘pchilik katta proektlar uchun ularni tadbiq qilinishidagi to‘xtalish bo‘lib buyurtmachi uchun ishlar qiymatini o‘sishiga olib keladiki, bu proektni boshlang‘ich qiymatini o‘sishiga olib keladi. Masalan: elektr bilan ta’minlash liniyalarini o‘z vaqtida ulab bermaslik natijasida, to‘xtalish bo‘lganligi uchun pudratchi to‘laydigan jarima, buyurtmachini xarajatlaridan kamroq bo‘ladi. Bunday holatdan chiqish uchun, proektda ishtirok etishga sug‘urta kompaniyalarini jalb qilish zarur.
Risk sug‘urtasi – aniq riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tka- zishdir. Bu masalani yirik qurilish kompleksini bunyod etish misolida ko‘rib chiqamiz. Sug‘urtani 2 xili qo‘llanilishi mumkin: mulk sug‘urtasi va baxtsiz hodisalardan sug‘urta. Mulk sug‘urtasining quyidagi formalari bor:
pudrat qurilishi risk sug‘urtasi;
dengiz yuklari sug‘urtasi;
pudratchiga taalluqli bo‘lgan jihozlar sug‘urtasi. Baxtsiz hodisalardan sug‘urta:
umumiy fuqarolik mas’uliyati sug‘urtasi;
proefessional mas’uliyat sug‘urtasini o‘z ichiga oladi.
Pudratchi qurilish riski sug‘urtasi, tugallanmagan qurilish sug‘urtasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moddiy yo‘qotishlar uchun mo‘ljallangan. Pudratchi qurilish riski sug‘urta-shartnomasi sug‘urta riskiga ko‘ra 3 tipda bo‘lishi mumkin. Yong‘in sug‘urtasi standart shartnomasi – moddiy yo‘qotishlardan yoki yong‘inga qarsh
ulkchilik shartnomasida ko‘rsatilganidek, zararlardan himoya sifatida xizmat qiladi. Yong‘inga qarshi sug‘urtani kengaytirilgan shartnomasi o‘z ichiga sug‘urtani standart shartnomasini va bir yoki bir necha qo‘shimchalarni (konkret sug‘urtachini ehtiyojini hisobga oluvchi) oladi.
Barcha risklardan sug‘urta shartnomasi pudratchining konkret ehtiyojini hisobga oladi va unga sug‘urta xizmatining keng tanlovini taqdim etadi. Bunday shartnoma tugallanmagan qurilishni qamrab oladi. (barcha materiallar, jihozlar, mehnat natijalari). Dengiz yuklari sug‘urtasi – moddiy yo‘qotishlardan himoyani ko‘zda tutadi. (Havo transportida, dengiz orqali keltirilayotgan yuklarni). Sug‘urta riskning barcha turini qamraydi, shu jumladan, urush, zabastavkalar, turlarini. Pudratchiga tegishli jihoz sug‘urtasi pudratchilar tomonidan keng foydalaniladi. O‘z faoliyatlarida jihozlarning katta sonini yuqori qiymat bilan qo‘llanadi. Sug‘urtani bu formasi ijaradagi jihozlarga ham tarqatiladi (taalluqli).
Umumiy fuqarolik mas’uliyati sug‘urtasi – sug‘urtaning baxtsiz hodisalarda formasi bo‘lib, bosh pudratchini himoya qilish maqsadi bo‘lib, (faoliyati natijasida uchinchi tomondan jarohati, mulki jarohatlangan bo‘lsa). Professional mas’uliyat sug‘urtasi shu vaqtda talab etiladiki – qachonki bosh pudratchi arxitektura va texnik proektlarni tayyorlash, proekt boshqaruvi, proekt bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatishda mas’uliyatni zimmasiga olsa. Bosh pudratchi yuridik mas’uliyati – professional xizmatlarni aniq sifat standartiga muvofiqligini ta’minlay olmagani holda yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |