O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari prorektori,
professor O.R.Teshaev
"___"________2015 yil
MILLIY G‘OYA FANIDAN
ISHCHI O‘ Q U V D A S T U RI
Bilimlar sohasi- 510000 «Sog‘liqni saqlash»
Bilim yo‘nalishi:
5510100 – Davolash ishi
5510300 – Tibbiy profilaktika ishi
5510700 – Oliy ma'lumotli hamshira ishi
Umumiy o‘quv soati –60 soat
Shu jumladan:
Ma'ruza–16soat
Seminar– 18 soat
Mustaqil ta'lim –47soat
Toshkent – 2015y.
Tuzuvchilar:
f.f.d., prof.NORQULOV D.T.____________
f.f.n.,katta o‘qituvchi NIYOZOVA N.SH.____________
Taqrizchilar:
f.f.n.,katta o‘qituvchi MAXMUDOV YU.A.____________
f.f.d.,prof. TO‘YCHIEV B.T.____________
Fanning ishchi o‘quv dasturi namunaviy dastur va o‘quv rejasi asosida tuzildi, TTA OMX fakulteti ___________ilmiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi, Bayonnoma № ____ «____»______________2015 y.
Fakultet ilmiy kengash raisi _____________ ________________
Imzo F.I.Sh.
«_____»_____________2015y.
TTA ijtimoiy –gumanitar fanlar bo‘yicha
siklopredmet seksiyasi raisi dots. Abdullaeva R.M.
Kirish
XXI asrda kechayotgan global integratsiya jarayonlari, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozoqilmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda ta'limning ijtimoiylashuviga alohidae'tibor berilib, o‘qitilayotgan fanlarning mazmunini zamon talablariga moslashtirilishi bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu "Ta'limto‘g‘risidagi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilanganvazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, talaba yoshlarimizni Vatan va millat manfaatlari yo‘lidafidoiylik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrinianglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchideb biladigan, muayyan mutaxassislikni egallagan,mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma'naviy va jismonan barkamol insonnitarbiyalash uchun oliy ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarningdasturlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.
Bu esa yoshlarda tarixiy voqyelikka ob'ektiv baho berish va to‘g‘ri xulosachiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Zero, Prezident IslomKarimov ta'kidlaganidek: “Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdanajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”dir.Demak, obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimiztaraqqiyotining g‘oyaviy tamoyillarini, mamlakatimiz hayotida ustivorbo‘layotgan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalariga sadoqattuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradigan mavzularni o‘rganish “Milliyg‘oya” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi
Mazkur fan doirasida «Milliy g‘oya» va «Milliy mafkura»tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish xususiyatlari, xalqlarva davlatlar taqdiriga ta'siri, hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar,yoshlar qalbi va ongida buzg‘unchi va vayronkor g‘oyalarga nisbatan ogohlik vahushyorlik xususiyatlari shakllanishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi.
Milliyg‘oyalar va mafkuralar tizimi, “g‘oyaviylik”, “mafkuraviy jarayonlar”, “mafkuraviy ta'sir”, “mafkuraviymaydon va poligonlar”, “mafkuraviy inqiroz”, “g‘oyaviy bo‘shliq”, “mafkuraviyprofilaktika”, “mafkuraviy immunitet” kabi tushuncha va atamalarningmazmun-mohiyatini ochib berish bilan bog‘liq masalalar majmui ham ushbufanning asosiy mavzulari doirasiga kiradi.
“Milliy g‘oya” – mustaqillik yillaridao‘rganish imkoni ochilgan yangi fanlardan biridir. Mazkur fanning maqsadiezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron bir millat va jamiyatninguzoqqa bora olmasligini, har qanday xalq va davlat o‘z taraqqiyotining g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarini belgilab olishi zarurligi ijtimoiyjarayonlarning muqarrar qonuniyati ekanligini yoshlarning qalbi va ongigasingdirishdan iboratdir.
-
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Milliy istiklol g‘oyasi fanini o‘qitish milliy g‘oya va mafkuranining kuyidagi asosiy maqsadi va vazifalari asos kilib olindi.
-
Bilim berish, dunyokarashni shakllantrish va boyitish, tafakkur erkinligini shaknlantrish.
2) Millatning asosiy maksadlarga, tub manfaatlarga eltuvchi milliy tarakkiyot modelini asolash, g‘oyalar tizimini shakllantrish.
-
Bulajak jamiyatni, uning iktisodiy siyosiy va ijtimoiy uzilishini, bu jamiyatda shaxs, inson kanday bulishini nazariy jixatdan asoslanadi.
4) talabalarda Milliy g‘oya fani mazmuni vamohiyati, g‘oyaning jamiyatdagi o‘rni, xususiyatlari vakelajak to‘g‘risida tasavvurlarni paydo qilish, milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish.
-
Milliy ongni va milliy kadriyatlarni yot, soxta ekstremestik va diniy ekstremestik g‘oyalar ta'siridan muxofoza kilish ilgor umubashariy g‘oyalar bilan boyitish.
6) Tashkilotchilik vazifalari axolini ma'lum maqsadlar, yirik ijtimoiy vazifalarni bajarishda safarbar etish, urganishga kumaklashish.
7) Milliy uzlikni anglatish va inson shaxsini shakllantrish g‘oyalari ustivor bulgan xayot tarzi va soglomijtimoiy muxitni yaratishga yordam beradi.
-
Bilim, ko‘nikma vamalakaga qo‘yiladigan talablar
“Milliy g‘oya” fanibo‘yicha talaba qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq bilishi lozim:
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” o‘quv fanini o‘zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- milliy g‘oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini bilish va ulardanamaliyotda foydalanish;
- milliy g‘oyaning tarixiy negizlarini, falsafiy asoslarini o‘rganishva ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish;
- ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi muqobil g‘oyalarni qiyosiytahlil qilish va ularga mustaqil munosabat bildirish;
- g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarga doir nazariy bilimlarni amaliyhayotda qo‘llash;
-yoshlarda ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish ko‘nikmasinishakllantirishdan iborat.
Talaba ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak:
-talaba Milliy g‘oya:.. faninining mustaqil ijtimoiy fan sifatidashakllanishining tarixiy-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiyasoslarini;
-Milliy g‘oya:.. fani ob'ekti va predmeti, uning strukturasi vafanlar tizimidagi o‘rnini;
-Sharq va G‘arb mutafakkirlarining g‘oyaga oid ta'limotlari mazmunini; tarixiy taraqqiyot va uning asosiy shakllarini;
-ijtimoiy hayotda milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy ahamiyatini shaxsijtimoiylashuvi omillarini;
-jamiyatning g‘oyaviy strukturasi va uningo‘zgarib borish xususiyatlarini;
-g‘oyaviy jarayonlar ma'lum o‘ziga xos qonuniyatlar asosida kechishini;
-jamiyatda sodir bo‘layotgan g‘oyaviy ijtimoiy-siyosiyjarayonlarning o‘zaro bog‘liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishni;
-jamiyatrivojining asosiy g‘oyaviy omillarini tasniflay olish.
Talabamalakaga ega bo‘lishi kerak:
-talaba g‘oyalar tarixi juda qadimgi davrlarga xos ekanligini to‘g‘ri tavsiflay olishi;
-turli davrlardagi g‘oyaviy kurashlar xarakterini xolis qiyosiy taqqoslay olish;
-barcha davrlarga xos g‘oyaviy masalalarni ob'ektiv tahlil qila olishi;
-ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalarda o‘tkazilgan milliy g‘oyaga doirtadqiqotlar natijalaridan foydalana olish.
2. O‘quv yuklamasi
Umumiy o‘quv soati
|
Auditoriya mashg‘ulotlari turlari bo‘yicha o‘quv yuklamasining taqsimoti
(soatda)
|
Mustaqil ta'lim
|
Jami
|
Ma'ruzalar
|
Seminarlar
|
60
|
34
|
16
|
18
|
47
|
-
Ma'ruzalar
3.1. Ma'ruza mashg‘ulotlarining mavzulari
№
|
Mavzuning nomi
|
Mashg‘ulot hajmi
|
1
|
Milliy g‘oya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
|
2
|
2
|
Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari va shakllanish bosqichlari
|
2
|
3
|
Globallashuv sharoitida milliy g‘oyaga ehtiyojning ortishi
|
2
|
4
|
Milliy g‘oya – xalqning ishonchi va e'tiqodi
|
2
|
5
|
Milliy g‘oya, milliy ma'naviy qadriyatlar va ularning umumbashariy tamoyillari
|
4
|
6
|
Jamiyat barqarorligini ta'minlashning ijtimoiy - g‘oyaviy asoslari
|
2
|
7
|
Milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish
|
2
|
8
|
Milliy g‘oyaning inson ongi va qalbiga singishi: yangicha uslub va yondashuvlar
|
2
|
3.2. Ma'ruza matnining mazmuni
1-Mavzu. Milliy g‘oya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Milliy g‘oya fanining predmeti. Ob'ekti Inson va jamiyat taraqqiyotida g‘oya va mafkuralarning o‘zaro munosabati. Mustaqil O‘zbekistonda milliyg‘oya shakllanishining ilmiy- nazariy va tarixiy asoalari. Uning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishi. Milliy rivojlanish va milliyg‘oya bilan bog‘liqqonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish.
Milliyg‘oyaningasosiytushunchalari: «g‘oya», «mafkura», «milliyg‘oya», «milliyistiqlolg‘oyasi», «milliyistiklolg‘oyasiningma'naviynegizlari», «milliyrivojlanishg‘oyasi», «milliyistiqlolmafkurasi», «milliyistiqlolg‘oyasiningboshg‘oyasi», «milliyistiqlolg‘oyasiningasosiyg‘oyalari», «Vatanravnaki», «yurttinchligi», «halqfaravonligi», «millatlararototuvlik», «diniybag‘rikenglik», «ijtimoiyxamkorlik», «komilinsonningshakllanishigako‘maklashish» vab. Millyg‘oyaning «sinfiylik», «partiyaviylik» tamoyillaridan begonaligi. Milliyg‘oyaning maqsadi va vazifasi. Yoshlarda milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqodni singdirish. Milliy – ma'naviy meros va umumbashariy qadiryatlarga tayangan xolda milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatparvarlik fazilatlarini shakllantrish.
Milliyg‘oyani o‘rganishning asosiy qonuniyatlari. Jamiyat rivojining g‘oyalar va mafkuralar bilan bog‘liqligi. Inson va jamiyatning o‘z maksadi va taraqqiyot yo‘lining mavjudligi. Globallashuv jarayonining milliy g‘oyadap aks etishi. Inson ongi va qalbi uchun kurash. Jamiyatda g‘oyaviy bo‘shlikning bulmasligi. Milliy g‘oya xar bir xalkning o‘zligini saklab qolish va o‘ziga xos rivojlanish extiyoji xamda kafolati ekanligi.
Adabiyotlar__A'>Adabiyotlar
A -5,6,7,28,29,31
Q-2,5,6,7
2 - Mavzu. Milliy g‘oya faniningtarixiy ildizlari,
shakllanish bosqichlari.
Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishiningasosiybosqichlari. Tarixiy taraqqiyot jarayonida g‘oya va mafkuralarningo‘zgaruvchan xarakteri. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch” kitobida g‘oyalar tarixi va falsafasi, milliy g‘oyaningmazmun-mohiyati, shakllanishi va namoyon bo‘lishi haqida.Mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlaridamilliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikdag‘oyalar takomili.
G‘arb mamlakatlarida ilk g‘oyaviy qarashlar va ularning takomilbosqichlari. Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqamutafakkirlarning g‘oyalari va ularning ahamiyati. Afina va Rimimperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi.
Sharq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularninggumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi.Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar masalasi.Temuriylar davri g‘oyalari, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‘oyalar to‘g‘risidagi fikrlari. G‘arb mamlakatlarida g‘oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari.yevropa ilk o‘rta asrlar va Renessans davri g‘oyalari. Xristianlik g‘oyalari.Xristianlikning salb yurishlari. Tomazo Kampanella, Tomas Morning“Quyosh shahri” haqidagi utopik g‘oyasi. Marks va Engelsning sotsializmg‘oyasi tanazzuli. yevropada o‘rta asrlarda umumiy makon, milliy mumtozlik,imperial, kolonial va milliy taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risidagi g‘oyalar.
XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va XVIII va XIXasrlardagi yangi zamon g‘oyalarining shakllanishi. O‘rta Osiyoda XVI-XVIIIasrlardagi xonlik va amirliklar davrida g‘oyalar tizimi. XIX asr oxiri vaXX asrning 90 yillarida shakllangan g‘oyalar tizimi. Mafkuraning XIX asr o‘rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. G‘oyava mafkura muammosiga ob'ektiv, sub'ektiv, evolyusion va inqilobiy, siyosiy yondoshuvlar. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o‘ziga xosxususiyatlari. Deideologiya va reideologiya yo‘nalishlari. XX asrning oxiri XXI asr boshidagi mafkuraviy jarayonlar.
Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalarining gegemonligi va uning oqibatlari. Sotsializm tuzumining g‘oyaviy inqirozida milliy o‘z-o‘zini anglashning o‘rni. Sho‘rolar davrida mafkuraviy qatag‘onning fojiaviy oqibatlari. Departatsiya (quvg‘in) qilingan xalqlarning ma'naviy-ruhiy holati va ularda milliy o‘zlikni saqlashning tarixiy jihatlari.
Mustaqillik – milliy g‘oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviyjasorat- millat g‘oyasi va ruhining ifodasi.
Adabiyotlar
A -15,16,17,23,32
Q-10,12,18
3-Mavzu. Globallashuv sharoitida milliy g‘oyaga ehtiyojning ortishi
XX asrning oxirida dunyo siyosiy xaritasida yuz bergan o‘zgarishlar.Bugun dunyoda mafkuraviy kurashlar davom etayotgan bir paytda jahon maydonlarini mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar. O‘zbekistonning keyingi yillarda mafkura sohasida olib borayotgan samarali siyosati. Milliy g‘oya va mafkurasiga zid bo‘lgan yot va buzg‘unchi g‘oyalar kirib kelishiga va yoshlarimiz ongi va qalbini zabt etishga, ularni milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash va jamiyatimizda amalga oshiralayotgan fuqarolik jamiyati mezonlariga qarama – qarshi qo‘yishga urinishlar bo‘layotganligi.
Mafkura
viy jarayonlar fikr va g‘oyalar tizimi sifatida inson ongi va qalbiga yo‘naltirilganligi.
Milliy g‘oya o‘z-o‘zini anglashning mahsuli. Milliy g‘oya mohiyatida xalqmanfaatining ifodalanishi.Milliy g‘oya va mafkurani rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy, huquqiy omillari.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari.Sho‘ro siyosiy mafkurasining rasmiy andozalaridan, uning shiorlari varamzlaridan voz kechilishining ob'ektiv sabablari. “Ommaviymadaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishningzaruriyati.
Prezident Islom Karimov “Mafkuraviy maydon” tushunchasiningshakllanish va namoyon bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risida. Turli ko‘lam vamanzaraga ega bo‘lgan mafkuraviy maydonlarda xilma- xil g‘oya vamafkuralar to‘qnashuvi, ziddiyati va o‘zaro hamkorligining aks etishi.Mafkuraviy maydonni tashkil etuvchi omillar, vositalar va g‘oyaviymanbalar. Mafkuraviy maydonlardagi g‘oyaviy ta'sir va aks ta'sirjarayonlari, ularga xos xususiyatlarni aniqlash imkoniyatlari.
“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Mafkuraviy poligonlarning zahirasi, ta'sir ko‘rsatish usullari vavositalari. Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan xavfliliksabablari. Mafkuraviy poligonlarning g‘oyaviy xuruji va ularning aslmaqsad-muddaolarini aniqlash usullari.Mafkuraviy poligon va mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy-siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy jarayonlarning milliy taraqqiyotgaijobiy va salbiy ta'siri. O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarnikeskinlashtirishning g‘oyaviy maqsadlari.
Mafkuraviy jarayonlarning millat mentalitetiga, siyosiy ongiga,diniy e'tiqodiga, ijtimoiy ruhiyatiga ma'naviy-madaniy saviyasigata'siri.Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Bilim xalqma'naviyatida mafkuraviy immunitetni shakllantirishning nazariyasosi. Bilimni amaliyotda qo‘llash malakalarini rivojlantirishvositalari. Individual ongda g‘oya va mafkuraga munosabatnishakllantirishda ijtimoiy muhitning roli va uning intellektualasoslari. Mafkuraviy immunitet va siyosiy madaniyat mutanosibligi.Mafkuraviy immunitetda aql teranligi va xulq atvorning namoyonbo‘lishi.Mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikning mafkuraviyimmunitetni shakllantirishdagi o‘rni. Siyosiy hushyorlik va siyosiymadaniyat mafkuraviy immunitetning muhim omili. Tashqi siyosiyvoqyelikka nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishning o‘zigaxos jihatlari. O‘zbekiston xalqaro mavqyeini mustahkamlashningmafkuraviy, ijtimoiy tarixiy ahamiyati va zaruriyati.
Yangi g‘oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni amalgaoshirishning dolzarb vazifalari. Istiqlolga asoslangan yangi g‘oyalartizimini takomillashtirish, uning ma'naviy ta'sirchanligi va mafkuraviysamarasini oshirish usullari va yo‘llari.
Adabiyotlar
A -16,19,26,33
Q-11,14,20
4-Mavzu. Milliy g‘oya – xalqning ishonchi va e'tiqodi.
Milliy g‘oya xalqning ishonch va e'tiqodiga aylanishi. Ishonch va e'tiqod masalasi milliy g‘oyaning muhim mezoni ekanligi.Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bo‘lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bo‘lib qolgan o‘zining milliy g‘oyasi negizlari bo‘lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va an'analaridan begonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qo‘llab-quvvatlashi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustaxkamlashning muqobili bo‘lmagan bir yo‘li - o‘zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi Milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchni orttirishning ilmiy-nazariy yo‘nalishlari. Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish mezonlari.Millatning o‘zligini anglashi va jahon umumiy tarixiy taraqqiyoti hamda sivilizatsiyasiga mansubligini unga qo‘shgan va qo‘shayotgan hissasini e'tirof eilishi.
Millatning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy mustaqilligi va uni mustahkamlash imkoniyatlarini yaratishi.Jahon hamjamiyatidagi mavqyeini mustahkamlanishi, o‘ziga xos va mos nufuzga ega bo‘lishi. Milliy taraqqiyotning istiqbollarini belgilaydigan strategiyasini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishning taktikasini belgilashda milliy-ma'naviy qadriyatlarga va umuminsoniy madaniyatning uyg‘unligiga milliy g‘oyaning negizlari sifatida qarash zaruriyatining yuzaga kelishi.
Milliy g‘oyani xalqning ishonchi, e'tiqodiga aylantirish asoslariningob'ektiv shart-sharoitlari va sub'ektivomillari.Yoshlarda milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqodni shakllantirish masalasi.
Adabiyotlar
A -11,16,17,29,34
Q-11,15,17
5-Mavzu.Milliy g‘oya, milliy ma'naviy qadriyatlar va ularning umumbashariy tamoyillari.
Milliy ma'naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta'rifi va tavsifi. Milliy ma'naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko‘rinishlari. Milliy ma'naviy qadriyatlarni boyitishda milliy g‘oyaning ahamiyati. Ma'naviyatni yuksaltirishda milliy g‘oyaning ahamiyati.Milliy g‘oya va ma'naviy qadriyatlarning uzviy bog‘liqligi. O‘zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar, urf-odat va marosimlarni tahlil qilish. Tarixiy meros va tarixiy xotira masalasi. Madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo‘lyozmalarning milliy g‘oyani shakllantishdagi ahamiyati. Ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalarisan'at va milliy adabiyot asarlarida milliy g‘oyaning aks etishi. Diniy qadriyatlar, urf-odat, an'ana va marosimlarlarni milliy g‘oyada aks etishi. Ma'rifat, ta'lim-tarbiya Milliy qadriyatlar – milliy g‘oyaning ma'naviy negizi xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi. Jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi. Ota-ona, mahalla, jamoatga yuksak hurmat-e'tibor. Millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat. Kattaga - hurmat, kichikka – izzat, mehr-muhabbat, go‘zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom. Sabr-bardosh va mehnatsevarlik.Milliy g‘oyaning umumbashariy tamoyili-insonparvarlikning xalqimiz mentalitetiga aylanganligi. Adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini targ‘ib etish. Jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma'naviy-ruhiy omil bo‘lish. Qonun ustvorligini, millatlararo hamjihatlilikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga intilish. Vayronkor va turli g‘arazli g‘oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g‘oyalar rivojlanishining omili bo‘lishi.
Adabiyotlar
A -5,6,7,8,9,23,35
Q-2,4,6,10,15
6-Mavzu. Jamiyat barqarorligini ta'minlashning
ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari
Jamiyat barqarorligini ta'minlashda iqtisodiy-siyosiy,ijtimoiy - ma'naviy omillarning mushtarakligi.Milliy g‘oyaning etnosiyosat va etnomadaniyat rivojigata'siri. O‘zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va undaetnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy vaijtimoiy asoslari. O‘zbekistonda yashayotgan etnik birliklar tafakkuridamilliy g‘oyaga sadoqatni shakllantirishning ob'ektiv va sub'ektivomillari. Mamlakatda millatlararo (totuvlik), hamkorlik, vadinlararo bag‘rikenglik, (tolerantlik)-ijtimoiy barqarorliknita'minlash sharti, uning siyosiy va qonuniy-huquqiy asoslarinimustahkamlashda davlatning bosh islohotchilik roli. "O‘zbekiston – yagonavatan" g‘oyasi barqarorlikni ta'minlashning nazariy asosi.
O‘zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkilqilinishi millatlararo barqarorlikni ta'minlash vositasi.Madaniy muloqot ko‘p millatli aholi orasidagi barqarorlik omili.Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.O‘zbekistonda rasmiy tan olingan diniy konfessiyalar faoliyatiningmillatlararo totuvlikni ta'minlashdagi roli. 2007 yilda “Toshkent -islom madaniyati poytaxti” deb e'lon qilinishining tarixiy ahamiyati.Toshkent Islom universiteti va Toshkent Islom institutining aholiongida dinga munosabatni shakllantirishdagi roli.O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi va siyosiy mavqyei mustahkamlanishida millatlararo va dinlararo tolerantliknimustahkamlash tajribalarining demokratik xarakteri va xalqaroahamiyati.
Mustaqillik va huquq, demokratiya va oshkoralik - milliy o‘z-o‘zinianglash, axloqiy yangilanish, milliy ma'naviy tiklanishning asosi. “Bumuqaddas vatanda azizdir inson”, “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan”g‘oyalarining ijtimoiy ma'naviy ahamiyati.Dunyo mamlakatlarida yashovchi etnik birliklarning milliy o‘zliginianglashi uchun yaratilayotgan shart sharoitlarning mafkuraviy ahamiyati.Ba'zi mamlakatlarda millat va elatlar kamsitilishining oqibatlari.Ayrim MDH davlatlarida siyosiy institutlar va liderlarga xalqishonchi yo‘qolishining sabablari. Dunyo mamlakatalaridagi beqarorliksabablari. Beqarorlik hukmron mamlakatlarda qochoqlarning ahvoli.Dunyoda tinchlik o‘rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot,erkinlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik, milliy va diniy totuvlikg‘oyalarining ustuvor ahamiyati.
Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta'siri.Tafakkurga jamiyat, maktab, oila va tarbiyani amalga oshiruvchi boshqaomillar ta'sirining o‘zaro nisbati. Milliy g‘oyaning tafakkurkonservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni.Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni. “O‘zbekmodeli”-evolyusion taraqqiyot g‘oyasining gumanistik xarakteri.Ijtimoiy ong va tafakkur yangilanishiga milliy taraqqiyot modelining ijobiy ta'siri.Milliy g‘oya qonun ustivorligiga asoslangan demokratik davlat vaerkin fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy omili. Davlatboshqaruvini demokratlashtirish va jamiyat hayotini modernizatsiyalashningg‘oyaviy asoslari. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”tamoyili, uning barcha sohalardagi ma'naviy yangilanish va tafakkuro‘zgarishidagi o‘rni va ahamiyati.Milliy g‘oya va ma'naviy hayot. Istiqlol yillarida ma'naviytiklanish va yuksalish sohasidagi islohotlar jarayoni. Prezident IslomKarimovning “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” asarining yangi dunyoqarashva zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati. Yuksak ma'naviyatnishakllantiradigan asosiy mezonlar.Milliy o‘zlikni anglash va ma'naviy yuksalishning strategik vataktik vazifalari. Prezident Islom Karimov asarlari – milliyma'naviy taraqqiyot g‘oyasining konseptual asosi va ularning ahamiyati.
Mafkuraviy munosabatlarda milliy va umuminsoniy manfaatlarbirligini ta'minlash imkoniyatlari.Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikkaerishish ostonasida” kitobining tafakkur yangilanishiga ta'siri.Milliy g‘oya- ma'naviy yangilanishning nazariy va amaliy asosi. Barkamolavlod tarbiyasida mafkuraning ta'sirchanlik rolini oshirish vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |