Toshkent tibbiyot akademiyasi I- ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi Iqtisodiyot nazariyasi fani Mavzu: 6- bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor va uning tuzilishi. Mavzu


III. Bozor, uning vazifalari va tuzilishi



Download 62 Kb.
bet4/6
Sana11.01.2017
Hajmi62 Kb.
#56
1   2   3   4   5   6
III. Bozor, uning vazifalari va tuzilishi.

Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishinatijasida kelib chikkan tarixiy tushuncha bo‘lib, xozirgi davrda keng tarkalgan obektiv iqtisodiy jarayondir.

Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. U xar kanday ayirboshlashni emas, balki pul vositasidagi, oldi-sotdi shaklidagi ayirboshlashni bildiradi. Bozorning eng muxim sharti ayirboshlaganda pulning vositachi bo‘lishidir.

Bozorda ikki xil jarayonlar amalga oshiriladi.

Birinchi jarayon- tovarlarni sotish. Bunda tovar pulga almashadi, ya'ni T-P tovarni sotish yuz beradi.

Ikkinchi jarayon- tovarni xarid etish,ya'ni P-T pul tovarga almashadi.

Oldi-sotdi bozordagi yaxlit muomalaning ikki tomoni bo‘lganidan, unda sotuvchi va xaridorni ishtiroq etishi mukarrardir.

Bozor ishlib chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yigindisidir.

Bunda bozorning joy emas, balki tovar va pulning xarakti tashkil etadi.

Bozordagi oldi-sotdi munosabatlarining obekti xilma-xil tovarlardir, yani moddiy resurslar, ish kuchi, yer-suv, bino-inshoot, pul kapitali, kimmatbaxo kogozlar, akliy mexnat maxsuli bo‘lgan tovarlar, xar xil ishlab chiqarish uchun va iste'molchiga ko‘rsatadigan xizmatlar.

Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo‘lsa, bozor obektlari shunchalik ko‘p va xilma xil bo‘ladi.

Bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo‘linadi. Bo‘larning xar kanday turidan kat'iy nazar uning ishtiroqchilari (subektlari) fukarolar (uy xo‘jaliklari), turli xil korxonalar, firmalar va davlat tashqilotlaridir.

Bozor subektlari ikki guruxga bo‘linadi, ya'ni sotuvchilar va xaridorlar. Ular bozor munosabatlarida turli vazifani bajaradilar: Sotuvchilar tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi.

Bozor o‘z subektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiklashtiradi.

Sotuvchilar- tovar va xizmatlarni taklif etuvchi firma, korxona yoki ayrim ishlab chiqaruvchi, ish kuchi, yer-suv, mashina uskuna, bino inshoot egasi, pul kapital, kimmatbaxo kogozlar va valyuta soxiblari.

Xaridorlar- oddiy iste'molchi fukarolar, resurs oluvchi va ish kuchini yollovchi tadbirkorlar, davlat idoralari jamoat tadbirkorlari.

Bozor o‘z rivojida ikki bosqichni o‘taydi:

Birinchisi, tartibsiz bozor bosqichi- bu bosqichda bozor aloqalari stixiyali tarzda o‘rnatiladi, ishlab chiqaruvchi uchun bozor noma'lum bo‘ladi. Stixiyali bozordabelgilangan tartib-koida amal qilmaydi. Bunday bozor taraqqiylashmagan, yovvoyi bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lib, o‘tmishda mavjud bo‘lgan. Lekin ularning ayrim ko‘rinishlar xozir mavjud. Xozirgi dexkon bozori va chayqov bozorlari tartibsiz bozor namunasidir.

Ikiinchisi, bu tartiblangan bozor bosqichidir. Bu bozorga xos bo‘lgan qonunlar ko‘r-ko‘rona amal qilavermaydi, bozor aloqalari shu qonunlarga oldindan moslashtirib boriladi. Bu yerda noma'lumbozorga ishlab chiqarish yuz bermaydi.

Bozor va uning segmentlari oldindan taxlil etilib o‘rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor bilan uzviy bog‘lanadi. Bunday bozor rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xosdir, bunday bozor xozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjud.

Bozor qo‘yidagi vazifalarni bajaradi:

1)Ishlab chiqaruvchi, resurs egalari va iste'molchilarni bog‘lash asosida tovarlar, xizmatlar xamda iqtisodiy resurslarning ayirboshlanishini ta'minlash;

2)Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam berish;

3)Iqtisodiy resurslarni tarmoqlar, soxalar va korxonalar o‘rtasida taksimlash xamda kayta taqsimlash;

4)Iqtisodiyotni tartibga solib turish;

5)Mamlakatlar, xalqlar o‘rtasida iqtisodiy xamkorlikni o‘rnatish.

Bozor xalqaro mexnat taksimoti takozo etgan iqtisodii aloqalarni urnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Bozor turli xil vazifalarni bajarsada, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini takozo qiladi. Bozor unsurlarining o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va bir-birini takozo etishi bozorning ichki to‘zilishini tashkil etadi. Bozorning ichki to‘zilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga xar xil mezonlar asos qilib olinadi.

Bularga bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan

maxsulot turi, bozor subektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xususiyati va boshqalar.

Bozorning turkumlanish mezonlari.

I..Ayirboshlashga chiqarilgan oldi-sotdi obektiningturiga ko‘ra:

1)iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori;

2)ishlab chiqarish omillari bozori;

3)kuchmas mulk bozori;

4)moliya bozori;

5)intellektual tovarlar va nou-xau bozori.

II..Raqobatning yetuklik darajasi yoki bozor subektlarining mavkeiga ko‘ra:

1)sof raqobatli bozor;

2)sof monopolistik bozor;

3)monopolistik raqobatli bozor;

4)oligopolistik bozor.

III.Xududiy qamrov darajasiga ko‘ra:

1)maxalliy bozorlar;

2)milliy bozorlar;

3)xududiy bozorlar;

4)jaxon bozorlari.

IV.Savdo bitimlarini amalga oshirilishi tartibiga bog‘liq:

1)chakana savdo bozorlari;

2)ulgurji savdo bozorlari.

V.Mulk shakllariga ko‘ra:

1)Davlat sektori;

2)Kooperativ savdo;

3)Dexkon bozori.

VI..Bozor aloqalarining qonuniyligi darajasiga ko‘ra:

1)Qonuniy amal qiladigan bozor;

2)Xufyona amal qiladigan bozor.

Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi xisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subektlarining barcha uchta turi: fukarolar (uy xo‘jaliklari), davlat va korxonalar qatnashadi.

Bozor qanchalik turlanmasin, ixtisoslashmasin, baribir, u oldi-sotdi orqali, kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni urnatishga xizmat qiladi.


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish