Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

hamkorlikni
vazifalar, dushman 
hujumining ehtimoli bo„lgan yo„nalishlar va bo„ysunuvchi bo„linmalar 
harakatlarining variantlariga ko„ra tashkillashtiradi.
Hamkorlikni tashkillashtirayotganda u vzvodlarning (jangovar, tankchi 
guruhlarning) o„zaro harakatlarini zirhli guruh, olovli pistirmalar, artilleriya 
bo„linmalari (o„t ochib madad berish guruhi), boshqa o„t ochish vositalari hamda 
hujum uchun boshlang„ich holatidagi dushmanni mudofaaning oldingi chizig„iga 
qarab harakatlanayotgan, tizilayotgan va hujumga o„tayotgan vaqtda yo„q qilish, 
oldingi chiziq oldida va mudofaa hududiga (tayanch punktga) yorib kirgan 
dushman tanklari va piyodalarining hujumini qaytarish bo„yicha qo„shnilarning 
harakatlari bilan muvofiqlashtiradi.
Hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri 
quyidagilarni bajarishi shart:


77 
shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriya bo„linmalari, shuningdek o„t ochib 
madad berish guruhi bo„linmalarining o„t ochishga oid vazifalarga aniqlik kiritish;
tanklar, piyodalar jangovar mashinalari va tankka qarshi vositalardan 
dushmanga qarata o„t ochish marralarini, shuningdek, eng muhim yo„nalishlarda 
vzvodlarning (jangovar, tankchi guruhlarning) o„t ochish amalini jamlash 
uchastkalari va uni olib borish tartibini belgilab berishi;
ilg„or pozitsiyani (jangovar qo„riqlash xizmati pozitsiyasini) mudofaa 
qilayotgan bo„linmalar harakatini ilg„or pozitsiyani (jangovar qo„riqlash xizmati 
pozitsiyasini) qo„lda saqlab turish bo„yicha birinchi eshelondagi vzvodlar, 
qo„shimcha berilgan va madad berayotgan artilleriya bo„linmalarining harakatlari 
bilan muvofiqlashtirish hamda uni mudofaa qilayotgan bo„linmalarning chekinish 
tartibi;
birinchi va ikkinchi eshelonlardagi vzvodlarning harakatlarini zirhli guruh, 
shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriya bo„linmalari, o„t ochib madad berish 
guruhi, qo„shimcha berilgan muhandislik-sapyor bo„linmasi, shuningdek, olovli 
pistirmalar va joydan joyga ko„chib yuradigan o„t ochish vositalarida harakat 
qilayotgan bo„linmalarning (o„t ochish vositalarining) dushman tanklari va 
piyodalarining hujumini qaytarish, piyodalarni tanklardan ajratib qo„yish, oldingi 
chiziq oldida, qanotlarda, oraliqdagi ochiq joylar va qo„shnilar bilan tutashuv 
joylarida, mudofaaga yorib kirganda dushmanni yo„q qilish hamda uning havo 
desanti va aeromobil guruhlari bilan kurashish bo„yicha harakatlari bilan 
muvofiqlashtirish;
zenit va motoo„qchi (tankchi) bo„linmalarini dushmanning samolyot va 
vertolyotlariga qarata o„t ochish va o„t ochish amalini olib borish tartibini, o„z 
samolyot va vertolyotlarini tanib olish, shuningdek, o„zi joylashgan joyni ishora 
qilishning usullari va signallarini ko„rsatib o„tishi; aviatsiya mo„ljallovchisi va 
ishora berish postlarining (punktlarining) harakat tartibini muvofiqlashtirish;
kimning, qaerda va qanday navbatchi vositalarga ega bo„lishi kerakligi, 
shuningdek, dushman razvedkasini yo„q qilish tartibini belgilab berish; 
xabar berish, boshqaruv va hamkorlik signallarini xabar qilish.


78 
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida 
quyidagilarga alohida e'tibor qaratadi: dushmanni aldash, nisbatan xavfli 
yo„nalishlardagi mudofaani o„z vaqtida kuchaytirish maqsadida kuch va 
vositalaring manyovri, manyovr o„tkaziladigan yo„llar, to„siqlar orasidagi yo„llar 
va g„ovlarni oshib o„tish joylarini belgilash tartibini belgilash bo„yicha choralarga; 
dushman tomon ommaviy qirg„in qurolidan foydalangan taqdirda o„z 
bo„linmalarining harakat usullarini belgilash va niqoblash tadbirlariga.
Ikkinchi eshelondagi motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri, mudofaani 
tashkillashtirish bo„yicha tadbirlarni o„tkazishdan tashqari, birinchi eshelondagi 
Motoo‟qchi batalyonlar (vzvodlar) bilan hamkorlik tartibiga aniqlik kiritadi, 
dushmanning olovli zarbalari natijasida hosil bo„lgan yoriqlarni yopish bo„yicha 
bajariladigan harakatlar tartibini belgilaydi va unga ko„rsatilgan yo„nalishlarda 
qarshi hujumlarni tayyorlaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) va tankchi batalyon (vzvod) komandiri o„t 
ochish marralarini tayyorlaydi va jang mobaynida ularni egallash tartibini, 
shuningdek, mazkur marralar tomon harakatlanish vaqtida bo„linmalarni 
dushmanning o„ta aniq qurolidan himoyalash bo„yicha tadbirlar tartibini belgilaydi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish