396
etiladigan vaqtni sezilarli darajada tejaydi va joyning uch o„lchamli modelini
yaratadi.
O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig„ining
2006
yil
26
apreldagi
84-sonli
buyrug„i bilan Elektron raqamli
topografikxaritalar tuzish va O„zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarida
ulardan foydalanishda «Panorama» Geoaxborot tizimidan foydalanish faoliyati
joriy etildi.
Harbiy ahamiyatdagi geoaxborot tizimga qo„yilgan asosiy talablar
qo„shinlarni boshqarish organlarida va qurollarni o„rganish vaziyatida tahlil
qilish va
baholash, operatsiyalarni rejalashtirish, nishonlarni ko„rsatish va uchish
vazifalarini tayyorlash jarayonida qo„llash uchun qulay ko„rinishdagi katta
hajmdagi turli ko„rinishdagi koordinata-vaqt ma‟lumotlarini qayta tuzish
(o„zgartirish), yoki ko„rsatishdan iboratdir. Bunday ma‟lumotlarning aniqlovchi
ko„rinishi elektron raqamli topografikxaritalar hisoblanadi. GISda xaritalarga
maxsus joy ajratilgan. GISda xarita tuzish jarayoni qo„l bilan,
yoki avtomatik
kartografiyaning an‟anaviy usullariga nisbatan juda oson va qulay.
Boshlang„ich ma‟lumotlar manbasi sifatida oddiy qog„ozdagi xaritaning
raqamlangan ko„rinishidan foydalansa bo„ladi. GISga asoslangan kartografik
ma‟lumotlar bazasi uzluksiz (alohida varaqlar va hududlarga bo„linmagan) va
muayyan masshtabga bog„liq bo„lmagan bo„lishi mumkin. Bu ko„rinishdagi
ma‟lumotlar bazasi asosida istalgan hudud uchun,
istalgan masshtabda kerakli
vazifani yuklash, zarur shartli belgilar bilan ajratish va tasvirlash (elektron
ko„rinishda, yoki qog„ozda) mumkin. Ma‟lumotlar bazasi istalgan vaqtda yangi
ma‟lumotlar bilan to„ldirilishi (masalan, boshqa ma‟lumotlar bazasidan olib),
unda mavjud ma‟lumotlar esa, zarur bo„lganda tuzatilishi mumkin.
Elektron raqamli topografikxaritalar O„zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari topografiya xizmati qismlari tomonidan tuziladi, shuningdek, ko„p
maqsadli mo„ljallanishini hisobga olganda bu qismlar kartografik asosni tuzish
va yangilash ishlari bilan ham shug„ullanishadi.
397
Elektron raqamli topografikxaritalardan qo„shinlarni
boshqarish tizimida
qo„shinlarni boshqarish hujjatlarini ishlab chiqish, yig„inlar tashkil etilishining
safarbarlik rejalarini tuzish, vaziyatning tezkor ma‟lumotlarini
aks ettirish
uchun, shuningdek, jangni tashkil qilish va olib borishda joyning taktik
xususiyatlari ta‟sirini (o„tish sharoiti, orientirlanish,
kuzatish, qo„shinlar
himoyasi va maskirovkasi) baholash, vositalarni jangovar qo„llashda hisoblarni
bajarish, nishonlarni ko„rsatish va taqsimlash, jangovar
harakatlar modelini
ishlab chiqish bo„yicha vazifalarni yechishda axborot ta‟minotining asosi
sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: