Muhandislik minasi
- bu dushmanning shaxsiy tarkibi, texnikasi va
boshqa ob‟ektlarini shikastlash uchun mo„ljallangan o„q-dori. U portlovchi
modda zaryadining va uni portlatish uchun portlatish vositasi bilan konstruktiv
birikmasidir.
Tankka qarshi minalar va minali maydonlar.
Tankka qarshi minalar tank zanjiriga qarshi, tank tubiga qarshi va tank
bortiga qarshi turlariga bo„linadi. Ular yer-joyni dushmanning tanklariga,
o„ziyurar raketa va artilleriya qurilmalariga, zirxlitransportyorlariga va boshqa
jangovar va transport texnikalariga qarshi minalashtirish uchun mo„ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |