Transheyaga qarata,
granatalar bilan – o‟t och
» komandasiga ko‟ra, jangda esa bundan tashqari
mustaqil tarzda uloqtiriladi.
Granatani uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
granatani qo‟lga olib, barmoqlar bilan o‟t ochish tirgagini granata
korpusiga siqib, tutiladi;
o‟t ochish tirgagini mahkam siqib turgan holda ikkinchi qo‟l bilan
saqlovchi tortqi uchlari to‟g‟rilanadi va uni barmoq bilan halqasidan tortib,
zapaldan sug‟urib olinadi;
quloch ochib, granatani nishonga qarata uloqtiriladi; mudofaa mobaynida
qo‟llaniladigan granata uloqtirilganda pana ortiga o‟tiladi.
Ayni paytda qurol tezkor harakatni taqminlovchi holatda bo‟lmog‟i lozim.
Granatani bir joyda tik turgan holatda uloqtirish uchun quyidagi amallar
bajariladi:
nishonga yuzlanib turiladi;
granatani o‟ng qo‟lga (chapaqay – chap qo‟lga), qurolni esa chap (o‟ng)
qo‟lga olib, saqlovchi tortqi sug‟uriladi;
o‟ng (chap) oyoq bilan, tizzani bukib, ortga bir qadam tashlanadi;
308
tanani o‟ngga (chapga) bir oz burib, (eshib) granata yoy bo‟yicha pastga va
ortga tortiladi;
o‟ng (chap) oyoqni tez to‟g‟rilab turib, ko‟krak nishon tomonga buriladi va
granatani elka uzra olib o‟tib, uloqtiriladi. Granata qo‟yib yuborilayotganda
tirsak qo‟shimcha siltanadi. Uloqtirish mobaynida tana og‟irligi chap (o‟ng)
oyoqqa o‟tkazilib, qurol keskin ortga tortiladi.
Granatani tizzada turib uloqtirish uchun quyidagiamallar bajariladi:
tizzaga turiladi;
granatani o‟ng qo‟lga, qurolni esachap qo‟lga olib, saqlovchi tortqi sug‟urib
olinadi;
tanani ortga tashlab, o‟ngga buriladi va quloch ochiladi;
bir oz ko‟tarilib, granatanielka uzra oshirib, harakat so‟ngidachap oyoq
tomonga keskin bukilib, uloqtiriladi.
29-rasm. Granatani tizzada turgan holatda uloqtirish usuli
Granatani harakat mobaynida uloqtirish uchun (29-rasm) quyidagi
harakatlar bajariladi:
granatani yarim bukilgan o‟ng qo‟lda, qurol esa chap qo‟lda tutilib,
saqlovchi tortqi sug‟urib olinadi;
chap oyoq tashlanganda qo‟l granata bilan birgalikda oldinga chiqariladi;
navbatdagi qadam tashlanganda (o‟ng oyoq bilan) qo‟l yoy bo‟yicha
pastga ortga harakat qilishni davom etadi va ayni paytda tana o‟ngga buriladi;
uchinchi qadamda, chap oyoqni nishon yo‟nalishi tomon uchiga qo‟yib,
o‟ng oyoqning tizzasi bukiladi va tana burilishi, quloch ochilishi to‟xtatiladi;
309
harakat tezligidan foydalanib, uloqtirish jarayoniga oyoq, tana va qo‟l
kuchini mujassamlashtirgan holda, granatani, elka uzra oshirib uloqtiriladi.
30-rasm. Granatani harakat mobaynida uloqtirish usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |