Ommaviy qirg„in qurol
– qurolli kurash kechayotgan yirik hududlar va
fazoning barcha sohalarida qisqa muddat ichida ommaviy qirg„in keltirish va ulkan
vayronagarchiliklar hosil qilish qobiliyatiga ega bo„lib, o„tkazadigan ta'sirining
tanlanish darajasi past bo„lgan qurolli kurash vositasi.
OQQ vositasida shikast yetkaziladigan ob'ektlar jumlasiga odamlar, ular
mehnatining mahsuli, yashashlari uchun zarur bo„lgan tabiiy muhit, ya'ni
o„simliklar dunyosi, hayvonot olami, tuproq qatlami, iqlim va geofizika
elementlari kiradi.
OQQning shikast yetkazish omillari yuqorida zikr etilgan ob'ektlarga
bevosita qurol qo„llanilganidan so„ng ham, kelgusi uzoq vaqt ham ta'sir o„tkazib
borishi mumkin. Bunday qurol qo„llanilganidan so„ng ko„riladigan yo„qotish va
yuzaga keladigan vayronaliklar miqyosi qo„shinlar va tinch aholiga nihoyatda
kuchli ma'naviy-ruhiy ta'sir o„tkazadi. OQQning mavjud turlariga yadro quroli,
kimyoviy qurol, biologik (bakteriologik) qurol, radiologik qurol, qudratli yondirish
qurollari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |