Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

3.Motoo‟qchi batalyoni hujumda 
Umumiy qoidalar 
Hujum
- dushmanni tor-mor (yakson) qilish va tabiiy joydagi muhim 
hududlarni (marralarni, ob'ektlarni) egallash maqsadlarida o„tkaziladi. U barcha 
mavjud vositalar bilan dushmanga shikast yetkazish, dadil hujum qilish, 
bo„linmalarni uning joylashuvini ichki sarhadlari tomon shiddatli harakatlanishi, 
tirik kuchni yo„q qilish va asir olish, qurol-aslaha va texnikani, tabiiy joydagi turli 
ob'ektlar va belgilangan hududlarni (marralarni) qo„lga kiritishni o„z ichiga oladi.
Hujum uzoq yoki qisqa muddatli mudofaadan so„ng, qo„shinlarning qarshi 
hujumga o„tishi vaqtida, shuningdek, qarshi hujum operatsiyasida (jangovar 
harakatlarda) erishilgan muvaffaqiyatni rivojlantirish uchun qo„llanilishi mumkin.
Qarshi turgan dushmanni tor-mor qilish va tabiiy joyning muhim hududlarini 
(marralarini, ob'ektlarini) qo„lga kiritishga shikast yetkazishning barcha 
vositalarini ustalik bilan qo„llash, aviatsiya zarbalari va artilleriya olovining 
natijalaridan tez va unumli foydalanish, dushman mudofaasining ichki 
sarhadlaridagi sa'y-harakatlarni o„z vaqtida jadallashtirish, aylanib o„tish va 
qurshab olish usullarini keng qo„llash hamda dushmanga qanot va front orti 
tomondan hujumlarni amalga oshirish orqali erishiladi. 
Hujum mudofaalanayotgan, oldiga qo„yilgan vazifalarini hujumga o„tish 
orqali hal etishga urinayotgan (to„qnash jang) yoki chekinayotgan dushmanga 
qarshi (ta'qib) olib borilishi mumkin. U ichki sarhadlardan chiqib yoki dushman 
bilan bevosita to„qnash kelganda, uning ta'minot chizig„ini (zonasini) yengib 
o„tish, uning mudofaasiga yorib kirish yoki to„qnash jangni olib borish bilan 
boshlanishi mumkin.
Hujum, qoidaga ko„ra, dushman mudofaasini yorib kirishdan boshlanib, 
bunda uning mudofaa hududida bo„shliq yaratish hamda keyinchalik uni qanotlar 
va ichkariga qarab kengaytirish maqsadida barcha turdagi qurollar olovi hamda 
motoo„qchi va tankchi bo„linmalarning dadil hamlasi bilan tor uchastkada 
dushman qarshiligi sindiriladi. Motoo‟qchi batalyon (vzvod), odatda, brigada 
tarkibida dushman mudofaasini yorib kiradi. 


117 
Dushman mudofaani shoshilinch (yaxshi tayyorlanmay) egallaganda, unda 
oraliqdagi ochiq joylar va ochiq qanotlar mavjud bo„lsa, hujum nisbatan kengroq 
front bo„ylab o„tkaziladi hamda o„t ochib dushmanga shikast yetkazish va 
kuchlarning bir qismi bilan frontdan, shuningdek, qanot va front ortidan hamla 
qilish (buning uchun dushman mudofaasidagi zaif tomonlaridan foydalangan 
holda) bilan boshlanishi mumkin.
Hujum kuchlarning to„liq shiddati bilan, yuqori sur'atlarda, kunduzi va tunda, 
har qanday ob-havo sharoitlarida, barcha qo„shin turlari va maxsus qo„shinlarning 
bo„linmalari bilan yaqin hamkorlikda olib boriladi. Bo„linmalar dushmanning 
qanotlari va front ortiga tez yetib borish, dadil hamlalarni amalga oshirish, uning 
jangovar tartibini bo„lib yuborish va dushmanni qismlarga ajratgan holda yo„q 
qilish maqsadida manyovr uchun tabiiy joyning xususiyatlaridan ustalik bilan 
foydalanishga tayyor bo„lishlari kerak.
Motoo‟qchi batalyon brigadaning birinchi eshelonida hujum qilishi, uning 
ikkinchi esheloni yoki umumqo„shin rezervini tashkil etishi, shuningdek, avangard, 
ilg„or yoki dushman ortida harakat qiluvchi (maxsus, aylanib o„tuvchi) otryad 
sifatida harakat qilishi mumkin.
Motoo„qchi (tankchi) vzvod motoo‟qchi batalyonning birinchi eshelonida 
hujum qilishi, uning ikkinchi esheloni yoki umumqo„shin rezervini tashkil etishi, 
shuningdek, bosh yurish zastavasida, aylanib o„tuvchi, maxsus va razvedka 
otryadlarida harakat qilishi mumkin.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod), bundan tashqari, taktik havo desanti sifatida 
harakat qilishi yoki hujumkor otryadning (hujumkor guruhning) asosini tashkil 
etishi mumkin.
Motoo„qchi brigadaning tankchi batalyoni (vzvodi) hujum vaqtida birinchi 
(ikkinchi) eshelonning (rezervning) motoo‟qchi batalyon (vzvod) taktik guruhlarini 
shakllantirish maqsadida motoo„qchi batalyonlar (vzvodlar) ixtiyoriga berilishi 
mumkin.
Motoo‟qchi batalyonning minomyot batareyasi, qoidaga ko„ra, bevosita 
motoo‟qchi batalyon komandirining bo„ysunuvida qoladi hamda motoo‟qchi 


118 
batalyonning asosiy sa'y-harakatlari jamlangan yo„nalishda hujum qilayotgan 
birinchi eshelon bo„linmalariga olovli madad berish uchun markazlashgan holda 
qo„llaniladi. Motoo‟qchi batalyon taktik guruhining minomyot batareyasi vaziyat 
sharoitlari va komandirning qaroridan kelib chiqib o„t ochish guruhlariga ajratilgan 
holda yoki to„liq tarkib bilan asosiy sa'y-harakatlar jamlangan yo„nalishda harakat 
qilayotgan birinchi eshelondagi vzvod taktik guruhlarining ixtiyoriga berilishi 
mumkin.
Motoo‟qchi batalyonning zenit bo„linmasi va tankka qarshi guruh (agar u 
motoo‟qchi batalyon tarkibiga kirsa), qoidaga ko„ra, bevosita motoo‟qchi batalyon 
komandirining bo„ysunuvida qoladi hamda uning qaroriga muvofiq harakat qiladi.
Motoo„qchi vzvodning o„t ochib madad berish guruhi hujum vaqtida vzvod 
komandirining qaroriga muvofiq harakat qiladi. Bunda granatomyot seksiyasi, 
qoidaga ko„ra, to„liq tarkibda markazlashgan holda qo„llanilib, vzvodning asosiy 
sa'y-harakatlari jamlangan yo„nalishda harakat qilayotgan jangovar guruhlarga 
olovli madad berish uchun mo„ljallanadi hamda bevosita vzvod komandirining 
bo„ysunuvida bo„ladi.
O„t ochib madad berish guruhining pulemyot seksiyasi, odatda, raschetlarga 
ajratilgan holda vzvodning asosiy sa'y-harakatlari jamlangan yo„nalishda harakat 
qilayotgan jangovar guruhlarni kuchaytirish uchun qo„llaniladi, ba'zi holatlarda, 
yuzaga kelgan vaziyat va komandirning qaroridan kelib chiqib, undan 
markazlashgan holda ham foydalanish mumkin.
Motoo„qchi (tankchi) batalyon 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish