Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


Ishchi xaritaga jangovar vaziyatni tushirish tartibi



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

Ishchi xaritaga jangovar vaziyatni tushirish tartibi.
Har bir ofitser o„z ishchi xaritasini shunday olib borishi kerakki, boshqa 
ofitser uning xaritasidagi holatni erkin anglamog„i mumkin bo„lishi. 
Vaziyat ma‟lumotlari belgilangan shartli belgilar bilan ingichka chiziqda 
xaritaga tushiriladi. Bunda imkoni boricha,xaritaning topografik asosini 
xiralashtirmaslikka, undagi orientirlarni, aholi punkti nomlari, daryolar, 
balandlik belgilari, ko„prik yozuvlari va joydagi boshqa ob‟ektlarning raqamli 
tavsiflari yaxshi o„qilishiga intilish zarurdir. 
Jangovar vaziyat ishchi xaritaga shartli belgilarni yakka tartibda va guruh 
usulida bir xil rangda (ko„k) dushmanni va shartli belgilar kombinatsiyasi bilan 
bir xil rangda o„z qo„shinlari holati tushiriladi. 
O„z bo„linmalariga tegishli motoo„qchi, tank, havo desanti, aviatsiya va 
ularning front orti tomoni o„rni, vazifasi va harakati xaritada qizil rangda mos 
belgilar bilan belgilanadi. 
O„z bolinmalariga tegishli artilleriya, zenit, muhandis, kimyoviy, radio va 
aloqa bo„linmalari va ularning o„rni, vazifasi va harakati xaritada qora rangda 
mos belgilar bilan belgilanadi. 


377 
Dushman qo„shinlari - ularning o„rni, harakati, boshqarish punktlari, o„q 
otish vositalari marralari, mudofaa moslamalari va boshqa ma‟lumotlar xaritada 
ko„k rang bilan tushiriladi. 
Bo„linma nomlari, tartib raqamlari va tushuntirish yozuvlari o„z 
qo„shinlariga taalluqliligi qora rangda, dushmanniki esa ko„k rangda belgilanadi. 
Qo„shinlar o„rni va harakati uzluksiz chiziq bilan belgilangan shartli 
belgida, harakatlanishiga mo„ljallangani esa uzuq (punktir) chiziq bilan 
tushiriladi. Qo„shinlar joylashgan zaxira rayonlari va zaxira marralari Z harfi 
bilan belgi ichida yoki yonida uzuqlik chiziqlar bilan belgilanadi.
Qo„shinlarning yolg„on rayonlari, yolg„on moslamalari va ob‟ektlari E 
harfi bilan belgi ichida yoki yonida uzuq-uzuq chiziqlari bilan belgilanadi. 
Uzuq-uzuq chiziqlar shtrixi uzunligi 3-5 mm, shtrixlar orasi esa 0,5-1 mm 
bo„ladi. 
Motoo„qchi bo„linmalar mudofasi, mudofaa marralari, handaqdagi o„q 
otish vositalari xaritada shtrixli chiziqlar bilan tushiriladi.Chiziqlar qalinligi, 
uzun o„ralar egallangan bo„lsa chiziq qalinligi 1-1,5 mm, agar yo„q bo„lsa chiziq 
qalinligi 2 baravar ingichka bo„ladi. Bundan tashqari bo„linmalar bilan egallagan 
mudofaa marralari 
1-2 mm uzuq bo„lgan chiziq bilan chiziladi. 
Shtrixlarqalamning chizig„i bo„yicha harakatiga perpendikulyar tushiriladi. 
Barcha hollarda shtrixlar qalinligi va uzunligi bir xildir; qalinligi 0,5-1 mm, 
uzunligi 1-1,5 mm. Shtrixlar orasidagi masofa 2-3 mm ni tashkil etadi. 
Uzun o„ralar (transheya), o„q otish marralari, chiziqlar va vazifalar 
xaritaga relyef va gidrografiyani hisobga olgan holda tushuriladi. 
Harakat marshruti jigarrang chiziq bilan 0,5-1 mm qalinlikda yo„l shartli 
belgisining janubiy yoki sharqiy tomonida undan 2-3 mm masofada ko„rsatiladi. 
Chiziq o„tkazilayotganda yo„l oldi shartli belgilarni moslamalarni, ko„priklarni, 
ko„tarma, o„yilma va boshqa ob‟ektlarni orientir bo„lib xizmat qiladigan 
ob‟ektlarni xiralashtirib qo„yishdan ehtiyot bo„lish kerak. Zarur bo„lgan vaqtda 
bu chiziqni uzib qo„yish mumkin. Razvedka qilingan marshrut uzluksiz chiziq 
bilan, rejalashtirilgan va zaxirali uzuq-uzuqlik chiziqlar bilan ko„rsatiladi. 


378 
Bo„linmalar o„rnini har xil vaqtda tushirishda shartli belgilari qo„shimcha 
shtrixlar, nuqtalar, uzuq chiziqlar va boshqa belgilar yoki har xil ranglar bilan 
belgilanadi. 
Qo„shinlarning u yoki bu vaqtdagi o„rni bo„linmalar nomi osti yoki bu 
vaqtdagi o„rni bo„linmalar nomi ostiga yoki yoniga yozib qo„yiladi. Bu yozuvlar 
ba‟zi hollarda xaritaning bo„sh joyiga yozib qo„yiladi va shartli belgidan strelka 
bilan ko„rsatiladi. Agar mahalliy vaqt ko„rsatish zarur bo„lsa, bu haqda 
qo„shimcha sharh beriladi va nuqta bilan ajratiladi. 
Xaritaga zarur bo„lgan vaqtda radiatsion holatni baholash uchun 
meteorologik ma‟lumotlar, hamda kimyoviy holatni baholash uchun yer 
yuzasiga yaqin bo„lgan meteorologik ma‟lumotlar tushiriladi. 
Xaritada buyruqlar berish va nishonni ko„rsatishda yoki jangovar 
harakatga ta‟sir etuvchi mahalliy predmetlar va relyef elementlari: aholi 
punktlari, temir yo„l bekatlarining tagiga qora rang bilan chizib qo„yiladi, 
o„rmonlar, bog„lar, butazorlar konturi bo„ylab yashil rangda chiziladi, ko„l va 
daryolar qirg„oqlari aylantirib chiqiladi, bir chiziq bilan tasvirlangan daryo 
chizig„i ko„k rang bilan qalinlashtiriladi, ko„priklarning shartli belgilari 
kattalashtiriladi, masshtabsiz tasvirlangan orientirlar aylana ichiga olinadi, bir 
yoki bir necha gorizontallarni och jigarrang qalam bilan qalinlashtiriladi, 
boshqarish balandlik cho„qqilarini bu qalam bilan shtrixlab qo„yiladi, balandlik 
belgilari va gorizontal yozuvlari yiriklashtiriladi. 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish