Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


Koordinatalar zonalari va raqamlanish tartibi



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

Koordinatalar zonalari va raqamlanish tartibi. 
 
Masalan, agar 12 – zonada joylashgan M nuqta o„qli meridiandan sharqda 
(o„ngda) 80 300 metr uzoqlikda joylashgan bo„lsa, uning Y koordinatasi 12 580 
300 ko„rsatkichiga ega, bunda 12 soni zona raqamini, 80 300 o„lchamiga 
qo„shilgan 500km esa – o„qli meridianining Y natijasini bildiradi.
Xaritalarda koordinata (kilometr) to„ri. 
Topografik xaritalarda to„g„ri burchakli koordinatalar tizimi o„zaro 
kesishgan chiziqlar to„rko„rinishida berilgan. 
To„rning yotiq chiziqlari ekvatorga nisbatan - yondosh, tik chiziqlar esa – 
zonaning o„qli meridianiga yondosh o„tkazilgan. 
Xaritada to„r chiziqlari bir-biridan bir xil masofada o„tkaziladi va kataklar 
to„rini tashkil qiladi, ular koordinata yoki kilometr to„ri (setkasi) deb aytiladi.
Xarita o„lchamida katak tomonlari kilometrlar butun soniga teng 
bo„lganligi uchun, ularni kilometrli deb ataladi. Xarita varaqasini chegara 


369 
burchaklari yonida kilometr chiziqlari to„liq, oraliqlaridagi esa birlik va o„nlik 
kilometrlarini belgilovchi ikkita sonlar bilan yoziladi. 
Masalan, xarita varaqasida tik chiziqlar (chegaraning janub tomonida) 
quyidagi sonlar bilan, chegara burchagining birinchisida – 2402, keyingilarida- 
03, 04 va h.k. lar yozib ko„rsatilgan. 
Bu yozuvlar Y koordinatasini hisoblash uchun xizmat qiladi. 2402 
yozuvida, birinchi - 2 soni zona nomerini, undan keyingi 402 soni kilometrni 
bildiradi.
Nol nuqtani (koordinata boshi) o„lchami 500 km ga tengligini bilgan 
holda, berilgan chiziq o„qli meridiandan g„arbda 98 km (500–402=98) 
uzoqlikdaligini aniqlash mumkin.
03,04 raqamlariga ham tegishli bo„lgan oldingi ikkita (24) soni 
takrorlanmasdan beriladi.
X koordinatasini hisoblash uchun, chegaraning g„arbiy tomonidagi yotiq 
chiziqlarda 5988,89,90,91 va h.k.sonlari berilgan. 
Bu sonlar chiziqlarni ekvatordan uzoqligini ko„rsatadi: 
pastdagi birinchisi – 5988 km ga, ikkinchisi – 5989 km ga, keyingisi – 
5990 km ga va h.k.
Tik chiziqlarda bo„lganiday, birinchi ikkita (59) sonlari faqat to„rning 
chekka burchakdagi chiziqlaridagina ko„rsatiladi.
Ular nuqtalarni to„liq koordinatlarini ko„rsatish kerak bo„lganda qo„shib 
yoziladi.Rasmda 8904 yozuvi berilgan.
Kilometrli to„rdan va xarita varaqasi chegara orti ko„rsatkich yozuvidan 
foydalanib, oldingi nuqtaga yaqin bo„lgan (undan pastda va chapda joylashgan) 
koordinatalar chizig„larini (X va Y) to„liq koordinata ko„rsatkichi aniqlanadi. 
Keyin shu nuqta joylashgan yotiq chiziqdan – katakni pastki tomonidan 
va tik chiziqdan – katakni chap tomonidan (kesishgan chiziqlar bo„yicha) metrda 
masofa aniqlanadi. 
Masofani metr o„lchamiga nuqtadan o„lchangan koordinata chiziqlari 
kilometrlar ko„rsatkichiga qo„shiladi: 


370 
katakni pastki yotiq chiziq tomon masofasini X koordinatasiga, katakni 
chapgi tik chiziq tomon masofasini esa Y koordinatasiga. 
Bo„laklar o„lchamini qo„shish natijasida olingan qiymat, nuqtaning 
boshlang„ich koordinataga nisbatan joylashuvini aniqlovchi to„liq koordinatlari 
bo„ladi.
Bu yo„llar kesishmasini xaritada topib, undan pastda va yaqin joylashgan 
koordinata chiziqlaridan to„liq koordinata o„lchamini aniqlaymiz. 
Katakni pastki tomonini tashkil qiluvchi yotiq chiziq 8803, 5988 yozuviga 
ega, ya‟ni X=5988 km. Shu katakni chap tomonini tashkil qiluvchi tikka chiziq, 
2403 ko„rsatkichiga ega, ya‟ni Y=2403 (2-zona raqami, 403-kilometrda 
koordinata ko„rsatkichi).
U1,2 sm xaritada yoki 600 m joydagi masofaga teng bo„ladi. Shu tarzda 
katakni chapki tikka chiziq tomonidan masofani o„lchab, 500 m natijani olamiz.
Olingan masofalarni koordinata chiziqlarini tegishli ko„rsatkichiga 
qo„shib, yo„llar tutashgan joyini to„liq koordinatasiga ega bo„lamiz: 
X=5 988 600, Y=2 403 500
Ma‟lum bo„lgan koordinatalar bo„yicha nishonlarni, mo„ljallarni, o„q 
otish joylarini va boshqa inshootlarni doimo xaritaga kiritilishi kerak bo„ladi.
Nishon (dushman o„qotar quroli) xaritada hech narsa bilan belgilanmagan 
nuqtada joylashgan, lekin uni qisqartirilgan koordinatlari ma‟lum:
X=90850; Y=02550. 
Vazifa quyidagi tartibda bajariladi:
-oldin nishon joylashgan katak aniqlanadi. X,Y koordinatalarning oldingi ikkita 
raqami (o„nlik va birlikkilometrlar), nishon 9002 katagida (90-yotiq chiziq, 02-
tikka chiziq) joylashganligini ko„rsatadi; 
-9002 mo„ljallar, nishonlar va boshqainshootlarni xaritaga tushirish usullari; 
katagida to„rning tikka chiziqlari bo„ylab 850 m o„lchab, olingan nuqtalar 
to„g„ri chiziq bilan tutashtiriladi. Unda nishon joylashgan bo„lishi kerak; 
-to„rning 02 yozuvli tikka chiziqdan ko„ndalang chiziq bo„yicha 550 m bo„lagi 
o„lchanadi. Chiziqdagi olingan nuqtada nishon joylashgan bo„ladi.


371 
Xarita tayyorlangandan o„tgan vaqt mobaynida joylarda bo„lib o„tgan 
o„zgarishlar natijasida, ayrim hollarda uning ko„rinishi joylarga to„g„ri 
kelmasligi mumkin. 
Undan tashqari joyning har qanday maydonida xaritada tasvirlanmagan, 
lekin mo„ljallar va yashirinish joylari sifatida foydalanish mumkin bo„lgan, 
vaqtincha hususiyatga ega bir nechta jismlar joylashgan, shuningdek, jangovar 
vazifalarni bajarishda, tajriba yo„li bilan olinadigan joy to„g„risidagi aniqroq 
ma‟lumotlar va alohida mahalliy jismlarni hususiyatlari talab qilinishi mumkin. 
Yo„nalishlarni tuzishda, xaritaga inshootlarni tushirishni oddiy usullari, 
ya‟ni joylardagi burchaklar va masofalarni o„lchashdan iborat. 
Xaritaga inshootlarni tushurish uchun, dastlabki asos sifatida, mahalliy 
jismlarni (ko„prik, alohida turgan daraxt, qo„rgon va h.k.) xaritada aniq 
joylashuvini ko„rsatuvchi shartli belgilari nuqtalaridan foydalaniladi. 
Inshootlarni xaritaga tushirishni, xaritada o„zi turgan nuqtani aniqlashdan 
va uni joy bilan solishtirishdan boshlash kerak.
Xaritani joy bilan solishtirish - turgan nuqta atrofida joylashgan hamma 
mahalliy jismlarni va relyef qismlarini xaritada topishdan, shuningdek,xaritada 
tasvirlangan hamma jismlar va relyef qismlarini joyda topishni bilishdan 
iboratdir.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish