– 20-25 km/s
, avtomobil kolonnalarida
–
25-30 km/s
.
Tog„larda va cho„l hududlarida, shuningdek, boshqa noqulay sharoitlarda
harakatning o„rtacha tezligi ancha past bo„lishi mumkin. Marsh yurishni piyoda
yurib amalga oshirish vaqtida motoo„qchi bo„linmalarning o„rtacha harakat tezligi
4-5 km/s
ni tashkil qilishi mumkin.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) marsh yurishni bitta kolonnada amalga oshiradi.
Kolonnadagi bo„linmalar va mashinalar o„rtasidagi oraliq masofa
25-50
metr
bo„lishi mumkin. Chang yo„llardan, ko„rish chegaralangan sharoitlarda,
yaxmalakda, tik ko„tarilgan, tik qiyalik va keskin burilishlarga ega yo„llarda,
shuningdek, katta tezlik bilan harakatlanish vaqtida mashinalar o„rtasidagi oraliq
masofa kattalashtiriladi.
Dushmanning razvedka-zarba komplekslarini qo„llash xavfi mavjud bo„lgan
sharoitlarda ochiq tabiiy joyda harakatlanish vaqtida jangovar mashinalar
o„rtasidagi oraliq masofa kattalashtiriladi va
100-150
metrni tashkil qilishi
mumkin.
Motoo‟qchi batalyon marsh yurishda ilg„or otryadga, avangardga ajratilishi,
brigadaning asosiy kuchlari tarkibida harakatlanishi yoki motoo‟qchi batalyon
kolonnasi tarkibida mustaqil ravishda marsh yurishni amalga oshirishi mumkin,
vzvod bosh, yon tomon va front orti yurish zastavasiga tayinlanishi yoki
motoo‟qchi batalyon kolonnasi tarkibida harakatlanishi mumkin. Ilg„or otryad yoki
avangard tarkibidagi harakatlar uchun motoo‟qchi batalyon taktik guruhi, bosh
yurish zastavasi tarkibidagi harakatlar uchun esa vzvod taktik guruhi tuzilishi
mumkin.
Ilg„or otryadga yoki avangardga (bosh yurish zastavasiga) tayinlangan,
shuningdek, marsh yurishni mustaqil ravishda amalga oshirayotgan motoo‟qchi
batalyoning (vzvodning) yurish tartibi tezlik bilan bo„linmalarni jangovar tartibga
281
tizish va ularni jangga kiritishni hisobga olgan holda quriladi. U asosiy kuchlar
kolonnasi va yurishdagi qo„riqlash xizmatidan tashkil topadi.
Motoo‟qchi batalyon, vzvod asosiy kuchlarining kolonnasi vaziyat
sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli tuzilishga ega bo„lishi mumkin.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) taktik guruhining tankchi bo„linmasi, odatda,
kolonnaning boshida boradi, motoo‟qchi batalyon (vzvod) taktik guruhining
motoo„qchi bo„linmasi esa, odatda, tankchi vzvodlar (guruhlar) o„rtasida
taqsimlanadi hamda ularning yurish tartibida tanklar ortida harakatlanadi yoki
yurishdagi qo„riqlash xizmatiga tayinlanadi. Shtatdagi va qo„shimcha berilgan
artilleriya bo„linmalari (o„t ochib madad berish guruhining granatomyot seksiyasi)
motoo‟qchi batalyon (vzvod) taktik guruhining jangovar bo„linmalari ortida
harakatlanadi. Motoo‟qchi batalyonning tankka qarshi guruhi bosh yurish zastavasi
ortida yoki asosiy kuchlar kolonnasi boshidagi vzvod ortida harakatlanib boradi.
Shtatdagi va qo„shimcha berilgan zenit bo„linmalari zenit vositalarini katta qismi
asosiy kuchlar kolonnasining boshiga yaqin joyda, ularning bir qismi esa bosh
yurish zastavasi tarkibida zudlik bilan havodagi dushmanning hujumini
qaytarishga shay holda ketib boradi. Jangga kirishni oldindan bilganda ilg„or
otryadda (avangardda) yoki brigada asosiy kuchlari kolonnasining boshida
harakatlanayotgan motoo‟qchi batalyondan tarkibida tayinlangan jangovar
(tankchi) guruhdan tashqari motoo‟qchi batalyon razvedka guruhi ham harakat
qilayotgan razvedka dozori oldinga yuboriladi.
Motoo‟qchi batalyon kolonnasida oxirgi bo„lib texnik va front orti ta'minoti
bo„linmalari ketib boradi. Motoo‟qchi batalyonning tibbiy punkti, odatda, front orti
bo„linmalarini boshida, jangga kirishni oldindan bilganda esa birinchi eshelonda
harakat qilish tayinlangan bo„linmalar ortida ketib boradi.
Motoo‟qchi batalyonning yurishdagi qo„riqlash xizmati asosiy kuchlarning
hyech qanday to„sqinliksiz harakatlanishini ta'minlashi, dushmanning qo„qqisdan
hujum qilishiga yo„l qo„ymasligi, jangga kirish uchun qulay sharoitlarni
ta'minlashi, shuningdek, ularni orasiga dushmanni quruqlikdagi razvedkasining
282
kirib olishiga yo„l qo„ymasligi kerak. Marsh yurish vaqtida qo„riqlash xizmatining
zimmasiga, shuningdek, razvedkani olib borish ham yuklatiladi.
Marsh yurishda kolonnaning qo„riqlash xizmati uchun ilg„or otryadda yoki
avangardda harakatlanayotgan motoo‟qchi batalyondan quyidagilar oldinga
yuboriladi: harakat yo„nalishida
5-10 km
uzoqlikka – tarkibi kuchaytirilgan
jangovar (tankchi) guruh yoki vzvoddan (vzvod taktik guruhidan) iborat bo„lgan
bosh yurish zastavasi; qanotlar va front ortiga zaruratga ko„ra – dozor kichik
guruhlari (tanklari). Vzvodgacha (vzvod taktik guruhigacha) kuchga ega bo„lgan
bosh yurish zastavasi tarkibi kuchaytirilgan jangovar (tankchi) guruhdan iborat
bosh dozorni
3-5 km
uzoqlikka oldinga yuboradi, kuchaytirilgan jangovar
(tankchi) guruhgacha kuchga ega bo„lgan bosh yurish zastavasi – dozor kichik
guruhini (tankini) kuzatib borish va o„t ochib unga madad berish mumkin bo„lgan
uzoqlikda oldinga yuboradi.
Vaziyat
sharoitlari,
bajarilayotgan
vazifaning
tavsifi
va
brigada
komandirining qaroriga bog„liq holda yurishdagi qo„riqlash xizmatining tarkibiga
havodan turib motoo‟qchi batalyon bo„linmalarini himoya qilish maqsadida
jangovar (jangovar-transport) vertolyotlari ajratilishi mumkin.
Quruqlikdagi dushmanning hujum qilish xavfi mavjud bo„lganda,
shuningdek, tabiiy joyning tavsifiga bog„liq holda brigadaning asosiy kuchlari
tarkibida marsh yurishni amalga oshirayotgan motoo‟qchi batalyonlardan bevosita
qo„riqlash xizmati sifatida bosh dozorlarni, eng oxirida boruvchi motoo‟qchi
batalyondan esa dozor kichik guruhini (tankini) qo„riqlanayotgan kolonnaga
dushmanning qo„qqisdan uyushtirgan hujumini qaytarish maqsadida ularni kuzatib
borish va o„t ochib ularga madad berish mumkin bo„lgan uzoqlikda oldinga
yuboriladi. Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) yurish tartibi quyidagicha
quriladi: jangga kirishni oldindan bilganda – bo„lg„usi jangning g„oyasi va vaziyat
sharoitlaridan kelib chiqqan holda; dushman bilan to„qnash kelish xavfi mavjud
bo„lmaganda – harakatlanish, dushmanning ommaviy qirg„in quroli va o„ta aniq
qurolidan himoyalanish, shuningdek, uni razvedkasi texnik vositalaridan
niqoblanishning qulayligini hisobga olgan holda.
283
Marsh yurishni o„z vaqtida hamda uyushqoqlik bilan boshlash va amalga
oshirish uchun ilg„or otryadga tayinlangan motoo‟qchi batalyonga boshlang„ich
punkt hamda undan o„tish vaqti, avangardda harakat qilayotgan yoki brigadaning
asosiy kuchlari kolonnasida borayotgan motoo‟qchi batalyon uchun esa, bundan
tashqari, muvofiqlashtirish punktlari va ulardan o„tish vaqti, dam olish joylari va
vaqti, shuningdek, kunduzgi (tungi) dam olish hududlari ko„rsatiladi.
Dam olish joylari, shuningdek, kunduzgi (tungi) dam olish hududlari qurol-
aslaha va texnikaning holatini tekshirish, ularga texnik xizmat ko„rsatish,
ovqatlanish hamda shaxsiy tarkibning hordiq chiqarishi uchun tayinlanadi. Dam
olish joylari
Do'stlaringiz bilan baham: |