Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


Razvedkaning maqsadi, vazifasi va ob‟ekti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

Razvedkaning maqsadi, vazifasi va ob‟ekti 
Razvedkaning maqsadi – bu yakuniy natija, u qo„yilgan vazifani bajarishda 
barcha kuch va vositalarini qo„llab natijaga erishishi kerak. Razvedkaning maqsadi 
jangning xususiyatiga, jangovar vazifani moxiyatiga, vazifani bajarish sharoitiga, 
shaxsiy tarkibni bilim darajasiga, dushmanning bo„lajak harakatining ehtimoliy 
g„oyasiga, guruhlanishiga hamda kuch va vositalaridan kelib chiqadi. Ularning 
topgan ma‟lumotlari bir tomondan dushmanning qo„qqisdan harakatiga imkon 
bermaydi – boshqa tomondan qisqa muddat ichida jangovar vazifani bajarishda 
o„zimizning kuch va vositalarimizni o„z vaqtida hamda samarali qo„llashni 
ta‟minlaydi. Ushbu maqsad yo„lida razvedka bir qator qiyin va xilma-xil 
vazifalarni va dushmanning ko„p sonli ob‟ektlari to„g„risida ishonchli 
ma‟lumotlarni aniqlashi kerak.
Birinchi navbatda u dushmanning o„rnashgan joyi va harakat xususiyatini, 
tarkibini, kuch va vositalarini, bo„linma va qismlarining raqamlanishini, jangovar 


263 
shayligini hamda niyatini aniqlashi lozim. Razvedkaning zamonaviy jangda muhim 
va birinchi navbatdagi vazifasi dushmanning yadroviy, qimyoviy qurollarini o„z 
vaqtida aniqlash hamda to yakson etmaguncha uzluksiz kuzatishdan iborat. Ushbu 
vazifani bajarishda razvedkaning barcha kuch va vositalari jamlaniladi. Dushman 
o„tini samarasini unumli ravishda bartaraf etish uchun nafaqat yadroviy balki 
boshqa o„t ochish vositalarini, dala va zenit artilleriyasini, minomyotlarini, tankka 
qarshi to„plarini, tankka qarshi boshqaruv raketa qurilmasini, bo„linmalar 
tarkibidagi granamomyot, pulemyot va o„q otar qurollarini joylashgan hududini 
fosh qilish talab etiladi.
Zamonaviy jangning o„ziga xos xususiyatlaridan biri bu radioelektron 
vositalarning yuksak darajada oshib ketganligidir. Ushbu vositalarni o„z vaqtida 
aniqlanib va yakson etsak dushman yadroviy qurol va boshqa kurash vositalarini 
qo„llash imkoniyatidan mahrum bo„ladi. Hozirgi vaqtda chet el armiyasining 
barcha umumqo„shin birlashma va qismlarida aviatsiyaning joriy qilinishida holat 
tubdan o„zgardi.
Aviatsiya bazalarini va samolyot hamda vertolyotlarning sonini va turini 
aniqlash taktik razvedkaning muhim vazifalaridan bo„ldi. Oldin taktik razvedka 
faqat dushman aviatsiyasining parvozini kuzatishi bilan cheklangan edi va operativ 
qo„mondonlikning manfaatida dushmanning yaqin aerodromlarida aviatsiyasining 
aniqlash va yakson qilish bo„yicha alohida vazifalarini bajarar edi.
Zaharli moddalarning keng qo„lami jang maydonidagi vaziyatni tubdan 
o„zgartiradi. Qo„shinlar va ob‟ektlarga talofat etkazishdan tashqari katta qo„lamda 
radioaktiv zararlanish zonasini yaratib qism va bo„linmalarning harakatiga ta‟sir 
ko„rsatadi. Bunday holat razvedkaning oldiga qo„shimcha vazifalarni yuklab 
radiatsion vaziyat, zaharlanish hududi, vayronalar va to„siqlar to„g„risida 
ma‟lumotlarni to„plash talab etadi. Bunday ma‟lumotlarsiz zonalarni aylanib o„tish 
uchun to„g„ri qaror qabul qilish mumkin emas.
Razvedka qurolli kurashning yangi vositalarini, dushman harakatini uslubini 
aniqlashi lozim. Bundan tashqari u o„z vazifalarini jangovar harakatning yuqori 
jo„shqinligida, vaziyatning keskin o„zgarishida, dushman jangovar tartibining katta 


264 
maydonda yoyilganida hamda niqoblash va yolg„on xabarlarning eng zamonaviy 
vositalarini qo„llash sharoitida olib boradi. Sanab o„tilgan razvedka vazifalarini 
har bir holatini komandir tomonidan vaziyatdan, bo„linmalarning jangovar vazifani 
bajarish xususiyatidan, dushmanning harakatidan va u to„g„risida ma‟lumotlarning 
hajmidan kelib chiqib aniqlashtiradi. Jang mobaynida yangi vazifalar paydo 
bo„lishi mumkin, shuning uchun razvedkaning barcha kuch va vositalarini yangi 
yo„nalishlarda jamlashni taqazo etadi. Jang maydonida razvedkaga qo„yilgan 
vazifalarni hal qilishda dushman ob‟ekti to„g„risida aniq ma‟lumot to„plab va 
ularga olovli zarba berish uchun to„g„ri koordinatalarini aniqlashi kerak. 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish