Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

2.9. Bo„linmalarning almashinishi 
Mudofaadagi motoo‟qchi batalyon (vzvod) bo„linmalarining almashinishi, 
qoidaga ko„ra, tunda yoki boshqa ko„rish chegaralangan sharoitlarda amalga 
oshiriladi. U puxta tashkillashtirilgan hamda tezlik bilan va pinhona o„tkazilishi 
kerak. Almashinishga tayyorgarlik ko„rish sutkaning yorug„ vaqtida amalga 
oshiriladi.


114 
Almashinishga buyruq olgach, motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri 
almashinayotgan bo„linma komandiri bilan birgalikda joyni ko„rib chiqib, uning 
mobaynida dushmanni o„rganadi, mudofaani topshirayotgan bo„linmalarning 
joylashuvi, ularning faoliyat tartibi, o„t ochish va havo hujumidan mudofaa 
tizimlari, mudofaa hududining (tayanch punktining) muhandislik nuqtai nazaridan 
jihozlanishi va to„siqlari, mudofaa hududidagi radiatsion, kimyoviy, biologik 
(bakteriologik) vaziyat bilan tanishadi; almashinish hududi tomon pinhona 
harakatlanish yo„llari, tartibga soluvchi postlar va kelayotgan bo„linmalarning yo„l 
boshlovchilar bilan uchrashish joylari, shuningdek, almashinish tartibini belgilaydi.
Mudofaa hududini (tayanch punktini) topshirayotgan motoo‟qchi batalyon 
(vzvod) komandiri almashinayotgan bo„linmaning komandiriga motoo‟qchi 
batalyon mudofaa hududining (vzvod tayanch punktining) chizmasini, shuningdek, 
dushman haqidagi mavjud razvedka ma'lumotlarining barchasini taqdim etishi va 
bo„ysunuvchi komandirlariga quyidagilarni ko„rsatib o„tishi shart: mudofaa 
hududini (tayanch punktini) topshirish tartibi; almashingandan keyingi yig„ilish 
hududi; bo„linmaning almashinishini himoyalash va niqoblanish bo„yicha tadbirlar; 
almashinayotgan bo„linmalarni kutib olish va kuzatib borish uchun yo„l 
boshlovchilarni qaerga yuborish; tartibga soluvchi postlarni qaerga qo„yish; 
almashinishni boshlash va yakunlash vaqti; dushman tomon ommaviy qirg„in 
qurolidan qo„llagan yoki uning almashinish vaqtida hujumga o„tgan holatlardagi 
harakat tartibi.
Birinchi navbatda motoo„qchi, so„ngra esa tankchi, artilleriya va zenit 
bo„linmalari almashinadi. Ilg„or pozitsiyani mudofaa qilayotgan yoki jangovar 
qo„riqlash xizmatida bo„lgan bo„linmalar eng oxirgi bo„lib almashadilar.
Belgilangan vaqtda almashinishni amalga oshirayotgan motoo‟qchi batalyon 
(vzvod) komandiri bo„linmalarning dushman hujumini qaytarishga shayligini 
tekshiradi va brigada komandiriga almashinish haqida bildiruv beradi. Motoo‟qchi 
batalyon (vzvod) almashinishga qadar bo„lgan harakatlanish tartibini saqlab qolishi 
kerak.


115 
Mudofaani topshirgan motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri bo„linmalarni 
pinhona ravishda tayinlangan yig„ilish hududiga olib borib, keyin olingan vazifaga 
muvofiq harakat qiladi.
Agar almashinish mobaynida dushman hujumga o„tsa, u holda almashinish 
to„xtatiladi va barcha bo„linmalar hujumni qaytaradi. Bu davrda ularni boshqarish 
almashtirilayotgan bo„linma komandiri tomonidan amalga oshirilib, almashinish 
uchun yetib kelgan bo„linmalar ham unga bo„ysunadilar. Motoo‟qchi batalyonning 
(vzvodning) almashinishi dushman hujumi qaytarilgandan so„ng davom ettiriladi.
Motoo‟qchi batalyonning almashinishi dalolatnomada rasmiylashtiriladi. 
Mudofaa hududini (tayanch punktini) qabul qilib olgan motoo‟qchi batalyon 
(vzvod) komandirining almashinish yakunlanganligi to„g„risida o„zining bevosita 
komandiriga (boshlig„iga) bildiruv bergan vaqtdan almashinish tugagan deb 
hisoblanadi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish