Ikki qatorli ichak choklari
.
Ikki qatorli Albert choki (birinchi qator – chekka o‘tuvchi chok, ikkinchi qator – Lamberning seroz-muskul
choki).
Albert choki
(1881) ichak jarohati qirg‘oqlariga qo‘yiladi. Har bir tikiladigan
devorlarda igna qorin pardaga kiritiladi (sanchiladi) va igna shilliq qavat orqali (yoki
teskarisi) teshib chiqadi. Bunda chok barcha uchta – seroz, muskul va shilliq qavatdan o‘tadi
(ifloslangan chok) va iplar bog‘lanayotganda ulardan har biri jipslashtiriladi. Tikilgan
devorlardan hosil bo‘lgan bolishcha ichakning ichki tomoniga qaratilgan bo‘ladi.
Ikki qatorli seroz-muskul gemostatik Cherni choki.
Cherni
(1880) qirg‘oq chokini tavsiya etdi, bunda ip shilliq. pardaga tegmasdan turib,
seroz, muskul va shilliq osti kavatlaridan o‘tadi.
Ikki qatorli seroz-muskul-shilliq osti va seroz-muskul Kirpatovskiy choki (ishonchli gemostazni, shilliq
pardalarning adaptatsiyasini va germetikligini ta’minlaydi): birinchi qatorda uzluksiz P-simon, ikkinchi qatorda
Lamber chok qo‘yiladi.
Uch qatorli choklar
. Asosan yo‘g‘on ichak operatsiyalarida qo‘llanadi. Birinchi qator
qirg‘oq choklari va qo‘shimcha ravishda ikki qator seroz-muskul choklarini o‘z ichiga oladi.
Ikki va uch qatorli choklar ishonchli jipslik (germetizatsiyami va yaxshi gemostazni
ta’minlaydi.
Mexanik choklar
tikadigan asbob-uskunalar va tantal qistirgichlar yordamida
qo‘yiladi. Amaliyotda UKJ-8 (oshqozon cho‘ltog‘ini tikadigan), KS (yo‘g‘on ichakdagi
Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I.D. 2020 y.
8
sirkulyar choklar uchun) va oshqozon jarrohligida ishlatiladigan UO-40 va UO-60 (a’zolarni
tikadigan) uskunalari keng tarqalgan. Mexanik chokning afzalligi shundaki, u tez bajariladi,
sterilizatsiyasi oddiy va ishonchli, tikish materiali gigroskopik bo‘lmaydi.
Oshqozon cho‘ltog‘ini tikuvchi apparat UKJ-8.
A’zolarni tikuvchi apparat UO-40 va UO-60. O‘pka to‘qimasini, o‘pka tomirlarini, oshqozon, ichak
cho‘ltoqlarini tikish uchun.
Chiziqli chok qo‘yishga mo‘ljallangan TA 90 BN moslamasi.
Hozirgi vaqtda ichak choklarini mexanik tarzda qo‘yish uchun ko‘pgina asboblar
ishlab chiqarilgan. Bu maqsadda klipatorlar, chiziqli va sirkulyar choklarni qo‘yish uchun
asboblar qo‘llaniladi. Ligaclips firmasi klipslari va klipapplikatorlari ochiq xirurgik
operatsiyalarda qon tomirlar va naylarni bog‘lash maqsadida ishlatiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I.D. 2020 y.
9
Ligaclip klipapplikatorlari: 1 – o‘rtacha; 2 – uzun.
Chiziqli tikish apparati (stepler) – a’zoning devorlarini fikssiyalash uchun
mo‘ljallangan.
Mexanik choklar qo‘yishga mo‘ljallangan asboblar. 1 – chiziqli stepler, 2 – sirkulyar chok qo‘yish uchun
endoskopik stepler.
Endoskopik tikuvchi apparat (stepler) – endoskopning distal oxirida harakatchan
boshchasiga ega bo‘lib endoskopik operatsiyalarda qo‘llaniladi.
Endo GIA-30 va Endo GIA-60 turidagi bir marta ishlatiladigan kassetalariga ega
tikuvchi moslamalar har ikki tomonda uchtadan, jami olti qatorli chok qo‘yish va bir vaqtning
o‘zida a’zoni kesish uchun ishlatiladi.
Endo GIA-60 mexanik tikish apparati.
Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I.D. 2020 y.
10
Endostich – mexanik ipli chok qo‘yish uchun ishlab chiqarilgan. Qorin pardani,
oshqozon devorini tikish, turli anastomozlarni qo‘yish jarayonida ancha qulay moslama.
Asbob igna va ipni ikkita metal barmoqlari orasidan o‘tkazib to‘qimalarni tikadi.
Endostich
Do'stlaringiz bilan baham: |