Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya


Дори моддаларини парэнтерал юбориш усуллари



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/60
Sana18.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#559562
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Bog'liq
ON gajavoblar

14. Дори моддаларини парэнтерал юбориш усуллари 
Parenteral yuborish usuli — Nafas yo'llari orqali ingalatsion (ingalyatsion — nafas 
olish) yuborish usuli bug'li va gazli moddalar nafas orqali organizmga tushadi, o'pkadan 
qonga so'riladi, ta‘siri tez boshlanadi va kuchli bo'ladi, chunki o'pkaning so'rilish 
yuzasi juda keng (kattalarda 10 m2 ra teng); o'pka alveolalari gazlami juda tez so'rib 
oladi. Ingalyatsion yo'l bilan yuborilgan dori moddalari jigarga tushmasdan qonga o'tadi, 
organizmda deyarli o'zgarmaydi. 
Teri orqali yuborish usulida asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta‘sir 
etishi ko'zda tutiladi, bu yo‗l bilan malhamlar, pasta, linimentlar, shuningdek, spirtli yoki 
suvli eritmalar, aralashmalar va bolalar sepma dorilari qo'llaniladi. Teri epidermisi 
jarohatlanganda moddalar tez so'riladi. Teri orqali alkogol, fenol, xloroform yaxshi
so'riladi. Bolalar terisi ancha nozik bo'ladi, shuning uchun ularda ba‘zi dori
moddalari teri orqali tezda qonga so‗rilishi mumkin. Masalan, metilsalitsilat
linimenti bola terisiga surtilsa, 10-15 minutdan keyin uni qonda aniqlash mumkin. 
Namlanib turgan teriga borat kislota sepilsa, u tezda qonga so'rilib, bola organizmini
zaharlashi mumkin.Shilliq qavatlar orqali yuborish usuli dori moddalari burun,
halqum, ko‗z, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta‘sir etish uchun qo'llanadi.
Ko‗pgina dori moddalar burun va halqum, ko‗z shilliq qavatlaridan qonga so'riladi,
shuning uchun tarkibida zaharli yoki kuchli ta‘sirlovchi tomchilar umumiy ta‘sir 
ko'rsatishi ham mumkin.Bronxlar va o'pkaning shilliq qavatlaridan ham dori moddalari 
qonga tez so'riladi. Siydik chiqaruv kanali, siydik yo'llari va buyrak jomi
shilliq qavatlari orqali ham moddalar tez so'riladi; bachadon, qin va qovuq shilliq
qavatlari orqali dori moddalarining so'rilishi sekinlik bilan o'tadi, ammo yog' va 
yog'simon moddalar tez so'riladi. Bu holatni ginekologiya ainaliyotida qinni chayish 
uchun dori moddalarini tavsiya qilishda nazarda tutish kerak.Seroz qavatlar orqali 
yuborish usuli qorin bo'shlig'i a‘zolari jarohatlanganda va o'pkaning ba‘zi kasalliklarida 
dori yuborish uchun qo'llanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli
so'ruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq 
so'riladi.Teri ostiga yuborish yo‗li bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari 
yuboriladi, ta‘siri 10-15 minutdan keyin boshlanadi, so'rilish muddati peroral yo'l bilan 
yuborilganga ko'ra kamroq, ta‘sir kuchi esa o'sha miqdomi og'izdan yuborilgandan 2-3 
barobar kuchliroq bo'ladi.Suspenziyalami, juda yopishqoq va sekin so'riladigan moyli 
eritmalami teri ostiga yuborish tavsiya etilmaydi, chunki to'qimalarda infiltratsiya
va nekrozni yuzaga keltirishi mumkin.Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar 
orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek, dori moddalarining suspenziyalari ham
yuboriladi. Mushaklar teri osti to'qimalarga nisbatan qon bilan ko'proq ta‘minlangani 
uchun dori moddalari mushaklar orasida tezroq so'riladi.Venalar ichiga yuborish usulida 
moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o‗zaro aralashganda,
cho'kma bosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki gemoliz hosil qilmaydigan dori
moddalari eritmasi qo'llaniladi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks holda, 
qonda ulami konsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga 
mumkin. Dorining ta‘siri juda tez, ko‗pincha ineksiya vaqtidayoq boshlanadi, ta‘sir 
muddati teri ostiga va mushak orasiga yuborilgandan ko‗ra kamroq bo'ladi.Orqa miya 
kanaliga yuborish usuli— 
yaxshi o‗tmaydigan dori 


23 
moddalar subaraxnoidal, peridural yo'l bilan yuboriladi. Ko'pincha og'riqni vaqtincha
qoldirish — orqa miya anesteziyasi uchun hamda meningit kasalligining murakkab 
holatlarda ba‘zi antibiotiklami yuborish uchun qo'llaniladi.Dori moddalar to 'g ‗ridan-to 
‗g ‗riyurakka, bo "g ‗imlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan,
ionoforez usulida yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko‗p, lekin dorilar 
parenteral yo‗l bilan yuboriladi, deganda ulami asosan teri ostiga, mushaklar orasiga
va venalarga yuborilishi ko'zda tutiladi, chunki boshqa yuborish yo'llari
nisbatan kam qo'llaniladi. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish