Xufyona iqtisodiyot – jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan taqsimot, ayriboshlash tovar-material boyliklarning iste’mol va xizmat ko‘rsatish sohalari. Davlat boshqaruv organlari va jamoatchilikdan yashiriladigan alohida fuqarolar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi mulkchilikning mavjud shakllaridan g‘arazli ravishda o‘z manfaati uchun shaxsiy yoki guruhlar manfaati uchun foydalaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (o‘g‘irliklar, g‘arazli mansabdorlik va xo‘jalik jinoyatlari, narkobiznes, qimor o‘yinlar, fohishabozlik, bosqinchilik, qaroqchilik, shaxsiy mulkni o‘marish, reket; amaldagi ro‘yxatga olish tizimida va hisobotda real voqealik sifatida o‘z ifodasini topgan faktik natijalar, iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlarda va ular o‘rtasidagi bevosita aloqalarda va hokazolardagi ma’lum bir asosga ega bo‘lgan nofarmal o‘zaro harakatlar).
Senzura – yuqori instansiyalar tomonidan istalmagan yoki zararli deb tan olingan g‘oyalar va ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularni qisqartirish maqsadida rasmiy hokimiyatlar tomonidan nashriy mahsulotlarning chop etilishi va tarqatilishi, pesalar, kino asarlari, radio va teleko‘rsatuvlar, ba’zida esa shaxsiy yozishmalar mazmunining nazorat qilinishi. Senzuraning ikki turi mavjud: oldindan va keyin amalga oshiriladigan senzura. Oldindan amalga oshiriladigan S.da kitoblarni nashrdan chiqarish, pesalar namoyish etish va boshqalar uchun ruxsat olish zarurati tushuniladi; Keyin amalga oshiriladigan Senzura chop etilgan, nashrdan chiqqan, qo‘yilgan pesalar va boshqalarni baholash va belgilangan talablarni buzgan shaxslarga nisbatan cheklovchi yoki man qiluvchi choralar ko‘rishdan iborat. Zamonaviy demokratik davlatlarning barchasida natijasi jazolanadigan senzura mavjud, ya’ni axborot vositalarida obro‘sizlantiruvchi muayyan shaxs yoki davlat strukturasiga qarshi ish qilgani va uydirma ma’lumotlar tarqatgani uchun javobgarlikka tortish (jarima solish, musodara qilish va nashrlarni man qilish, tirajni arest qilish va boshqalar).
Sentralizm – quyi turuvchi va mahalliy organlarning yuqori organlarga qat’iyy itoat etishiga asoslangan yagona markazdan boshqarish tizimi.
SHaxs – bu insonni jamiyat yoki jamoa a’zosi sifatida tasvirlovchi, mustahkam ijtimoiy ahamiyat kasb etgan tizim. SHaxs o‘ziga xos mustaqil ong, iroda va xarakterga ega bo‘lgan individning va birlamchi inson mavjudotining mustaqil faoliyati. Individning ijtimoiy hayot jarayonidagi faoliyati – unga shaxs ta’rifini beradi. SHaxs xavfsizligi - huquqiy, ma’naviy, axloqiy me’yorlarning shakllanishi, jamoat tashkilotlari va institutlarini tashkil topishi bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |