Vijdon erkinligi – fuqaroning shaxsning dinga, erkin fikrlashga, e’tiqodiga ko‘ra o‘z masligida so‘zlash va faoliyat yuritish huquqi.
Viza – 1) mamlakatdan chiqishga ijozat, biror mamlakat orqali o‘tish, biror mamlakatga kirish huquqini beruvchi ruxsat va shunday ijozat olinganligi haqida pasportga qo‘yiladigan belgi; 2) lavozimli kishining hujjatdagi imzo qaydi.
Gender (jinsiy) tengsizligi - iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tengsizlik. Bu bir xil ishga turlacha ish haqi to‘lanishi, ta’lim olishda kam imkoniyatlarga ega bo‘lish, yuqori mansablarga ko‘tarilish hamda siyosiy hayotga ishtirok etishdagi cheklovlar va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Genotsid jinoyatini oldini olish va shunday jinoyat uchun jazo haqidagi Konvensiya – 9.12.1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan. Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari Konvensiyadagi nizomlarni amalga oshirish uchun zarur qonun chiqarish ishlarini amalga oshirish, jumladan,, genotsidni bajargan yoki bajarish maqsadida fitnada ishtirok etgan, o‘zgalarni ham bajarishga undagan, genotsidda suiqasdlik uyushtirgan yoki shu jamiyatga sherik bo‘lgan shaxslarga qarshi samarali jazo choralarni qo‘llashga majburdirlar.
Geosiyosat – bu davlat, mintaqa va dunyo xavfsizligining rivojlanishi tamoyillari va jarayonlarini jug‘rofiy, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ekologik va boshqa omillar tizimi ta’sirini e’tiborga olib o‘rganuvchi fan demakdir. Xavfsizlik nazariyasida geostrategik va geosiyosiy mintaqalar asosiy tushunchalar hisoblanadi. Geosiyosat - tushunchasi xavfsizlik muammolarini o‘rganishda birlamchi hisoblanadi. Geosiyosat boshqa fanlarga nisbatan yosh, yangi ilmiy yo‘nalish hisoblanadi va uning to‘liq shakllanishi hali nihoyasiga etmagan. Ammo, hozirgi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning natijasida yangi zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanish va nazariy jihatdan boy tarixiy materiallarni qo‘llash orqali geosiyosatning konseptual mavqeiga e’tibor kuchayib bormoqda. SHunga qaramasdan, geosiyosiy tadqiqotlar olib borishning uslubiy tarkibiy qismlari boshqa fanlar ilmiy mundarijasining tarkibiy qismlariga nisbatan sust rivojlangan. Bu esa, ushbu sohada tadqiqot olib borgan olimlar tomonidan geosiyosat ilmining uslubiy asosini shakllantirishga qaratilgan maqsadlarining muhimligini ular mavjud bilimlar va usullar orqali ilmiy izlanishlar olib borganliklari bilan izohlanadi. Davlatlar va xalqlar hayoti, ularning turli xilligi, jug‘rofiy joylashuvi va tabiiy muhit omillariga bog‘liqligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |