Bitim – 1) kelishuv, tomonlarning biror-bir sharoitlarda o‘zaro munosabatlar, huquq va majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishi; 2) o‘zaro rozilik, kelishuv.
Bozor – 1) oldi-sotdi mollarni va xizmatlar, savdo kelishuvlarini amalga oshiriladigan joy; 2) oldi-sotdi mollarini va xizmatlarini iqtisodiy munosabatlar tizimi va buning doirasida ularga talab, narx shakllari.
Ichki bozor – milliy iqtisod doirasida mollar va xizmatlar aylanish mintaqasi.
Dunyo bozori – 1) savdo-iqtisodiy munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan alohida davlatlar bozori; 2) davlat bojxona siyosati, proteksion an’anaga qaram bo‘lgan muhim dunyo narxlariga ega bo‘lgan milliy xo‘jaliklar o‘rtasida almashuv mintaqasi.
Xufiyona bozor – 1) bozor iqtisodini giper trofitsiyaga duchor qilingan ob’ektiv qonunlariga asoslangan va olib sotarlik xarakteriga ega bo‘lgan barcha noqonuniy tijorat operatsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi iqtisodiy qonun-qoidalari asosida boshqariladigan tizim. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlaridagi iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Erkin ishbilarmonlik, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan mulkchilik shakllarining ko‘pligi, bozor narxining shakllanishi va raqobat muhiti, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar va davlatning xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini cheklash tamoyillariga asoslangan iqtisodiyot.
Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiya – 1989 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, ushbu Konvensiyaga muvofiq har bir 18 yoshgacha bo‘lgan inson, agarda u qonun bo‘yicha balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi. Davlatlar, irqidan, tana rangidan, tili, dini yoki boshqa har qanday vaziyatlardan, shuningdek, bolaning yoki uning oila a’zolarining qarashlari va e’tiqodidan qat’iyy nazar, Konvensiyaga muvofiq a’zo-davlatlar barcha bolalarning huquqlarini ta’minlash majburiyatini oladilar. Davlatlar barcha bolalarga nafaqat insonning umumiy huquqlari (yashash huquqi, fikrlash, vijdon va din erkinliklari va boshqalar), balki ushbu sub’ektning o‘ziga xosligidan kelib chiquvchi maxsus huquqlar, ya’ni fuqarolik va ism tanlash huquqi, ota-onasidan ajralmaslik huquqi kabilarni ham berishi lozim. Konvensiya davlat ichidagi bola asrab olish va g‘amxo‘rlik qilish institutlari, sog‘liqni saqlash va ta’lim berish tizimlariga ma’lum talab va shartlar belgilaydi. Konvensiyada bolaning sog‘lig‘iga xavf soluvchi yoki uning barkamol rivojlanishiga zarar etkazuvchi har qanday ishni bajarish va ekspluatatsiyadan himoya qilishni nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |