Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish;
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
5.2. CHuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.
№ 7. Korrupsiyaga karshi kurash - fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti
Reja:
Korrupsiya va unga qarshi kurash.
Korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro qonun va me’yorlari.
O‘zbekistonda korrupsiya va unga qarshi kurash vazifalari.
Korrupsiya va unga karshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga karshi kurash borasida Xalqaro huquqiy xujjatlar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti xomiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga karshi kurash rezolyusiyasi (1995 yil), Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro axlok kodeksi (1996 yil). Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash konvensiyasi (2000 yil). 2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini BMTning “Korrupsiyaga karshi kurash konvensiyasi”ga kushilishi. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga karshi kurashish tugrisida”gi qonuni (2017 yil). Korrupsiyaga karshi kurash ishlarida fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish mexanizmlari.
Fuqarolik jamiyatini qurishga to‘sqinlik qiladigan eng katta su’niy omil bu korrupsiya tushunchasidir. SHunga ko‘ra ilmiy adabiyotlarda korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |