Islohot – progressiv o‘zgarish, mavjud bo‘lgan yo ijtimoiy tuzumni asosi saqlangan holda biror-bir tomondan jamiyat hayotini qayta qurish.
Ittifoq – 1) zich birlik, birlashish; 2) davlat birlashuvi, paydo bo‘lish (masalan SSSR); 3) jamoat birlashuvi, tashkilot (jurnalistlar I., yozuvchilar I.)
Iqtisodiy barqarorlik – davlatning har qanday iqtisodiy muammolarga nisbatan iqtisodiy holati bo‘lib, rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilangan darajadan pastga tushmaydigan davlat iqtisodining shunday bir holati.
Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarishning keskin suratlarda pasayishi, ishlab chiqarish quvvatining to‘la emasligi, ishsizlikning o‘sishi, pul-kredit va valyuta-moliya sohasining izdan chiqishi va shu tufayli yuzaga keladigan ayanchli holat.
Iqtisodiy islohot – davlatning iqtisod tizimini yoki iqtisodini boshqarishni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdagi katta o‘zgarishlar. Iqtisod tizimi samarasining pastligi iqtisodiy inqirozlar paydo bo‘lganda va iqtisod odamlar ehtiyojini qondirishga loyiq bo‘lmaganda mamlakat o‘z taraqqiyotida boshqa davlatlardan orqada qolganda yuzaga kelgan sharoitlar tufayli o‘tkaziladi.
Iqtisodiy xavfsizlik – bu davlatning iqtisodiy manfaatlari va suverenitetini iqtisodiy sanksiyalar, to‘siqlar orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy diskriminatsiya va diktatlardan himoyalanganligi tushuniladi. Undan tashqari, iqtisodiy xavfsizlik deganda, davlatning iqtisodiy manfaatlari tizimini qayta qurish davrida va iqtisodiy beqaror vaziyatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish holatiga aytiladi.
Kompaniya - ma’lum bir vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan muhim vazifalar munosabati bilan mavsumlar, saylovlar va boshqalarning sezilarli darajada o‘zgargan shartlari, o‘ziga xosliklarini o‘z ichiga olgan holda o‘tkaziladigan faoliyat, ish.
Kapital – 1) daromad keltirishi mumkin bo‘lgan barcha narsalar yoki insonlar tomonidan tovar va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun insonlar tomonidan yaratilgan resurslar. 2) ishlab chiqarish vositasi shaklidagi, ishga sarf etilgan harakatdagi daromad manbai.
Kliring – hisob-kitobda ishtirok etuvchi tomonlarning hisobga olingan ikkiyoqlama talablari va vazifalari asosida tovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun naqd bo‘lmagan to‘lovlar tizimi.
Koalitsiya – Umumiy maqsadlarga erishish umummanfaatlarni himoya qilish, birgalikdagi xavfsizlikni ta’min etish uchun davlatlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushma va boshqa tashkilotlarning ixtiyoriy birlashuvi ittifoqi.
Kolliziya – 1) qarama-qarshi kuchlar, manfaatlar, qarashlar, intilishlar, o‘y-hayollar yoki vazifalarning to‘qnashuvi. 2) bir davlatning alohida qonunlari orasidagi farqi yoki turli davlatlar qonunlar, sud qarorlari orasidagi kelishmovchilik.
Kolonializm – rivojlangan davlatlar tomonidan harbiy ustunlikni ishga solgan holda turli mintaqalardagi nisbatan kuchsiz mamlakatlarning bosib olinishi va o‘zlariga tobe holda saqlanishini ifoda etuvchi tushuncha. Kolonializm XXasr boshlarida o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga etgan. Bu paytda er yuzi kuchli davlatlar tomonidan deyarli batamom bo‘lib olingan edi. Kolonializm davrida tobe mamlakatlarning moddiy boyligi talon-taroj qilinadi, xalqlarning ongi, tarixi va madaniy boyliklariga ham tajovuz qilinadi. O‘tgan asrning so‘ngiga qadar davom etgan milliy ozodlik harakatlari hamda dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot K.ga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Mustamlaka mamlakatlar birin-ketin ozodlikka chiqa boshladilar. (Q. Mustamlakachilik).
Do'stlaringiz bilan baham: |