Toshkent tibbiyot akademiyasi farg‘ona filiali “ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” tamoyillarining zaminida fuqarolik jamiyatini barpo etish va yanada rivojlantirish borasida erishilgan natijalar



Download 1,58 Mb.
bet32/122
Sana21.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#571066
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122
Bog'liq
МАЖМУА 6-30 ХАЛҚ ТАБ Стратегия

3. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” tamoyillarining zaminida fuqarolik jamiyatini barpo etish va yanada rivojlantirish borasida erishilgan natijalar.

Mamlakatimizda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari barcha jabhalarda izchillik bilan bosqichma-bosqich ravishda rivojlanib kelmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy asoslari o‘zaro mutanosib ravishda rivojlantirildi. Bugungi kunda ushbu jarayonlar yangi sifat bosqichi sharoitida davom etmoqda.


Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirish jarayonida milliy taraqqiyot modeli xususan, davlatning bosh islohotchiligi zaminiga tayangan holda, fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga birdek e’tibor qaratildi. Jumladan, fuqarolik jamiyatining Konstitutsiyaviy asos-belgisi, siyosiy asos-belgisi, iqtisodiy asos-belgisi, ma’naviy asos-belgisi kabi jihatlarini rivojlantirish, islohotlar jarayonining muxim strategik yo‘nalishini tashkil qildi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilgan huquqiy normalar fuqarolik jamiyatining fundamental asoslarini nafaqat qaror topishi balki, izchil rivojlanishi uchun keng istiqbollarni ochib berdi. Konstitutsiyamiz o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish qoidalarini o‘z bag‘riga qamrab olgan etakchi huquqiy hujjat bo‘lganligi uchun uning asosida fuqarolik jamiyati shakllanishiga xizmat qiluvchi qonunlar bazasi yaratildi. Konstitutsiyamiz zaminida qabul qilingan qonunlar yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini kafolatli ravishda shakllanishiga xizmat qila boshladi. Bu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, ushbu qonunchilik bazasi asosida fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari tizimi va faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlandi.
1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Fuqarolik jamiyatining sotsial asoslarini rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratib berdi va mazkur qonunga 2013 yilda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar natijasida ushbu qonunning normalarida fuqarolik jamiyatini muhim asosi bo‘lgan fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishi uchun yanada keng qamrovli asoslar yaratildi. SHu munosabat bilan 2004 yilda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun ham 2013 yilda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarnatijasida fuqarolik jamiyatining tayanchi bo‘lgan mahallaning tashkiliy – huquqiy asoslarini mustahkamlanishiga zamin bo‘ldi. SHu jumladan, taraqqiyotning “o‘zbek modeli” tamoyillariga to‘liq asoslangan holda fuqarolik jamiyati amal qilishi va rivojlanishining muhim omillari bo‘lgan jamoat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratishga ham katta ahamiyat berildi. Jumladan, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat - notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2003 yilda “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2007 yilda “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni shuningdek, “Nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanish jarayonlariga ulkan kuch bag‘ishladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2008 yilda qabul qilingan “Nodavlat-notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori yurtimizda fuqarolik jamiyati institutsional zaminlarini tez sur’atlarda rivojlantiruvchi manba bo‘ldi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimni izchil rivojlantirish va uning doirasida fuqarolik jamiyati rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan siyosiy asoslarni mustahkamlashga bosh strategik maqsad sifatida yondashildi. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning birinchi chaqiriq Oliy Majlisning o‘n to‘rtinchi sessiyasi (1999 yil aprel), ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida (2000 yil yanvar) qilingan ma’ruzalarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning nazariy zaminlari har tomonlama asoslandi va istiqboldagi taraqqiyot yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi.
2000 yil 22 yanvar kuni ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida davlatimiz rahbari I.A.Karimovning “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz” nomli ma’ruzasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy asoslari belgilab berildi. Uning mohiyatini jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish – liberallashtirish tashkil etadi. Zero, fuqarolik jamiyati o‘z mazmuniga ko‘ra fuqaro erkinligining yuksak bosqichini anglatadi.
I.A.Karimov ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat.
Bu, lo‘nda qilib aytganda, rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot modellaridan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish.
Mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta’minlanadigan demokratik rivojlanish yo‘lini izchil davom ettirish demakdir.
SHu bilan birga, biz xalqimizning asriy oliyjanob an’analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga doimo sodiq qolishimiz demakdir”1.
Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiluvchi ettita ustuvor strategik vazifalar asoslab berildi. Bular:

  • birinchidan, siyosiy sohani erkinlashtirish;

  • ikkinchidan, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasini erkinlashtirish;

  • uchinchidan, iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish;

  • to‘rtinchidan, ma’naviyat sohasini erkinlashtirish;

  • beshinchidan, sud-huquq sohasini erkinlashtirish;

  • oltinchidan, tashqi siyosat faoliyat sohasi asoslarini mustahkamlash;

  • ettinchidan, xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini takomillashtirish.

Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzalari “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturining asosini tashkil etdi1.
2010 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida davlatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy rivojining tom ma’nodagi, yangi sifat bosqichidagi strategik taraqqiyot yo‘nalishlarini asoslab berildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur Konsepsiya yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi davrdagi dasturul amali bo‘lib xizmat qila boshladi.
Konsepsiyada 50 ziyod qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda 27 ta qonun, o‘nlab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotimizga tatbiq etilmoqda.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov xulosa qilganidek, “SHular qatoridan 2011 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar qiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi g‘oyat muhim qadam bo‘ldi”51.
Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Konsepsiya asosida mamlakatimizda Parlament islohotlarini yanada rivojlantirish jarayonlarini amalga oshirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning evolyusion bosqichlari tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Jumladan, mamlakatimiz parlamentini isloh qilish orqali zamonaviylashtirish vakillik demokratiyasini amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi qoidalarning Konstitutsiyaviy asoslarini belgilanishi fuqarolik jamiyatining muhim o‘zagi bo‘lgan fuqarolar demokratik haq-huquqlarini, erkinliklarini mislmiz ravishda kengayishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayonlarni jumladan, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga kiritilgan muhim demokratik o‘zgartish va qo‘shimchalarda kuzatishimiz mumkin. Uning asosida asosiy qonunimizning mazkur moddasiga ikki muhim siyosiy – huquqiy institut joriy etildi. YA’ni Bosh qomusimizda belgilanganidek, “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.....O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy soning kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi”1.
Mamlakatimiz Parlamentining Konstitutsiyaviy asoslariga kiritilgan yangiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotining milliy modeli zaminida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini yaratish borasida ham izchil ravishda ulkan samaralarga erishib kelinmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “O‘z vaqtida, bizning taqdirimiz hal bo‘layotgan o‘ta og‘ir va xatarli bir zamonda, turli xomxayollardan voz kechib, bizga ko‘rsatilgan tazyiq va zo‘ravonliklarga qaramasdan, bugungi kunda dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb tan olingan, demokratik davlat, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish, xalqimizning hayot darajasini munosib bosqichga ko‘tarish bo‘yicha chuqur o‘ylangan rivojlanish yo‘limizni qat’iy belgilab olganimiz, hech shubhasiz, tom ma’noda tarixiy yutug‘imiz bo‘ldi”52.
Iqtisodiy islohotlar strategiyasini amalga oshirishda mamlakatimizni isloh etishning ustuvor prinsiplaridan biri bo‘lgan iqtisodiyotni mafkuradan holi etish uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, shu bilan birgalikda o‘tkazilayotgan islohotlarni bosqichma-bosqich hamda kuchli ijtimoiy himoya vositalarini qo‘llash qoidalari izchillik bilan qo‘llandi. SHu bilan bir qatorda, Prezidentimiz raxnamoligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va uning demokratik-huquqiy bazasini bosqichma-bosqich kengaytirib borish prinsiplariga etakchi ahamiyat qaratildi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarining rivojlantirilishida jamiyatimiz taraqqiyoti uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilayotgan Prezidentimiz Konsepsiyasi g‘oyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Konsepsiyaning oltinchi strategik yo‘nalishi mamlakatimizda Demokratik bozor islohotlarni va iqtisodiyotni yanada chuqurlashtirishga bevosita bag‘ishlangandir. Ushbu strategik Dastur qoidalaridan kelib chiqqan holda, yurtimiz iqtisodiyotini ayniqsa hususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni yanada rivojlantirish bo‘yicha huquqiy bazani rivojlantirish vazifalari qo‘yildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan yoki yaratgan o‘z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchlik kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur”1.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan mutassil yangilab borish, tarkibiy o‘zgarishlarni sifatli darajada amalga oshirish natijalariga olib keldi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish